48
750 marta uchrashligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan bo’lib, bu o’zak faqat
«Alloh», «Rabb» (Parvardigor ma’nosida), «bo’lmoq» va «gapirmoq» kabi eng
ko’p ishlatilgan o’zak-so’zlardan keyin beshinchi o’rinda turar ekan.
Rasulullohga ilk nozil bo’lgan 5 oyat hozirgi Qur’oni karim matni 96-surasi
(«Alaq»)ning birinchi oyatlari bo’lib, shunday boshlanadi: «Iqra’ bi-ismi robbikal-
lazi xalaq!» («Yaratgan rabbing nomi bilan o’qi!»). Orada bir oyat o’tib, yana
«o’qi!» so’zi qaytariladi: «Iqra’ va robbikal akram, allazi allama bil qalam.
Allama-l-insona ma lam ya’lam». («O’qi! Sening o’ta karamli parvardigoring
qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o’rgatdi»).
Shunday qilib, islom e’tiqodi avval boshidanoq insonni o’qib-o’rganishga, ilm
vositasi bilan dunyoni anglab etishga targ’ib qiladi.
Islom dinining yana bir muhim xislati ahli bashar
ma’naviy kamolotida tarixiy tadrijiylikni qat’iy
qoida qilib belgilab qo’yilganligidadir. Bu masala
Qur’oni karimning ko’p suralari jumladan, ikkinchi
(«Baqara») va uchinchi («Oli Imron») suralarining
boshlang’ich oyatlarida ochiq-ravshan ta’kidlangan
bo’lib,
o’zbekcha
tarjimada
quyidagicha
ifodalangan: «Alif. Lom. Mim. Ushbu (ilohiy) Kitob (Qur’on) shubhadan xoli va
(u shunday) taqvodorlar uchun hidoyat (manbai) dirkim, ular g’oyib (diniy
xabarlar) ga imon keltiradigan, namozni mukammal o’qiydigan va Biz rizq qilib
bergan narsalardan (sadaqa va) ehson qiladiganlardir. Yana, ular Siz (Muhammad)
ga va Sizdan ilgari (o’tgan payg’ambarlarga) nozil qilingan narsa (ilohiy
kitoblar)ga imon keltiradigan hamda oxirat (qiyomat) ga qat’iy ishonch hosil
qiladiganlardir. Aynan ular Parvardigorlari tomonidan (ato etilgan) hidoyat
uzradirlar va aynan ular najot topuvchi-lardir». («Baqara» surasi, 1-5-oyatlar).
Demak, mo’’min bo’lmoqning asosiy shart-laridan biri faqat
Qur’onni emas, balki undan oldingi
payg’ambarlarga nozil etilgan kitoblarni ham
yagona Alloh tomonidan yuborilganligini tan
olishda ekan.
Keyingi, «Oli Imron» surasining bosh-
lang’ich oyatlarida ushbu g’oya yanada aniqroq
qilib tushuntiriladi: «Alif. Lom. Mim. Alloh –
Undan o’zga iloh yo’qdir. U tirik va abadiy
turuvchidir. (U) Sizga (ey, Muhammad), Kitob
(Qur’on) ni haqiqatan o’zidan oldingi (ilohiy
kitoblar) ni tasdiqlovchi holida nozil qildi. Tavrot
va Injilni oldin nozil qilishi esa, odamlarga hidoyat
(manbai) bo’lishi uchun edi. (Endi esa) haq bilan nohaqlikni ajrim etuvchi
(Qur’on) ni nozil qildi...» («Oli Imron» surasi, 1-4-oyatlar).
Bu oyatlarda Qur’onning Furqon (“haq bilan nohaqlikni ajrim etuvchi”) deb
nomlanishi alohida ta’kid etilganki, bu ham chuqur hikmatga ega. Tarixiy
tadrijiylik nafaqat Qur’onda, balki undan oldingi ilohiy kitoblarda ham ta’kid
etilgan va ularda o’zidan keyingi kitoblarga ishoralar mavjud ekanligi ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: