53
bo’lgan muammolarni hal qilishga urinib keldilar. Ammo Rasululloh(sav)ning
sahobalari birin-ketin olamdan o’tib, turli muammolar borgan sari ko’paya
boshlagach, endi faqat Qur’oni karim matniga tayanib mavjud voqelikdagi ko’p
masalalarni asl islomiy e’tiqodga muvofiq qanday hal qilish kerakligini aniqlash
qiyinlashib bordi. Shunday qilib, ilohiy kitob oyatlarini sharhlab, ko’plab hayotiy
savollarga aniq javob bera oluvchi yana bir mo’’tabar manbaga ehtiyoj tug’ildi.
Ana shunday ishonchli manba faqat Hadisi shariflar bo’lishi mumkin edi.
VII asr ikkinchi yarmidan boshlab, Abu
Xurayra (vafoti 676 yil), Anas ibn Molik
(vafoti 710 yil), Abdulloh ibn Abbos (619-
686), Abdulloh ibn Umar, Jobir ibn
Abdulloh kabi ilk roviylardan Rasululloh
so’zlari va amallari xususida minglab
hadislar yozib olindi. Abu Said al-Xudriy,
Ibn
Shihob
az-Zuhriy
singari
ilk
muhaddislar etishib chiqdi. VIII asr
boshlarida Ummaviy xalifalaridan Umar
ibn
Abdulaziz
(717-720)
noiblariga
Muhammad (S.A..V.) hadislarini jamlash
haqida farmon berdi. Abdulmalik ibn
Abdulaziz Jurayx (vafoti 766), Ar-Rabi’
ibn Subayx kabi allomalar hadislar jamlab
yozishga boshladilar. Natijada hadis ilmi
rivoj olib, Imom Malik ibn Anas (713-795)ning «al-Muvatto», Imom Shofe’iy
(767-820) va imom Ahmad ibn Xanbal (780-855)larning «Musnad» deb nom olgan
yirik hadis to’plamlari yaratildi. O’lkamizda quyida nomlari zikr etilgan zotlar
birinchi bo’lib hadis to’plamlarini tuzdilar: Imom Abdulloh ibn Muborak al-
Marvaziy, Ishoq ibn Raxovayx al-Marvaziy, Imom al-Xaysam ibn Kulayb ash-
Shoshiy va boshqalar.
Keyingi IX asr hadis ilmining «oltin asri» deb shuhrat qozongan. Chunki bu
asrda hadislarni to’plash davri o’tib, endi ularni manbashunoslik va matnshunoslik
ilmi qoidalariga muvofiq tahlil va tadqiq etish, ma’lum mazmun asosida tartib
berishga kirishildi. Hadisshunoslik atalmish jiddiy ilm yo’nalishi mukammal
shakllandi. Hadis ta’lif etish sohasida «Musnad», «Sahih» va «Sunan» deb
nomlangan yo’nalishlar vujudga keldi. Bu davrda keyingi asrlar uchun namuna
bo’lgulik ishonchli hadis to’plamlari yaratildi. Butun islom olamida eng nufuzli
manba sifatida dong taratgan «Kutubi sitta» («Olti kitob») mualliflari shu davrda
yashab ijod etdilar. Ular: Abu Abdulloh Ismoil al-Buxoriy (810-870), Imom
Muslim ibn al-Xajjoj (819-874), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824-
874), Abu Dovud Sulaymon (817-888), Ahmad an-Nasoiy (830-935), Abu Iso
Muhammad ibn Yazid ibn Mojja (824-886) kabi muhaddislardir. Olti buyuk
muhaddisning avvalgisi vatandoshimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn
al-Mug’ira al-Buxoriy (810-870) edilar. Imom Buxoriyning «al-Jome-as-Sahih»
kitoblari bugungi kunda o’zbek tiliga tarjima qilinib, 4 jildda e’lon qilindi. Imom
al-Buxoriy o’zlarii to’plagan 600 ming hadisdan 7275 ta eng ishonarli
Do'stlaringiz bilan baham: