Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

 
5-bob.  
Tavhid e’tiqodi va  Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyati 
1-fasl. Yangi era boshlaridan jahonda va mintaqada ma’naviy 
yangilanish zaruratining kuchayishi va tavhid e’tiqodining shakllanishi. 
 
Sosoniylar  davrida  zardushtiylik  Eronda  hukmron  din  bo’ldi.  Bu  davrga 
kelib  mazdayasna  e’tiqodi  allaqachon  asl  ma’nosini  yo’qotgan,  asotir  tafakkur 
ta’sirida  tamomila  mushriklik  ruhidagi  botil  aqidalar  bo’tqasiga  aylanib  bo’lgan 
edi.    Payg’ambarimiz  hazrati  Muhammad  (S.A.V.)ga  vahiy  tushgan  davrda  ham 
Sosoniylar  ko’hna  aqidalaridan  voz  kechmadilar.  Xusrav  II  Parviz  Rasululloh 
da’vatini rad qildi va sulola tanazzulini boshlab berdi. 
Shunday  qilib,  Yangi  era  boshlanishida  Qadimgi  dunyo  qadriyatlari  
bo’hronli  holatni  boshdan  kechirmoqda,    butun  ahli  bashar  qarshisida  ulug’  bir 
ma’naviy yangilanish ehtiyoji bunyodga kelgandi. 
Aslida  ahli  bashar  ongidagi  o’zgarishlar  Yaratganning  inoyati  bilan    ancha 
ilgari boshlangan edi. Miloddan avvalgi XVIII asrda hazrati Ibrohim alayhissalom 
Zardusht  singari  ilk  bora  tavhid  nuridan  bahramand  bo’lgan  bo’lsalar,  XIV  asrga 
kelib  hazrati  Muso  Kalimulloh  yagona  Tangri  inonchini  yahudiy  qavmiga  targ’ib 
qildi.  Milodiy  era  boshlaridan  hazrati  Isoyi  Masih  (Ruhulloh)  va  ul  zotning 
havoriylari  endi  tavhid  e’tiqodiga  butun  bashariyatni  da’vat  eta  boshladilar.  Iso 
(a.s.)  nomi  bilan  bog’langan  e’tiqod  3  asr  xalq  orasida  yoyilib  borib,  IV  asr 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
47
boshlarida  Vizantiya  imperatori  ulug’  Konstantin  tomonidan  xristian  dini  sifatida 
rasman tan olindi. 
Allohning  oxirgi  kitobi  Qur’oni  karim  23  yil  davomida  (610-632)  Makka 
shahridagi quraysh qabilasining hoshimiylar xonadoniga mansub Amin (ishonchli) 
laqabli  Muhammad  (sallallohu  alayhi  vasallam)ga  vahiy  orqali  nozil  bo’ldi. 
Muhammad Rasululloh oxirgi payg’ambar bo’lib, shu sababdan bu muhtaram zotni 
«Xotimat  un-nabi»,  ya’ni  «Payg’ambarlar  muhri  (yo  oxirgisi)»  deb  atashadi. 
Muhammad  (S.A.V.)  ilk  oyatlar  nozil  bo’lganda  40  yoshda,  uylangan,  3  qizlarini 
turmushga  chiqargan  edilar.  Ayollari  Xadicha  (raziallohu  anho)  o’sha  paytda  55 
yoshlarda bo’lib, avval boshidanoq Payg’ambarimizning risolatlariga ishonch bilan 
qaradilar  va  ul  kishini  doimo  quvvatlab  turdilar.  Birinchilardan  bo’lib  islom 
e’tiqodiga  imon  keltirganlar payg’ambarimizning  yaqin  do’stlari  Abu  Bakr, jiyani 
Ali ibn  
 Abu  Tolib,  tutingan  o’g’illari  Zayd  va  boshqalar  bo’ldi.  Ammo  yangi  e’tiqod 
Payg’ambarimizning  ko’pchilik  yaqin  qarindoshlari  tomonidan  ham  yaxshi  qabul 
qilinmadi. 
Amakilarining 
ko’pchiligi 
avval 
qarshi 
chiqishdi, 
ulardan  eng  meh- 
riboni bo’lmish Abu 
Tolib  butun  umri 
davomida 
jiyanini 
himoya 
qilgan 
bo’lsa-da, 
o’zi 
islom 
e’tiqo-diga 
imon 
keltir-madi. 
Abu 
Tolib 
va 
Xadicha 
onamiz 
vafotlaridan 
so’ng 
Makka 
musul-
monlari 
ancha 
qiynalib  qolishdi  va 
Rasululloh  do’stlari 
Abu 
Bakr 
bilan 
birga 622 yil yoz oxirlarida Makka shahridan Madina (o’sha davrda Yasrib)ga yo’l 
oldilar.  Ularning  izdoshlari  ilgariroq  ko’chib  o’tishgan  edi.  Ushbu  hodisa  hijrat 
(ko’chib  o’tish)  deb  ataladi  va  islom  tarixida  buyuk  ahamiyat  kasb  etadi. 
Muhammad  (S.A.V.)  ning  o’z  tug’ilgan  shaharlarini  e’tiqod  yo’lida  tashlab 
chiqishlari  bilan  islom  e’tiqodi  g’alabasi  boshlanadi,  chunki  Madina  shahrining 
ko’pchilik  aholisi  Rasululloh  da’vatlarini  qabul  qilib,  yagona  Allohga  imon 
keltirgan edi. Ushbu voqea 16 yildan keyin musulmon yil hisobining boshlanishiga 
asos bo’ldi va shu sababli musulmon yil hisobi «hijriy era» deb ataldi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish