Nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti termiz filiali



Download 2,14 Mb.
bet68/127
Sana09.09.2021
Hajmi2,14 Mb.
#169121
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127
Bog'liq
БТ-3КУРС УМК.Мат.ўқ.методикаси

3.Kasrlarni o‘rganish metodikasi

.“Ulushlar” mavzusigaasoslangan holda kasrlarning hosil bo‘lish bilan 4-sinfda tanishtriladi. Bu yerda ham ko‘rgazmali qurol bilim berishning bosh mezoni bo‘ladi. Narsalarni, shakllarni va boshqaatrofdagilarni teng bo‘laklarga bo‘lish va shu bo‘laklardan bittasini, ikkitasini, uchtasini, ... olish masalasi, uni ifodalash, va yozish asosiy vazifa bo‘ladi. Bunda kasr, kasrning surati, maxraji kabi atamalar bilan tanishtiriladi.

Masalan: Maxraji 10 ga teng bo‘lgan kasrlarni yo‘lakchalar yordamida ko‘rsatamiz. 1/10, 2/10, 5/10

Kasrlarni yozishni bajarishda quyidagi qoidagaamal qilish eslatiladi. Chiziq ostiga yozilgan son kasrning maxraji deyilib, butun narsa nechaga teng bo‘linishini ifodalaydi. Kasrning ustiga yozilgan son kasrning surati deyilib, teng qismlardan qanchasi olinganini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich sinfda maxraji 10 dan katta bo‘lmagan kasrlar qaraladi.

Bundan keyin kasrlarni maydaroq ulushlarga maydalash va yiriklashga doir masalalar qaraladi. Masalan, 3/4=6/8 yoki 2/8=1/4 larni tushuntirish uchun bir xilda yo‘lakchaolamiz va 1-sini 4 ta teng bo‘lakka, 2-sini 8 ta teng bo‘lakka bo‘lib, 1-sidan 3 ta ulushni, 2-sidan 6 ta ulushni olamiz. Bu ikkala yo‘lakchadagi yuzalar tengligi ko‘rinarli bo‘ladi. Shuningdek 2/8=1/4 ifoda tushuntiriladi.

Sonning kasrini topishga doir masalalarni yechishda 3-sinfda o‘rganilgan sonning ulushini topish masalasi asos bo‘lib xizmat qiladi.

Masala. Uzunligi 10 sm bo‘lgan kesma chizilgan, 3/5 qismi necha sm ga teng. Uzunligi 10 sm bo‘lgan kesmani chizadi va uning 1/5 ulushi necha sm ekanligini 3-sinfdan biladi. 10:5=2 sm. So‘ngra kesmaning 3/5 qismini topishda 23=6 sm ishni bajaradi, yoki birdaniga 10 : 53=6 sm deb bajarish ham mumkin.

Masala. Daftar 24 betlik, o‘quvchi daftarning 5/8 qismini to‘ldiradi. Necha bet yozilmay qoldi? Masala shartining qisqacha yozuvi quyidagicha:

Bor edi - 24 bet.

Yozildi - 5/8 qismi.

Qoldi - ?



Yechish.Masalani yechishda kesma tasviridan foydalanamiz. Kesmani 24 bet deb olib, uni 8 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz va uning 5 qismini ajratamiz.

1) 24:8=3 bet

2) 35=15 bet

3) 24-15=9 bet yozilmadi.

Umumiy ifoda ko‘rinishida 24–24:85=9 bet.

Kasrlarni taqqoslashda teng to‘g‘ri to‘rtburchaklarning tasvirlaridan ham foydalanish qulaydir. O‘quvchilarga daftar-larida bo‘yi 16 sm ga , eni esa 1 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizish topshiriladi. Bu bitta to‘g‘ri to‘rtburchakka 1 sonini yozamiz. 1-to‘g‘ri to‘rtburchak tagida shunday to‘g‘ri to‘rtburchak chizing va uni teng ikkiga bo‘ling. Qanday ulushlar hosil qildingiz (ikkidan bir, yarim ulushlar)?

Bolalarni ulushlar hosil bo‘lishi bilan tanishtirishga doir birinchi darsni taxminan bunday boshlash mumkin:

“Bugun biz yangi sonlar bilan tanishamiz. Mening qo‘limdagi nima? (O‘qituvchi olmani ko‘rsatadi.) Qaranglar, men uni nima qilyapman? (U olmani teng ikki bo‘lakkaajratadi.) Har bir bo‘lakni nima deb atash mumkin? (Olmaning yarmi.) Buni-chi? (Butun olmani ko‘rsatadi.) Bir butun olma nechta yarimtaolmaga teng? (Ikkita.)

Sonning ulushini topishga doir masalalarni yechishda kasrning aniq mazmuni ochiladi va mustahkamlanadi. Bunday masalalarni yechishga sonning bir ulushini topishga doir masalalarni yechish malakasi asos bo‘ladi.

Sonning kasrini topishga doir masalalarni yechish mos ko‘rsatmalilikkaasoslangan bo‘lishi kerak. O‘quvchilarni sonning kasrini topishga doir masalalarni yechish bilan tanishtirishni amaliy xarakterdagi masalani o‘rganib chiqishdan boshlash maqsadga muvofiqdir:

“Uzunligi 10 sm bo‘lgan kesma chizing. Shu kesmaning 3/5 qismi necha santimetrga teng?

O‘quvchilar uzunligi 10 sm bo‘lgan kesmani chizishadi vaoldin bu kesmaning 1/5 qismi necha santimetrga teng ekanini topishadi: 10:5=2 (sm). So‘ngra kesmaning 3/5 qismi necha santimetrga teng ekanini topishadi.




Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish