Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Badiiy adabiyot – san’atning bir turi, 
inson  ruhini  Borliq  haqiqati  bilan 
uyg’unlashtirishga  intiluvchi  asosiy 
vositalardan 
bo’lib, 
milliy 
ma’naviyatmiz  an’analarida  ibrat 
maktabi, 
mehr 
parvarishidir. 
Mumtoz  adabiyot  o’z  mohiyatiga 
ko’ra  Borliq  haqiqatining  botiniy 
sirlarini  zohiriy  timsollar  vositasida 
majoziy ifodalash qudratiga ega. 
 
Badiiy  tafakkur  –  ko’proq  timsoliy  va 
evristik 
tafakkur 
asosiga 
qurilgan 
murakkab  tarkibli  tafakkur  turlaridan 
bo’lib, 
ijodkorning 
Borliq 
haqiqati 
haqidagi  o’z  tasavvurlarini.  hayotiy  yoki 
xayoliy 
timsollar 
tizimi 
vositasida 
modellashtirishi.  Badiiy  timsol  haqiqatni 
o’zida  to’liq  ifodalashga  da’vo  qilmaydi, 
faqat unga ishora qiladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
96
Sunna  bilan  bir  bosqichda  arab 
nasrida  adab  yo’nalishi  shakllanganini, 
islom davri ilk turkiy she’riyat namunasi Adib Ahmad ijodi shunga yaqin turishini 
oldinroq  eslab  o’tgan  edik.  Bu  yo’nalish  Abul  Ataxiya  (748-825)  ijodi  bilan 
hamohang bo’lib, Abu Nuvasda shakkoklik mayllari kuchliroq edi. Umuman, arab 
tilidagi  mumtoz  adabiyot  gullab  yashnagan  davr  sunna  va  islom  ma’rifatchiligi 
bosqichlariga ko’proq mos keladi va unda ikki yo’nalish yorqin namoyon bo’lgan: 
biri  saroy  adabiyoti    uchun  xos  bo’lgan  madhiya,  may  va  go’zallar  vasfi  bilan 
yo’g’rilgan she’riyat bo’lsa, ikkinchisi, pand-nasihat, hayotning mohiyati haqidagi 
falsafiy  mushohadalarga bag’ishlangan  qasida, qit’a  va  nasriy risola  (noma)lardan 
iborat bo’lib, dastlabki davrda bu ikki yo’nalish hatto bir-biriga muayyan darajada 
qovushmay  turdi.  Ammo  asta-sekin  ishqiy  mavzu  teranlik  kasb  etib,  adab 
yo’nalishi  bilan  mazmunan  yaqinlashib  bordi  va  Abula’lo  al-Maarriy  (973-1058) 
ijodida  yuksak  falsafiylik,  Ibn  al-Farid  (1181-1234)  she’riyatida  esa  irfoniy 
ishqning eng oliy qabatlariga ko’tarildi. 
IX-XII asrlardagi adabiyot  ham  ilm singari  ko’proq saroyda  markazlashgan 
bo’lib,  madhiya  qasidalar,  ishqiy  g’azallar,  xamriyot  (may  mavzui),  zuhdiyot 
(dunyo  va  uning  hoyu  havaslari  bebaqoligi  va  ularga  mehr  qo’ymaslik  mavzui), 
hijo (muayyan shaxslarga yo’naltirilgan hajv) kabi mavzu turlari etakchilik qilardi, 
ya’ni  badiiy  adabiyotning  vazifasi  hanuz  ikkinchi  darajali,  amaliyroq  ko’rinishda 
edi. Shu davrda «eng yolg’on she’r –  eng yaxshi 
she’rdir»  va  «eng  rost  she’r  -  eng  yaxshi 
she’rdir»  degan  iboralarda  o’z  aksini  topgan 
she’riyatga  ikki  xil  yondoshuv  shakllangani 
ilmiy  adabiyotlarda  qayd  etilgan  va  bunga 
muayyan  darajada  o’sha  davr  adabiyotining 
mavzu  qamrovi  va  vazifasi,  ijtimoiy  voqelikda 
tutgan  mavqei  ham  sababchidir.  Hukmdorni 
madh  etish,  uning  dilini  xushlash,  hukmdorning 
va o’zining shaxsiy raqiblarini hajv etish VIII-XI 
asrlar  saroy  adabiyotida  etakchi  o’rin  tutar  va 
shoirning  mavqei  ham  ushbu  sohalardagi 
yutuqlari bilan belgilanardi. Bu davr arab tilidagi 
she’riyat  bilan  boshlanib,  VIII  asr  ikkinchi 
yarmidan  turkiy  tilidagi  dastlabki  asarlar  (Adib 
Ahmad  va  Mahmud  Koshg’ariy  asaridagi  ba’zi 
namunalar)  paydo  bo’lgan  bo’lsa,  X  asr 
boshlaridan  Somoniylar  saroyida  Abu  Abdulloh 
Rudakiy  etakchiligidagi  baquvvat  fors  she’riyat 
maktabi  shakllandi.  IX-X  asrlar  davomida 
Movarounnahr  va  Xurosonda  har  uch  tilda 
asarlar  yaratilgan  bo’lsa,  XI  asr  boshlaridan  arab  tili  asosan  ilm  tili  sifatida 
saqlanib  qolib,  G’aznaviylar  saroyida  asosan  fors  tilida  va  Qoraxoniylar  saroyida 
turkiy  va  forsiy  tillaridagi  she’riyat  rivoj  topdi.  Mahmud  G’aznaviy  saroyida 
shakllangan  nufuzli  she’riyat  maktabi  namoyandalari  Unsuriy,  Farruhiy, 
 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish