Milliy ma’naviyatimizda Borliq haqiqati Tavhid e’tiqodida ifodalanadi. Barcha
buyuk ajdodlarimiz ana shu ulug’ Haqiqatni tushunish uchun intilib yashaganlar va har kim o’z
holi darajasida uni tavsif va talqin etishga uringan. Nazarimizda, Alisher Navoiyning “Lison ut-
tayr” dostonida ushbu talqin eng mukammal suratda ifoda etilgan. Biz undan bir rivoyatning
nasriy bayonini keltirish bilan cheklanamiz. Shoir “Ma’rifat vodiysi” ta’rifini bergach, uni
izohlash uchun Sanoiydan bir rivoyat keltiradi:
“Eshit, bunga ushbu mojaro juda munosib misol bo’la oladi. Naql qilishlaricha, bir
guruh ko’rlar to’dasi bir sabab bilan: musofirlik yoki asirlik tufayli Hindistonga borib
qolishibdi. So’ngra falakning gardishi bilan ular o’z yurtiga qaytib kelishibdi. Bu erda
ulardan bir kishi : “Filni ko’rdilaringizmi?” - deb so’rabdi. Ular: “Ha”, - deb javob
Do'stlaringiz bilan baham: |