Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


aytgan barcha so’zlarni chin deb baholadi.”



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

aytgan barcha so’zlarni chin deb baholadi.”
154
  
 
Yuqoridagi  oyatda  yana  ishora  qilinadi:”(Odamlar)  Uning  ilmidan  faqat  (U) 
istaganicha o’zlashtirurlar.” Demak,  har  bir  insonning  bilimlari chegarali. Shu  sababli  Borliq 
haqiqatini anglab etish uchun avvalo insonlar bir-biriga e’tibor qilishi, bir-birini tushunishga 
intilishi  lozim.  Tabiatni,  undagi  har  bir  zarrani,  maysani,  tirik  jonni  tushunishga  intilib 
yashamoq, doim o’zgani tushunishga intilmoq - ma’naviyat yo’li shudir. 
 
 
 
 
15-bob.  
Ma’naviyat tarixini o’rganish sohasidagi muammolar. 
1-fasl.  Ijtimoiy fanlar metodologiyasi va ma’naviyat tarixiga 
yondashuv. 
Inson  ilmi  hech  qachon  Borliq  haqiqatining  oxiriga  eta  olmaydi.  Shunday 
ekan,  harqanday  ilm  biror-bir  aniq  maqsad  sari  yo’nalmasa,  cheksiz-chegarasiz, 
ibtido-intihosiz  bo’lib  qolib,  biror  samaraga  muyassar  bo’lishi  qiyin. 
“Metodologiya”  tushunchasi  voqelikni  ilmiy  idrok  etishning  ayni  shu  muayyan 
maqsadga  qaratilgan  mantiqiy  tizimini  anglatadi.  Ma’lumki,  ajdodlarimiz  -  buyuk 
tasavvuf  pirlari  -  Haqqa  etishishning  irfoniy  yo’llarini  ishlab  chiqqanlar  va  ularni 
“tariqat”  yoki  “suluk”  deb  ataganlar.  “Metod”  atamasi  ham  aslida  yunoncha 
“metodos”  so’zidan  bo’lib,  “yo’l”,  “haqiqatni  anglab  etish  yo’li”  ma’nolarini 
ifodalaydi.  Arab  tilida  bu  so’zning  muqobili  “tariq”  yoki  “tariqa”  bo’ladi. 
“Tariqat”  atamasining  kelib  chiqishi  shundan.  Alisher  Navoiy  XV  asrda  ayni  shu 
an’anaga  tayangan  holda  adabiyotda  “badiiy  metod”  muammosini  hal  qilib  berdi 
va “haqiqat tariqi”, “majoz tariqi” tushunchalarini ilmiy iste’molga kiritdi. 
Sobiq Sho’rolar tuzumi davrida 70 yil davomida kommunistik aqidaparastlik 
ijtimoiy  fanlarning  mag’iz-mag’iziga  singdirib  yuborildi.  Butun  jahon  ilmi 
marksistik  “metodologiya”  nuqtai  nazaridan  «andozalab»  chiqildi.  Ayniqsa 
ijtimoiy  fanlar  bu  taziyqdan  qattiq  zarar  ko’rishdi.  Tarixda  o’tgan  har  bir  yirik 
allomaning  ilmiy  merosi  «dialektik  materializm»ning  cho’yan  qoliplariga 
moslanib, shu  nuqtai  nazardan  uning  «yutuq»  va  «kamchiliklari» sarhisob qilindi, 
agar  uning  mulohazalari  marksizm  aqidalarining  biror-bir  qirrasini  «isbotlash»ga 
xizmat qilsa, bu o’sha allomaning  merosining «progressiv», «haqiqatga muvofiq» 
tomoni,  agar  zid  kelsa,  mos  tushmasa,  bu  uning  «reaktsion»,  «adashgan»  tomoni 
ekani  ta’kidlandi.  Bu  ishlarni ancha-muncha  iste’dodli  olimlar  «qotirib» bajargani 
tufayli,  sovet  davri  “faylasuf”lari  ular  yozgan  narsalarni  o’z  vaqtida  sof  ilmiy 
haqiqat  sifatida  qabul  qilishdi.  Bugun  endi  o’z  xohishlaridan  qat’i  nazar  xotiraga 
joylashib  olgan  bunday  yarim  yolg’onlardan  xalos  bo’lish  ular  uchun  og’ir 
kechmoqda.  Marksizmning  og’ir  jinoyatlaridan  biri  shuki,  o’z  davrida  minglab 
qobiliyatli  yoshlarni  ilmda  ana  shunday  boshi  berk  takabburlik  ko’chasiga  kiritib 
                                         
154
 Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. T., 1991, s.402 (nasriy bayon muallifi Sh. Sharipov) 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
217 
qo’yib,  ham  ularga  Alloh  bergan  tabarruk  ne’matni  elga  sovurdi,  ham  jamiyat 
rivojiga ikki tomonlama zarar etkazdi. 
Marksizm-leninizmga  so’nggi  haqiqat  deb  qaragan  paytimizda  ijtimoiy 
fanlar  sohasi  juda  jo’nlashib  ketgan  edi.  Chunki  mutlaq  haqiqatlar  allaqachon 
aniqlangan,  endi  nisbiy,  ikkinchi  darajali  masalalarni  hal  qilishgina  qolganday 
tasavvur  hukmron  edi.  Hozir  ham  yaqin  o’tmishda  marksistik  falsafani  yaxshi 
o’zlashtirib  olganlar  uchun  eski  andaza  va  qoliplardan  kechish  qiyin  bo’lmoqda. 
Ammo  bugun,  ko’zimizni  kattaroq  ochib  qarasak,  birgina  Evropa  mintaqasida 
shuncha  ko’p  bir-biridan  keskin  farq  qiluvchi  falsafiy  tizimlar  yaratilgan  ekan-ki, 
ularning  har  birini  jiddiy  anglab  etish  uchun  bir  insonning  umri  yo  etadi,  yoki 
etmaydi.  Shunday  sharoitda  sobiq  sovet  davrida  kimki  marksistik  dialektikaning 
targ’iboti  bilan  ilmiy  darajalarga  erishgan  bo’lsa,  bugun  ham  kechagi  bilimlarini 
«ilmiy  falsafiy  ta’limot»  sifatida  talabalarga  taqdim  qilishga  urinishi,  yumshoq 
qilib  aytganda,  insofdan  emas,  qolaversa,  bunday  “o’jarlik”ning  oqibatini  ham 
o’ylash kerak. Kechagi biz boshdan kechirgan “savdolar”dan bexabar  yoshlarimiz 
bunday  mas’uliyatsizligimiz  tufayli  yana  yolg’on  “haqiqat”larni  chin  deb 
o’zlashtiradimi?  Bunday  metodologik  chalkashliklar  faqat  falsafa  emas,  boshqa 
qator  ijtimoiy  fanlarga  ham  oid  bo’lib,  70  yillik  marksistik  mafkura  asorati 
ularning barchasiga o’z “tamg’a”sini bosib ketganligi biz katta avlodga sir emas. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish