Nolit(mil. a.6-4 minginChi yillar) davri san’ati
O‘rta tosh asri(mezolit, mil.av.12-7 minginChi yillar)ning so‘ngi yangi tosh (neolit, mil. Av.6-4 minginChi yillar) asrida dehqonChilik va ChorvaChilik o‘tish tezlashdi. Ko‘p yerlarda o‘troq hayot boshlandi, urug‘ jamoasi shakllanib juft oila shakli paydo bo‘ldi. Ona urug‘i (matriarxat) davri boshlandi. Bu rivoj me’morlik tasviriy va amaliy san’atda ham o‘z ifodasini topdi. Endilikda inson tabiat in’om etgan mahsulotlarni iste’mol qilish bilan Chegaralanmay, balki o‘zi ham ishlab Chiqarish, moddiy boyliklarni ko‘paytirishga o‘ta boshladi. Bu davrning muhim yutuqlaridan biri bu oddiy loydan mustahkam sopol buyumlar yasash bo‘ldi. Odamlar olovdan foydalanish va uning yordamida isinish yoki ovqat pishirish, balki uning yordamida o‘zi uChun kerak bo‘lgan mehnat va ov va nihoyat jang qurollarini yaratishni o‘rganib oldilar. Bu ixtiro keyingi kulolChilik va u bilan bog‘liq naqqosh san’ati rivojiga katta turtki berdi. Sapolniing ixtiro etilishi ijtimoiy hayotda katta o‘zgarishlar yasadi. Endilikda odamlar faqat sopol buyumlar yaratish emas, balki ular uChun kerakli qoliplar olish va dastgohlar ixtirosiga ham o‘ta boshladilar, toshni kesish, ularga pardoz berish san’ati ham davr kishilarining estetik qarashlarining rivoji edi. Bu davrda qurilish san’ati kengaya bordi. Odamlar loydan yer ustida uy qurish bilan ham shug‘ullana bordilar. To‘qimaChilik, terini qayta ishlash sohasida muvofaqqiyatlarga erishila boshlandi. HunarmandChilik, savdo sotiq rivojlandi. Odamlar orasidagi, urug‘lar orasidagi munosabatlarni murakkablasha bordi. Ijtimoiy hayotda erkaklarning roli orta boshladi. SHu zailda dastlabki sinfiy jamiyatning kurtaklari paydo bo‘la boshladi. Enolit(mil.av.4 minginChi yillarning oxri 3 minginChi yillar) va bronza asri(mil.av. 2- 1 minginChi yillar) da ijtimoiy hayotga keng ko‘lamda mis va bronzani kirib kelishi ishlab Chiqarish vositalarini murakkablashishiga, kishilarning turmush keChirish imkoniyatlarini boyitishga olib keldi va bu jarayonni yanada tezlatdi. Mehnat taqsimoti yuzaga keldi. Qabilalar orasidagi Chorvadorlar, xunarmandlar ajralib Chiqaboshladi. Patriarxat mustaxkamlandi. Mehnatni tashkil etish murakkablashuvi o‘z navbatida qo‘shimCha mahsulotlarni paydo bo‘lishiga asos yaratdi. Inson ma’naviy jihatdan rivojlanishining yangi pog‘onasiga ko‘tarildi. Doston, xalq og‘zaki ijodi, qo‘shiqChilik, tasviriy amaliy san’atning turli ko‘rinishlari rivojlandi. Me’morlik san’ati, uning mahobatli turlari endilikda davr mohiyatini aks ettiruvChi san’at turlarining yetakChi ko‘rinishiga aylandi. Bu rivojlanish odamlarning diniy tushunCha, o‘tganlar ruhi bilan bog‘liq xolda bordi. Bu davr rassomChiligida hamon hayvonlar tasviri yetakChi o‘rinni egalladi. Ular sharpa sifat xolda tasvirlangan. Bunday rasmlar Toshkent viloyatining Xo‘jakent qoyalarida saqlanib qolgan. Davr haykaltaroshligi o‘zining rangbarangligi bilan harakterlanadi, tosh, marmar, suyakdan haykallar ishlash, metall-bronza, oltindan haykallar quyish, loyni kuydirib terrakota haykallar ishlash jarayoni keng tus oldi. Mavzusi ham birmunCha kengaydi. Alohida bosh haykali, janrli kompozitsiya, turgan xoldagi haykallar shu yillarda ishlangan. Ko‘pgina haykallarning yuzaga kelishi davr taqozosi, shu davr badiiy madaniyatining yangi ravnaqi edi. CHunki quyma haykal yasash haykaltaroshdan o‘z g‘oyasini amalga oshirishda qator jarayonlarni amalga oshirish, dastlab g‘oyani materiallashtirish, ya’ni shaklini yasab olish, so‘ng undan qolip olish va shundan keyingina qolipga kerakli metallni (bronza, oltin, mis) eritib quyish va nihoyat uni qolipdan Chiqarib ishlov berish jarayonini ijodkordan aqliy ham jismoniy kuCh talab etar edi. SHunday jarayonda amalga oshirilgan ko‘pgina buyum va haykallar bizgaCha yetib kelgan . Farg‘ona quyma topilmalar iChida ko‘proq amaliy bezak buyumlar keng o‘rinni egallaydi. Farg‘ona vodiysining Haq qishlog‘idan 1899 yili birqanCha bronza va kumushdan ishlangan buyumlar topilgan edi. SHular iChida sigir sog‘ayotgan ayol haykal ishlangan to‘g‘nog‘iCh harakterli. Unda to‘g‘nog‘iCh tepa qismida sigir sog‘ayotgan ayol tasvirlangan bo‘lib, sigir esa o‘z buzoqChasini yalayotgani payti tasvirlangan. Rasm. Kompozitsiya hayotiy va kundalik turmushga bag‘ishlangan. Ishlanish uslubi sodda bo‘lsa ham hayotiy.
6Rasm. Ikki boshli ilon tasviri bo‘lgan tumor.
Enolit, bronza asrida toshga ishlov berish, tosh, marmardan haykal yasash san’ati ham rivojlandi. O‘zbekistonning janubiy hududlaridan Farg‘ona vodiysidan topilgan, jumladan qora toshdan ishlangan ikki boshli ilon tasviri bo‘lgan tumor mil. av. 2 minginChi yillarda ishlangan deb taxmin qilinadi. Rasm. Unda tosh satxi yaxshi ishlov berilgan silliq tanada oq ChuqurChalar bo‘lib ularga oqish gips berilgan, ko‘z va tishlari inkrustatsiya uslubida ishlangan va qimmat baho toshlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Marmarda ishlangan «Qayiqdagi buqa», toshbaqa haykali, toshdan yasalgan Erkak boshi haykali davr haykaltaroshlik namunasi sifatida e`tiborga loyiq. Mil.av. 1 minginChi yillarda janubiy O‘zbekistonning Mirshodi manzilidan topilgan qora toshdan ishlangan Erkak boshi haykalida qattiq materialga ishlov berib katta shakllarda odam boshi xususiyatlarini ko‘rsatishga muyassar bo‘lgan.
Rasm. Erkak boshi haykali
Bu davr sopol haykaltaroshligi – terrakotada betakror haykallar ishlandi. Bu haykallar mavzusi rangbarang. Odam, hayvon, qushlar, turli hayotiy voqealar shu haykallarda o‘z aksini topgan. M. O‘zbekistonning janubidan topilgan yodgorliklar iChida aravalar shaklini uChrashi shundan dalolat beradi.
Markaziy Osiyo san’ati tarixida mayda haykaltaroshlik, uning sopol haykaltaroshligi (terrakota) o‘ziga xos, betakror rivojda bo‘ldi. Bu haykallar o‘z badiiy yeChimi, kompozitsion xolati va mavzusi bilan boshqa xalqlarning shu san’atidan farqlanib turadi. Ayollar haykallarini ishlanish uslubi harakterli. Ular tasvirlanganda ikki qo‘li ko‘krak oldida yoki qo‘lsiz yasalib beldan pastki tomon kengaytirilgan xolda ko‘rsatilgan, ayollar haykalining ikkinChi xili bir qo‘li ko‘kragi oldida ikkinChisi pastga tushirilgan xolda tasvirlangan. So‘g‘dda shunday haykallar ko‘plab ishlangan.
Sopol haykaltaroshligining yana bir turi bu sopol idishlarga ishlangan odam va hayvonlarning shakllaridir. Rel`ef san’ati keng o‘rinni egallab amaliy san’at buyumlarini bezash ishlarida keng ishlatilgan. Turli ko‘za, xum kabi buyumlarning band va ayrim bo‘limlari hayvonlar, masalan qo‘y, sher va b. shakliga o‘xshatib yasalgan. Muhr yuzasiga turli hayvon va parrandalar bo‘rtma tasviri ishlanishi ham shu haykaltaroshlik san’ati tur va imkoniyatlarining kengligidan dalolat beradi. O‘zbekiston janubidan topilgan burgut, ilon, arslon tasviri tushirilgan muhrlar topilgan. Albatta bu yodgorlilar bizga parChalarda yetib kelgan, lekin, ana shu parChalarning o‘zi san’atkorning mahorati, davr g‘oyaviy-siyosiy xolati haqida hikoya qiladi. Burgut, turli qushlar, yo‘lbars, sher bo‘rtma tasviri tushirilgan muhr parChalari shuning uChun ham qimmatlidir.
Asta voqelikni keng qamrovli shartli shakllarda tasvir etish yanada ortdi. Samarqand XatirChi tumani Burgansoy rasmlari (mil. av. 2 minginChi yillardan boshlanib, mil. av. 6-1 asrlargaCha davom etgan. Rasmlar soya shaklida o‘yib ishlangan mavzusi: hayvonlar tasviri – tuya, ot, buqa, to‘ngiz, sher, bo‘ri, ov manzarasi hayotiy lavhalar ham Burgansoy rasmlari mazmunini tashkil etadi. Oq-tomdan topilgan shohga mil. av. 2-1 minginChi yillarda ishlangan rasm, Quyi Mozordan topilgan suyak plastinkasiga ishlangan rasmlar yuzaga o‘tkir nayzali qurollar bilan Chizib (o‘yib) ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |