Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


talablaridan ortda qolayotganini tan olishga majburmiz. Bu boradagi xato va



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/290
Sana03.01.2022
Hajmi2,63 Mb.
#280020
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   290
Bog'liq
Milliy ma naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

talablaridan ortda qolayotganini tan olishga majburmiz. Bu boradagi xato va 
kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko’rishimiz lozim”
155

Bu  gap  aytilganiga  ancha  bo’ldi.  Bu  sohada  ba’zi  o’zgarishlarga 
erishilganini  tan  olgan  holda,  baribir,  hanuz  ahvol  qoniqarli  emasligini  qayd 
etishga  to’g’ri  keladi.  Sabab  nimada?  Bizning  nazarimizda,  asosiy  sabab  ijtimoiy 
fan  vakillarining    millat  va  jamiyat  oldidagi  o’z  vazifalariga  mas’uliyat  bilan 
qarashga 
 
jiddiy 
urinmayotganliklaridadir. 
Sobiq 
Sho’rolar 
davridagi 
“haybarakallachilik” kayfiyatini qat’iy tark etish lozimligini anglab etishga havsala 
qilmayotganliklaridadir.  Albatta,  umr  bo’yi  o’zi  ishonib  kelgan  yolg’onlardan 
keskin  voz  kechib  ketish  oson  ish  emas.  Buning  ustiga  hayoti  davomida  Marks, 
Engelьs,  Lenin  asarlaridan  boshqa  kitoblarni  jiddiy  o’qib-o’rganishga  e’tibor 
qilmagan bo’lsa, demak, 50-60 yoshga yaqinlashganda endi qo’liga Qur’oni karim, 
                                         
155
 
 Islam Karimov.Asarlar. 8-jild, s. 504-505 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
218 
Hadisi  sharif  yoki  imom  G’azzoliyning  kitoblarini  olib,  ularni  xolis  tushunib 
etishga  harakat  qilish  juda  og’ir  savdo.  Undan  ko’ra  bir  vaqtlar  hukmron 
mafkuraga  sadoqat  bilan  xizmat  qilib  qo’lga  kiritgan  ilmiy  daraja  va  unvonlarga 
orqa qilib, “ustoz  faylasuflik” da’vosidan  pastga  tushmay  yurgan  yaxshi emasmi? 
Insonda  insof  bo’lmasa  qiyin.      VII  asrda  Payg’ambarimiz  Muhammad(sav)ga 
Allohning oxirgi kitobi Qur’oni karim nozil bo’lgach, islom dini dunyoga tarqalib, 
Evropaga  ham  ovozasi  etib  bordi.  Xristian  ruhoniy  olimlari  orasida  Piko  della 
Mirondela  kabi    arab  tilini  jiddiy  o’zlashtirib,    Qur’oni  karim  mazmunini  xolis 
anglab  etishga  urinuvchilar  ham  yo’q  emas  edi.  Ammo  ko’pchilik  xristian 
ulamolari o’z aqidalarini isloh etishga jiddiy urinmadilar, aniqrog’i oddiy dindorlar 
orasidagi  o’z  mavqelarini  yo’qotib  qo’yishni  xohlamadilar.  Natijada  Evropa 
ahlining ongini asta-sekin dahriylik va ma’naviy tanazzul borgan sari chuqurroq va 
kengroq  egallab  bordi.  Bugungi  kunga  kelib  endi  Evropa  ilmi  aniq  fanlar  va 
texnika-texnologiya  sohalarida  tengsiz  yutuqlarga  erishgan  bir  paytda  ma’naviy-
axloqiy  tarbiya  sohasida  o’ta  xatarli  bir  vaziyat  yuz  berib  turiptiki,  buni 
mintaqaning eng oldingi qator ziyolilari afsus bilan e’tirof qilmoqdalar.  Xalqning 
ma’naviy etakchilari o’z  vazifalariga jiddiy  mas’uliyat bilan  yondashmagan joyda 
shunday falokatlar ro’y berishi tabiiy holatdir.   

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish