Islom mintaqa madaniyatining shakllanishi osonlik bilan bo’lgani yo’q,
buning uchun ba’zi siyosiy masalalar to’g’ri hal bo’lmog’i zarur edi.
Payg’ambarimiz umrining oxirlariga borib arab dunyosida «umma» g’oyasi
g’oliblikni qo’lga kiritdi, arablar qabilachilikdan yagona millat darajasiga ko’tarila
boshladi. Bu jarayon ilk xalifalar Abu Bakr va Umar (raziallohu anhuma)
davrlarida nihoyasiga etdi. Yagona arab davlati shakllandi. Islom qo’shni
mamlakatlarni ham fath eta boshladi. 642 yilda oxirgi Sosoniy Yezdigerd III
Nahovand yaqinidagi jangda engilib, Xurosonga qochdi. 674 yilda arab qo’shini
birinchi marta Amudaryoni kechib o’tib, Buxoroga kirdi. Qutayba ibn Muslim
(705-717) davrida Movarounnahr arablar tomonidan asosan ishg’ol qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |