Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-fasl. Borliq haqiqatini anglab etishning turli yo’nalishlari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

2-fasl. Borliq haqiqatini anglab etishning turli yo’nalishlari.  
 
Xullas,  ikkinchi  bosqichda  aqlga,  mantiqiy  tafakkurga  tayanish  natijasida 
haqiqatni anglab etishning turli muvoziy (parallel) yo’nalishlari shakllana boshladi. 
Sunna doirasidagi mazhablarga qaraganda endi bu davrda shakllangan fikriy oqim 
va  yo’nalishlarning  o’zaro  farqi  ancha-muncha  sezilarli  tus  olgan  va  o’zaro 
munozara  ham  kuchaygan  edi.  Bu  davrning  katta-kichik  oqimlari  nihoyatda  ko’p 
bo’lganligi  sababli  biz  faqat  eng  muhimlarigagina  to’xtalib  o’tamiz.  Ularni 
tanlashda  o’z  bilgimizcha  ish  ko’rmaslik  uchun  ushbu  davrning  eng  nufuzli 
namoyandalaridan  bo’lmish  Imom  Abu  Hamid  G’azzoliy  (1058-1111)  hamda 
mutafakkir  shoir  va  olim  Umar  Xayyom  (1048-1122)  sanab  o’tgan 
yo’nalishlarning  o’ziga  diqqat  qaratsak,  kifoya  qilsa  kerak.  Chunki  bu  davr  islom 
mintaqasining  tafakkur  olamini  qamrab  olish  uchun  o’nlab  emas,  balki  yuzlab 
jildlar bitish kerak bo’ladi va bu gaplar aslo mubolag’a emas. 
Eng ajoyibi shuki, davrning eng muhim yo’nalishlarini ajratib olishda buyuk 
mutakallim  G’azzoliy  va  buyuk  faylasuf  va  tabiiyunchi  (tabiiy  fanlarni 
o’rganuvchi) Umar Xayyom mutlaqo bir xil xulosaga kelganlar. Demak, bu xulosa 
ko’p jihatdan o’sha davrda mavjud haqiqatni aks ettirgan, deyish mumkin. 
Islom  ma’rifatchiligi  davrining  eng  buyuk  allomalaridan  bo’lmish  Imom 
Abu  Hamid  Muhammad  bin  Muhammad  al-G’azzoliy  haqida  uning  muxlislari 
«Agar  Muhammaddan  keyin  payg’ambar  bo’lishi  mumkin  bo’lganda,  albatta 
G’azzoliy  bo’lur  edi»,  deb  mubolag’a  qilishlari  bejiz  emas.  Ushbu  muhtaram  zot 
islom  mintaqa  ma’naviyatining  o’zidan  oldingi  5  asrlik  takomilini  o’z  asarlarida 
teran  xulosalab,  yangi  yo’nalishlarni  belgilab  bera  olgan  buyuk  ustozdir.  «Al-
Munqiz  min  ad-dalal»  («Adashuvlardan  qutqaruvchi»)  asarida  imom  al-G’azzoliy 
yozadi:  «Menda  shunday  tasavvur  shakllandiki,  Haqiqatni  izlovchilar  toifasi  to’rt 
guruhga bo’linadilar: 
1.Mutakallimlar... 
2.Botiniylar... 
3.Faylasuflar... 
4.Sufiylar...»
25

Umar  Xayyom  ham  o’zining  «Darxostnoma»  («So’ralgan  narsa  haqida 
kitob») risolasida ushbu yo’nalishlarni o’zgarishsiz qaytaradi, ya’ni mutakallimlar, 
faylasuflar, ismoiliylar (ya’ni botiniylar) va sufiylarni u ham sanab o’tadi 
26
.  
                                         
25  Grigoryan  S.N.  Iz  istorii  filosofii  Sredney  Azii  i  Irana.  M.-«Nauka»-1960,  s.  217 
(Ғazzoliyning har bir guruhga bergan qisqacha ta’riflarini tushirib qoldirdik – muallif). 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
63
Albatta,  har  bir  yo’nalishning  ta’rifi  har  ikki  allomada  bir  xil  emas,  chunki 
ularning dunyoqarashida o’zaro jiddiy farqlar mavjud edi. Har ikki olimning tasnifi 
o’zaro  mos  tushganligi  avvalo  islom  ma’rifatchiligi  davriga  xos  bir  ma’naviy 
fazilatni  muayyan  aks  ettiradi:  bu  davrga  kelib  islom  mintaqa  ma’naviyatida 
nafaqat  shariat  ahkomlari  talqinida  turlicha  qarashlar,  balki  yanada  kengroq 
ma’noda,  ya’ni  Borliqning  oliy  haqiqatini  izlashda  bir-biridan  jiddiy  farq  etuvchi 
turlicha  yo’nalishlar  vujudga  kelgan  va  ular  ziyoli  davralarda  o’zaro  rasman  tan 
olingan  edi.  Hozirgi  zamon  tiliga  o’girib  aytganda,  Sunna  davrida  islom  e’tiqodi 
aqidalari  majmui  bo’lmish  shariat  doirasi  bilan  cheklangan  talqinlar  plyuralizmi 
(islom  dinining  besh  mazhabi)  shakllangan  bo’lsa,  endi  ikkinchi  bosqichda 
Haqiqatni  anglab  etishda  turli  oqim  va  yo’nalishlar  (Tavhid  ta’limoti  doirasidagi 
turlicha  qarashlar)  plyuralizmi  vujudga  keldi.  Ushbu  hodisa  hurfikrlik  an’analari 
islom  mintaqa  ma’naviyatida  X-XI  asrlardan  yanada  keng  rivoj  ola  boshlaganini 
anglatar edi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish