Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti texnologik ta



Download 13,99 Mb.
bet4/92
Sana16.07.2021
Hajmi13,99 Mb.
#121193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
1 2020 УМК УЗБЕКИСТОН санати тарихи

Baholash mezoni va ko‘rsatkiChlari

Qurish, joylashtirish

Shakl, hajm nisbatlarini to‘g‘ri topish

Soya–yorug‘ munosabalarini to‘g‘ri topish

Tus nisbatlarini topish

Umumlashtirish, yaxlitlash, yakunlash ishlari

Jami ball

ball

ball

ball

ball

ball

ball


















Markaziy Osiyo mintaqasidagi tabiiy sharoitning qulayligi, ekologik muhit bu yerlarda insoniyatning ilk manzillarining paydo bo‘lishi va ibtidoiy jamoa tuzumining shakillanishiga imkon berdi. SHu zaminning ajralmas qismi bo‘lgan O‘zbekiston hududida juda qadim zamonlardanoq odamzod istiqomat qilib kelgan. Qadimshunoslar fikriga ko‘ra bu zaminda million yildan beri odam yashab kelmoqda. Turon zaminining Jayhun va Sayhun daryolari oralig‘idagi havzada kishilik jamiyatining ilk shakllanishi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivoji o‘ziga xos evolyutsion taraqqiyotda bo‘lib shu yerda ibtidoiy to‘da, qadimiy tosh asrining ibtidoiy jamoa xo‘jaligi va nihoyat ibtidoiy san’at rivoji mavjud bo‘ldi.

O‘zbekiston hududida qadimiy ibtidoiy madaniyat tosh asrining ilk bosqiChida mil. avval 700 - 600 ming yillikdan 100 minginChi yillargaCha bo‘lgan davr borib taqaladi va bu madaniyat oddiy mehnat qurollari – toshdan ishlangan ChopqiChlar sifatida paydo bo‘lgan. SHunday qurollar Sug‘ vohasining Selengur g‘oridan, Oxangaron daryosi yaqinida Kulbo‘loq manzili, Boysun tog‘lari va Zaravshon oazisida Omonqo‘ton, Zirabo‘loq, Qo‘tirbo‘loqdan topilgan. Bu topilgan mehnat qurollarining ilk namunalari asosan ikki tomoniga ishlov berilgan ChopqiChlar bo‘lib uning bir tomoni uChli va o‘tkir bo‘lishiga e’tibor berilgan. Tosh asrining yirik manzili Seleng‘ur g‘oridagi ashyolar shundan dalolat beradi. Tosh asrining yuqori bosqiChiga kelib hozirgi zamon odam qiyofasi shakllandi, odamlar tabiiy g‘orlarni o‘zlashtira boshladilar, hayvonlar terisidan kiyimlar tayyorladilar.Ular endilikda toshdan tashqari suyak, yog‘oChdan o‘zlari uChun kerakli buyumlarni yarata boshladilar, bigizlar paydo bo‘ldi. Bu davrga kelib olovni ixtiro etilishi odamlar jamoasini yaxlitlashishiga olib keldi. Odamlar yashaydigan joylarda esa mehnat qurollari yasaydigan ustaxonalar paydo bo‘la boshladi. rassomlik, haykaltaroshlik, me’morChilikning dastlabki ko‘rinishlari shakllana boshladi. Ibtidoiy odamlar o‘z mehnat va ov qurollarga, kundalik turmushda ishlatadigan buyumlarga turli belgi va Chiziqlar Chizib ularni go‘zalligini orttira boshladilar, o‘zlari uChun bezak-taqinChoqlar yaratishga harakat qilganlar Obisher (Farg‘ona), MaChoy g‘ori (Boysun)dan topilgan suyak bigizlar, turli taqinChoq-marjonlar, shuningdek ayol haykallari shu davr kishilari «nafosati» dalilidir.

Asta-sekin odamlar katta bo‘lmagan jamoalarga birlasha boshladilar. Ularning tez bir joydan ikkinChi joyga ko‘Chib o‘tish, yangi yerlarni o‘zlashtirish imkoniyatini berdi. Bu imkoniyat bir joyda paydo bo‘lgan g‘oyalarni yangi yerlarga yetib borishiga asos yaratdi. Inson tafakkuri va u bilan bog‘liq ijodiy faoliyatni rivojlantirdi. Baliq tutish to‘ri, ovChilik uChun kamon, o‘tkir nayzali kamon o‘qi ixtiro etildi, hayvonlar qo‘lga o‘rgatila boshlandi. Ko‘Chib yurish uChun zarur sol qayiqlar yaratildi. Mezolit asriga kelib (mil.av.12-7 minginChi yillar) ko‘p joylarda yirik hayvonlar qirilib ketdi. Mayda hayvonlar oviga esa yakka ovChilikka olib keldi. Bu o‘z navbatida shaxsiy mulk masalasiga borib taqaldi. Endi ov qilingan mayda hayvon go‘shtini katta jamoada taqsimlash u yoqda tursin kiChik jamoa uChun ham kamlik qila boshladi. Mollarni qo‘lga o‘rgatish kengaydi. SHu davrning mashhur yodgoroliklari Farg‘onada Obishir, Toshkentla Bo‘zsuv, Surxandaryoda MaChoy g‘orlaridan topilgan.

Tosh asrining dastlabki rasmlari qoya tosh yuzalari, g‘or devor va shiplariga, suyak yuzalariga ishlangan. Ularda turli hayvon va qushlar tasvirini aks ettirilgan. O‘zbekiston hududida shunday tasvirlar Toshkent, Surxondaryo, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida saqlanib qolgan. Tasvirlar Chaqa qilish (ya’ni qattiq tosh bilan urib yuzada ChuqurChalar hosil qilish), qattiq qurol bilan yuzani tirnash yoki Chizish yo‘li yoki tabiiy bo‘yoqlar (rangli tuproqlar)ni mol yog‘i bilan aralashtirish asosida yuzalarga rasmlar ishlangan. Obiraxmat, Xo‘jakent (Toshkent), Suratsoy, Soymoli tosh (Farg‘ona), Zarautsoy (Surxandaryo), Taqa tosh (Jizzax) rasmlar mashhur.
1 2

Bu tasvirlarning ko‘pChiligida hayvonlarning alohida turgan holati, hayvonlar to‘dasi, asta, ov manzaralarini aks ettiruvChi rasmlar uChraydi, SHunday dastlabki rasmlardan qoyaga Chaqalab va Chizib ishlagan xayvonlar rasmi tasviri e’tiborli. Rasm 1,2. Ularda ibtidoiy rassom hayvonga xos xususiyatlarni qoya tosh yuzasiga Chaqalash uslubida bajargan. rasm 3. Yaralangan hayvon tasviriga e`tibor bering. Unda ibtidoiy rassom yaralangan hayvon tasviri orqali o‘zini tushunCha va keChinmalarini tasvirlashga o‘ta boshlaganini ko‘rish mumkin. Inson tafakkuridagi bu o‘zgarishlar keyingi davr kishilarida yangi pag‘onaga ko‘tarila boshlaganini ko‘ramiz. SHu o‘rinda Zarautsoy rasmlari alohida o‘rinni egallaydi.



Zarautsoy-Kamar g‘oridagi ov manzarasi rasmi mashhur. Zarautsoy rasmlarining boshlanish paleolit davrining so‘ngi bosqiChiga to‘g‘ri keladi. Dastlabki rasmlar alohida yoki bir neCha hayvon tasviri ishlangan. Ibtidoiy rassom bu

Rasm 4 Ov manzarasi. Zarautsoy rasm parChasi.Mil.avvalgi 12-10 minginChi yillar. Surxandaryo, Boysun tumani

ishlarda o‘zini ko‘zatuvChan va ko‘rgan narsasini imkoniyati bo‘yiCha to‘liq aks ettirishga intilgani holda juda oddiy va sodda shakllardan foydalanadi. Rassom hayvonlardan buqani xususiyatlarini yaxshi xis etgan, ularning qudrati kuChi va harakatdagi vaqtini ishonarli va haqqoniy tasvirlagan. Zarautsoy rasmlaridan «Ov qilish» kompozitsiyasi birmunCha murakkab, mazmuni esa davr kishilari hayoti, yashash tarzi va fikr yuritish qobiliyatini namoish etadi.

Odamlar kuChli hayvonlarni ov qilishda o‘zlari uChun nafaqat kamon balki, himoyalanish, hayvon psixologiyasini bilgan holda uning oldiga niqobda yashirinib borishi mumkinligini ko‘rsatadi. Odamlar somondan piChan g‘aramini eslatuvChi niqob yasab olganliklari ularni hayvon oldiga yaqin borish imkoniyatini bergan. OvChilarning ko‘rinib turgan oyoqlari esa ularning harakatini ko‘rsatsa, itlarning oldinga tashlangan oyoqlari shu harakatni yanada ko‘Chaytiradi. Kompozitsiyada tasvirlangan buqa (navos) xotirjam, baquvvat, lekin ziyrak o‘z yemishi bilan band. Bir qarashda sodda, oddiy bo‘lgan ana shu ibtidoiy san’at davr mohiyati, inson tafakkuri rivojini bilishda nihoyatda katta ahamiyatli ekanliligi bilan qimmatlidir.




Download 13,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish