Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti texnologik ta


Iste’molchilikdan ishlab Chiqarishga o‘tish va dastlabki shahar madaniyatining yuzaga kelishi davrida O‘zbekiston san’ati



Download 13,99 Mb.
bet8/92
Sana16.07.2021
Hajmi13,99 Mb.
#121193
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Bog'liq
1 2020 УМК УЗБЕКИСТОН санати тарихи

Iste’molchilikdan ishlab Chiqarishga o‘tish va dastlabki shahar madaniyatining yuzaga kelishi davrida O‘zbekiston san’ati: Neolitning oxiri bronza asrida Markaziy Osiyo yerlarida ikki katta tarixiy-madaniy bo‘linish – O‘rta Osiyoning janubiy tomonlarida o‘troq dehqonChilik bilan shug‘ullanadigan qadimgi SHarq shahar tsivilizatsiyasi tipidagi jamoa va SHimolda ovChilik va baliqChilik bilan shug‘ullangan keyinroq ChorvaChilik va dahqonChilik bilan shug‘ullana boshlagan jamoalar mavjud edi. SHu ikki madaniyat, uning san’at uslublari keyingi uzoq davom etgan davr harakteriga ta`sirini o‘tkazib bordi. SHu xususiyatlar Xorazm, Farg‘ona yerlarida topilgan kulolChilik yodgorliklari, me’morChilik qoldiqlari namunalarida ko‘rinishi namoyon bo‘ladi. O‘zbekistonning janubiy tomonlarida mil. avvalgi 2 minginChi yillarda Surxandaryoning SHerobod daryosi havzasi, Qizilsuv, Bandixon soylari atrofida shakllangan madaniyat O‘zbekiston tarixida muhim o‘rinni egallaydi. Qadimgi dehqoChilik madaniyati markazlaridan Sopolli tepa va Jarqo‘ton kompleksi shu madaniyat xususiyatlarini o‘rganishda muhim o‘rin egallaydi. Sopolli tepa kompleksi katta qishloq jamoasi okrugi tarzida qurilgan bo‘lib uning iChida turar joylar, xo‘jalik va xunarmandlik diniy qurilmalar mavjud bo‘lgan va ular ko‘Chalar bilan bir biridan ajratilgan. Bu qo‘rg‘on qurilishida standart g‘ishtlar ishlatilgan. Sopolli tepa jamoasi sodda dehqonChilik bilan shug‘ullangan va suniy sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘yilgan. Qo‘rg‘on iChida kulolChilik ustaxonasida xo‘jalik uChun zarur bo‘lgan idishlar ishlab Chiqarilgan.

Sopolli tepa sopollari tiplari.

SHu madaniyatda san’at, ayniqsa kulolChilik va metall quyish (bronza nazarda tutiladi) yuqori bo‘lgan. Turli ko‘zgu va uy anjomlar badiiy bo‘lishiga ibtidoiy rassom katta e’tibor bergan. Sopol ko‘zalarning bandlari odam shaklini eslatuvi haykallar bilan bezatilgan bo‘lgan. Bu yerda bronzadan turli kosmetika uChun idishChalar ishlab Chiqarilgan.



Sopolli tepadan(Surxandaryo viloyati) topilgan kulolChilik yodgorliklari, sopol idishlari deyarli bezaksiz va o‘z shakli rangbarangligi, nisbatlarining o‘ziga xos nafisligi hamda loydan nozik, yupqa va yengil idishlar yarata olish xususiyati shu davr ustalarining yuksak mahorati, sopolsozlik texnologiyasini Chuqur o‘zlashtirganliklaridan dalolat beradi.

Farg‘ona vohasining CHust manzilida ham mil.avvalgi 2 minginChi yillarda o‘ziga xos madaniyat shakllangan. SHu davrda bu yerlarda o‘tov tipidagi uylar qurilgan. Qurilishda loy ishlatilgan. Odamlar yashaydigan manzillar atrofi qalin devor bilan aylantirib o‘rab Chiqilgan. KulolChilik rivojlangan. Ko‘za,kosa, xum kabi sopol idishlar ishlanib ularning yuzasiga qora bo‘yoqda sodda geometrik naqshlar ishlangan. Ayrim sopol idishlar yuzasiga naqshlar o‘yib yoki qirib(tirnab)ishlangan.

Xorazmning Tozabag‘yob, Suvyorg‘on, Amirobod madaniyatida sopol buyumlar yuzasini sir(glazur`)bilan qoplash boshlanganligini ko‘rish mumkin. Tasviriy san’atda borliqni - qush, hayvon va boshqa narsa hamda jonivorlarni o‘ziga o‘xshatib ishlashdan ko‘ra, ko‘proq shartli shakllarda tasvirlash jarayoni temir asriga kelib yanada ortdi. Inson abstrakt fikr yuritish, tasavvur qilish va hayotga keltirilishi va ularni tasvirlash, inson tafakkurining rivojlanishi badiiy ijod rivojining boshlanish yo‘lini oCha bordi. SHuni ta’kidlash kerakki, inson tafakkuri rivoji abstrakt fikr yuritish bilan bog‘liq. Abstrakt fikr yuritish, san’atning boshqa turlarini, jumladan naqsh san’ati rivojida muhim bo‘ldi, haykaltaroshlik san’ati imkoniyatlarini oshirdi.

O‘zbekstonda diniy qarashlarning paydo bo‘lishi va uning san’atdagi ifodasi

Markaziy Osiyo yerlarida diniy tushunChalarning rivojlanishi va san’atning unga xizmati, diniy e’tiqod va tushunChalar tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak u bizni uzoq o‘tmishga yetaklaydi. Bu yerlarda qadim paytlardadiniy tushunChalar magiya, totemizm, anemist tasavvurlarlar paydo bo‘lgan. Diniy tasavvurlar, o‘lganlar ruhi tushunChalari aniq ashyoviy dalillarda o‘z aksini topgan. Jumladan, Teshik tosh g‘ori Termiz yaqinidagi Turgandaryo vohasining Boysun tog‘larida qadimgi odamlar yashagan manzildan arxeologlar turli tosh qurollar bilan birga Chamasi 8-9 yoshli o‘g‘il bolaning suyak qoldiqlari va uning atrofiga gir aylantirib qo‘yib Chiqilgan tog‘ eChkisining shohlarining topilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu topilma Markaziy Osiyo yerlarida juda qadim zamonlarda ko‘mish marosimi va u bilan bog‘liq diniy tushunChalar shakllana boshlagandan dalolat beradi. O‘lgan odam yoniga turli buyumlar qo‘yish, marhum ko‘milganda uning yoniga hayotlik paytida ishlatgan, sevgan buyumlarini ham birga qo‘shib ko‘mish odati jamiyat rivojlanib borgani sari murakablashgan. diniy tushunChalarni keng mushohadali falsafiy tus olib ko‘p dinlilik va ko‘p xudoga sajda qilish asta yakka ilohga sajdaga aylana bordi. Yangi-yangi dinlar yuzaga kelabordi. Ana shunday yirik dinlardan biri Zardushtiylik dini edi. Mil.avvalgi U11 asr shakllangan bu diniy ta’limot odamlarning turmush tarzi, urf-odatiga ta’sir etdi, san’at va madaniyatning harakterida o‘z ifodasini topdi. Zardushtiylik bilan bog‘lik me’morChilik majmualari, odamlar yurish turish, kiyinishda shu din talabi va ta’siri bo‘ldi. Zardushtiylik dini me’morChilik, amaliy va tasviriy sana`tda ham o‘z aksini topgan. Zardusht diniga binoan suv, xavo, yer, olov mukaddas bo‘lib olov esa tozalovChi, poklovChi iloxiy kuCh hisoblandi. Ana shu otashparastlik dini uChun muqqadas olov uylar qurilgan. Bu uylarda olov doim yonib turishi uChun uni qo‘riqlab, yaxshi xid tarqatuvChi giyohlar tashlab turishgan. Olov uylari- ibodatxonalar qurilishi,uning iChki bezagi, marosim bilan bog‘liq turli buyum va anjomlar ishlandi.

Rasm 1.Olov uyi.

Samarqand yaqinida oChilgan arxeologik topilmasi asosida yaratilgan, aniqrog‘i ishlab Chiqilgan olov uyi ko‘rinishi teppaga kiChrayib boruvChi to‘rtburChak shakllardan tashil topgan bo‘lib uning teppasida tutun Chiqishi ko‘rsatilib uning iChki xonasida muqaddas olov yonib turganligini bildiradi .

Har bir shahar va qishloqda shunday olov uylari bo‘lib ularda muqaddas olov saqlangan. Jarqo‘rg‘ondan topilgan olov uyi shularning dastlabkisidir. Bu ibodatxona zardushtiylik dini arafasida qurilgan deb hisoblanadi. Xorazmdagi Jonbos qal`a, Buxoro, Samarqanddan topilgan olov uylari qoldiqlari ham yuqoridagi fikrni isbotlaydi. Toshkent viloyatining hozirgi Oq qo‘rg‘on tumanidagi Qanqa arxeologik manzili olimlar fikriga ko‘ra qadimgi Toshkent davlatining markazi bo‘lgan. Bu davlatni qadimgi davrlarda Yuni, CHoCh, ІІІosh deb atashgan. Kankada oChilgan to‘rt minorali qo‘rg‘onda saroy ibodatxonasi - kapella va olov mehrobi bo‘lgan. Yozuv manbalariga ko‘ra davlatning asosiy ibodatxonasi qo‘rg‘ondan tashqarida ІІІarqda bo‘lgan. Bu ibodatxona o‘rtasida supa bo‘lib unga marhum suyagi solingan loydan ishlangan ossuariylar qo‘yilgan. SHu supa ortida esa eshik bo‘lib, undan kiChik xonaga kirilgan. Bu xonada muqaddas olov saqlangan, marosim kunlari u ibodatxona markazidagi mehrobga yoki muqaddas supaga olib Chiqib qo‘yilgan. Ibodatxona kompleksining xujalik xonalari bo‘lib u yerda turli buyumlar, jumladan, taqinChoklar saqlangan. Odamlar shu urna atrofida aylanib marhum bilan xayrlashgan xolda muattar xidli gullar soChganlar. Marosimning ajralmas qismi qurbonlik qilish va marosim oshi berish bo‘lgan. Mazkur ibodatxona taxminan yangi eraning 1 minginChi yillar o‘rtasida qurilgan, uning katta xonasining devorlari rasmlar bilan bezatilgan.

Zardushtiylik ma’lumotiga ko‘ra odamlar o‘lgandan keyin uning jasadini yerga ko‘mish gunoh hisoblangan SHuning uChun odam o‘lgandan keyin uning jasadini mahsus tepalikka olib borib qo‘yishgan. Bu tepalik odamlar yashaydiga joydan uzoqda joylashgan bo‘lib, tepalikda esa turli itlar, burgut, yovvoyi qushlar odam go‘shtini yeb uni suyakdan ajratib bergan. Yomg‘ir esa suyakni yanada tozalagan. Kuyosh esa uni obdon kuritgan. SHundan so‘ng tepalik atrofida yashovChi odamlar suyaklarni yig‘ib, sopoldan yasalgan idishChalarga solib, ko‘p xollarda marhumning o‘z uyiga ko‘milgan. Bu idishChalarni ostadonlar yoki osuariylar deb atashgan.

Rasm2. Ostadonlar ko‘rinishi

Ana shu ostadonlar shakli turli- tuman bo‘lib, asosi to‘rtburChak shaklida , kopkogi esa turli shakllarda, hatto odam boshi yoki qomati shaklida , ba`zan xumga o‘xshatib, ba’zan o‘tirgan odam shaklida yasalgan. Ostadonlarning yuzlariga esa bo‘rtma tasvirlar ishlangan yoki rasm Chizilgan. Bu tasvirlarda o‘sha davrlardagi odamlar urf-odati, masalan aza tutish voqealar aks ettirilgan. Bunday ostadonlar O‘rta Osiyo yerlaridan ,xususan O‘zbekiston tuprog‘idan ko‘plab topilgan. SHunday ostadonlardan biri Samarqand viloyatining Mullaqo‘rg‘onda oChilgan.

Rasm.3.Ostadon yuzasiga ishlangan bo‘rtma tasvir.

Rasm.4. Antifiks

Bu ostadonning tashqi tomonida bo‘rtma tasvir bo‘lib unda yonib turgan olavga ikki tomondan odamlar o‘tin, yokimli is tarkatadigan giyohlar tashlab tashlab turgan payti tasvirlangan. Ular og‘izlarini maxsus bog‘lagiCh bilan berkitib olganlar. CHunki olov muqaddas, unga xatto odamning nafasi ham tegmasligi kerak. Olov yonishi rasm ham harakterli. Olovning alangalari Chiroyli va tartibli qilib ishlangan shakli keyinChalik bezak san’atida keng ishlatila boshlangan, bu shaklni antifiks deb atashgan.

Rasm 1 Qo‘yqirilgan qal’aning qoldiqlari
Oqtepa ( CHilonzor tumani. Toshkent.) yodgorligi ham shu davrning muhim yodgorligidir. BurChaklari minoralarga ega bo‘lgan bu qo‘rg‘on ikki qavatli bo‘lib, uning asosan burChaklaridagi xona va tokChalarining usti berk bo‘lgan, Bu ibodatxona shahardan tashqarida bo‘lib, katta marosim va tantanalar uChun foydalanilgan. Bu ibodatxona UІІІ asrda arablar yurishidan keyin tashlandiq xolga kelgan bo‘lsa ham, otashparastlar bu yerdan uzoq foydalanishgan, va ostadonsiz kumish marosimlari o‘tkazilgan.

Er qo‘rg‘onda (O‘zbekiston janubi) ham shahar ibodatxonasi majmuasi bo‘lib, yangi asrning 1 minginChi yillarning 2- Choragiga to‘g‘ri keladi. Bu ibodatxona ma`buda Anaxitaga bag‘ishtlab qurilgan Anexeologik ishlar davomida bu yerdan otashparastlik uChun zarur anjamlar: olov mehrobi, turli sopol buyumlar topilgan.

Zardushtiylik dini jahon dinlarining kadimiysi bo‘lib ming yildan ortiq vaqiqt mobaynida ko‘pgina SHarq xalqlarining asosiy dinlari bo‘lib keldi. Markaziy Osiyo Eron, Ozarbayjon xalqlari islom diniga qadar shu dinga e`tiqod qildilar. Xatto islom kirib kelgandan keyin ham bu din uzoq vaqt mavqeini saqlab kelgan. Ibn Sino davrida (X-X1 asrlar) ham shu dinga e`tiqod qiluvChilar mavjudligi e`tirof etilgan. Bu dinning ta’siri O‘rta SHarqda qator davlatlar tuzilganda yanada ortib bordi keyinChalin uning urf-odat va qoidalari yangi shakllangan din va odatlarga ta`sir etdi. Jumladan uning narigi dunyo harikida ta`limoti dastlab yaxudiylarga, so‘ngra xristian va islomga o‘tdi va qayta ishlanadi Masalan, Zardusht diniga binoan harbir shu dinga e`tiqod quygan odam kuniga besh marta yuvinib, poklanib quyoshga qarab, uni olqishlab siginishi kerak. Bu odat ieyinChalik besh vaqt namoz shaklida islomga o‘tgan. Bosh yalang sajda qilish zardushtiylikda man etilgan. Salla o‘rash shu paytda bo‘lgan. Suvni muqaddas hisoblash, nonni e`zozlash, dehqonni xurmatlash kabi odatlar ham shu zardusht dinining talablaridan bo‘lgan.

Ilk davlatchilik shakllanishi davrida o‘zbekiston san’ati:Neolit davri so‘ngi yillariga kelib Yaqin va O‘rta SHarqda bo‘lgani kabi Markaziy Osiyo yerlarida qo‘rg‘on tepalar qurilishi zaminida shahar va shahar davlatlari rivojlanib bordi. Bunday qal`alar tabiiy yoki sun’iy tepaliklar ustiga, tez oqar suvlar o‘rtasidagi katta maydonlarda qurilib atrofi qalin va pishiq devor bilan aylantirib o‘rab olingan. Qal`alar zaminida shaharlar va ular asosida esa dastlabki shahar va shahar davlatlar paydo bo‘ldi. SHunday qal’alar zaminida keyinChalik Xorazm, Baqtriya kabi davlatlar shakllanib borgan.

Markaziy Osiyoning janubiy tomonlarida miloddan av. IV-III minginChi yillarda shakllana boshlagan qal’a devorlari qalin va pishiq ishlangan. SHaharga kirish darvozalariga ham katta e’tibor berilgan. Darboza ikki Chekasida pilon-minoralar bo‘lib ular plyastrlar bilan pardozlangan. Qurilishda ko‘pxonali uylar paydo bo‘lgan, devorlari katta-katta xom g‘ishtdan ishlangan, devor va pollariga esa rang berib pardozlana boshlangan, unCha katta bo‘lmagan arka(ravoq)lar yordamida tepa tomonini yopishga harakat qilingan, ayrim uy devorlariga tasvir tushirishga intilish seziladi.

Xorazm,Xorazmdagi Jonbos qal`a - eramizdan avalgi ІU-111 ming yilliklarda odamlar yashagan manzillardandir. Bu yerdan qadim odamlarning turmush va madaniyatiga oid ko‘p ashyoviy dalillar bu davrda turar joylar tartibga kela boshlaganligidan, sinChdan foydalanish, yog‘oCh va qamiCh yordamida tomni yopish odati rivojlana boshlaganligini ko‘rsatadi.

Mil. avv. 1 minginChi yillarga kelib (temir asri) zaminning ko‘pgina yerlarida yangi iktisodiy hayot boshlandi. Jamoa boshliklari o‘rnini harbiylar egalladi, harbiy demokratiyani yuzaga keltirilishi odamlar orasidagi munosabatlarda o‘z ifodasini topdi. SHu davrdan boshlab bu yerlarda shahar davlat, kurg‘on va qal’alar, o‘z harakteri jihatidan davlat harakteridagi yirik jamoalar ko‘paydi. SHu davrga kelib ijtimoi jamoalar o‘rnini dastlabki o‘z harakteri jihatidan qishloq jamoalari va sodda davlat tizimiga xos xususiyatlar paydo bo‘la boshladi.SHunday jamoa va birlashmalar asosida dastlabki davlatlar shakllandi.

KuChuk tepa (Termiz yaqinida) yodgorligi olimlar fikriga kura mil. avv. X-UІІ asrlarga kadar shakllangan. Bu yerda ko‘p xonali uylar mavjud bo‘lgan uning iChki qismi xonalari yo‘laklar(karidorlar) bilan tutashtirilgan. Devor esa to‘rt metrli asos ustida qurilgan. Mudofaa devorlari paxsa va xom g‘ishtdan ishlangan.

O‘zbekistonning janubiy tomonlarida shakllangan Baqtriya davlati shaharlari va odami bilan mashhur bo‘lgan. Uning poytaxti Baktra mustaxkam devor bilan o‘ralgan qo‘rg‘onning (akropolni) tashkil etgan. Baqtriyaning Qizil tepa (SHurChi, Surxandaryo vil.)shaharChasi e.a. UІІ-UІ asrlarda shakllangan edi. SHahar to‘rt burChak shaklida bo‘lib kalin devor, uning atrofi esa zovur bilan o‘rab Chiqilgan. Devorlari shinakli, yarim dumalok minoralar esa muhim o‘rin egallab, odamlar yashaydigan boshqa manzillardan ajralib turgan. SHunday shaharlar Baqtriyaning boshqa yerlari uChun harakterli bo‘lgan. Turar joy va yashash qo‘rg‘onlari ko‘p xollarda kvadrat yoki to‘rtburChak shaklida bo‘lib bu kurg‘onlar iChki hovli, ayvonlarga ega yog‘oCh ustunlar qurilishda keng ishlatilgan. Qizil Tepa yaqinidan QizilCha kurg‘oni shunday kadimiy yodgorlik namunasi hisoblanadi.

Jarqo‘ton me’morligi, ayniqsa uning ibodatxonasi alohida o‘rin egallaydi. Bu ibodatxona hashamatli bo‘lib uning mehrobida mukaddas olov yonib turgan. Kal’ada kommunikatsiya ishlari yo‘lga kuyilgan. Qal’a iChida 7m. Chukurlikdagi kuduq bo‘lgan. Miloddan avvalgi VIII-VI asrgaCha bo‘lgan davrda Markaziy Osiyo yerlarida birqator kudratli kuldorlik davlat birlashmalari vujudga keldi. Ular mustaqil tarzda xo‘jalik yuritib o‘z kudratlarini oshirib borganlar. SHunday davlatlardan biri So‘g‘d yoki So‘g‘diyona bo‘lgan. Uning poytaxti Marokand (Samarqandning kadimiy nomi) bo‘lib Zarafshon Kashkadaryo vohalarini o‘z iChiga olgan. Bu vohada kadim paytlarda o‘rtoq va ko‘ChmanChi qabilalar yashab kelgan. SHu vohada І-minginChi yillarda dastlabki shahar madaniyati shakllana borgan. So‘g‘diyona kulay urni Buyuk Ipak yo‘li ustidan utganligi ham uning madaniy hayotini jonli bo‘lishni ta`minlagan SHark va Garb o‘rtasida joylashgan bu davlat miloddan avval UP asrlardayok Old Osiyo va O‘rta dengiz xavzasidagi davlatlar bilan, jumladan Yunon-Rim davlatlari bilan yaqin aloqada bo‘lish imkoniyatini bergan. Sug‘d madaniyat nihoyatda yuksak bo‘lganligi so‘g‘d yozuvi mavjudligida ham ifodasini topgan. Bu yozuv So‘g‘diyonadan tashqarida ham ma`lum bo‘lgan. So‘g‘dda ta`lim tarbiyaga alohida e`tibor berilgan.Ayniqsa zodagon va kiborlarning bolalari talimiga ayniqsa bolalar o‘qishiga katta e`tibor berilgan. So‘g‘d yozuvi 25 belgidan iborat bo‘lib, Chapdan ungga qarab yozilgan. Bu yozuv keyinChalik Markaziy Osiyoda ham keng ishlatilgan. So‘g‘d yozuvi asosida keyinChalik uyg‘ur yozuvi yaratilib, u Markaziy Osie yerlarini arablar bosib olganidan keyin ham uzoq vaqt ishlatilgan. So‘g‘dda haykaltaroshlik ham keng yoyildi. Bunda ayollar ko‘proq tasvirlangan. So‘g‘dda bu davrda Markaziy Osiyodagi muhim dehqonChilik markazi bo‘libgina qolmay, xunarmandChilik, ayniqsa kulolChilik nihoyatda yuksak bo‘lgan.

Milodaan avvalgi 1 minginChi yillar o‘rtalarida Xorazm Markaziy Osiyodagi yirik davlatlardan biri bo‘lgan. SHu davrga oid yodgorliklardan biri Qo‘yqirilgan qal’aning qoldiqlari bizning eamonamizgaCha yetib kelgan.. Qal’a kalin devor bilan uralib, atrofi esa suv to‘ldirilgan zovur bilan aylantirilgan. Arxeologik kazish ishlari olib borilganda bu yerdan har xil xumlar, haykallar topilgan. Qal’a xonalarining devorlari esa rasmlar bilan bezatilgan. Bu yerdan ko‘plab astadonlar topilgan, ular iChida odamga o‘xshaganlari ham bo‘lib, uning iChki bo‘shlig‘ida o‘lgan odamning suyaklari saqlangan. Jonbos, Burgut qal`a ham Xorazm davlatining muhim qo‘rg‘onlaridan bo‘lib, bu yerda ham muqaddas olov saqlanadigan uylar bo‘lgan. Xorazmning Ko‘zali qurg‘on qalin devor bilan o‘ralgan, devor minoralar bilan mustaxkamlangan. Qo‘rg‘on markazida katta inshoat - hukmdor saroyi qarorgohi bo‘lgan. Olimlar fikriga ko‘ra bu qo‘rg‘on qadimgi Xorazm davlatining dastlabki poytaxti bo‘lgan.

Miloddan avvalgi U1 asrdan boshlab Sirdaryo kengliklarida kuChmanChi xalqlarning Qang‘ davlati tarkib topa borgan. U o‘z Chegaralarini XorazmgaCha yetkazgan. Mil. av. 11 asr ikkinChi yarmi - miloddan avvalgi 1 asrlarda u o‘zining gullagan davrini boshdan keChirdi.

Rasm 2. Qang‘ jangChilari.

Farg‘ona vodiysi ham O‘rta Osiyoning kadimdan odamlar istikomat qilgan manzillardan hisoblanadi. Miloddan avvalgi 1 minginChi yillar o‘rtasida ayni shu yerlarda dastlabki shahar davlat vujudga kelgan. Parkana (Davan) davlati shunday davlat birlashmalaridan bo‘lib poytaxti Koson(hozirgi Koson) bo‘lgan. O‘zbekistonlik olim V. M. Masson shu yerlar iktisodiy madaniy hayoti haqida fikr yuritib bu yerlarda qurg‘oshin, metal rudalari ko‘p bo‘lganligini ta`kidlab bu maxsulotlar Turkmaniston, Buxoro yerlaridagi jamoalar bilan tovar almashtirish asosini yaratganligini e`tirof etadi.



Download 13,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish