5.2. Tuproqni tozalash va zararsizlantirish usullari
Tuproq doimo har-xil chiqindilar bilan ifloslanadi va agar ular tozalanish qobiliyatiga ega bо‘lmaganida edi unda yerda hayot bо‘lmas edi. Tuproq organik moddalarni epidemiologik jihatdan juda havfli noorganik moddalar – mineral tuzlar va gazlarga aylantirish mumkin. Buj uda ham murakkab protsess, bu о‘z-о‘zidan tozalanish deb aytiladi. U shunday yuz beradi: tuproqqa tushgan organik moddlar о‘zidagi kasal tugʻdiradigan mikroblar va gijja tuxumlari bilan birga qisman filtlanib, ushlanib qoladi va yutilib ketadi. Bioximiyaviy va mikrobiologik va protsesslar ta’sirida axlatlar tuproqdan о‘tib yoqimsiz hidini, zaharliligini va boshqa xususiyatlarini yо‘qotadi, ximiyaviy tarkibi radikal о‘zgarishiga uchraydi.
Chiqindilarning uglevod qismi tuproqda karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi; yogʻlar glitserin va kislotalarga parchalanadi, shundan keyin karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi; oqsillar aminokislotalarga parchalanadi va undan azot ammiak formasida ajralib chiqadi, keyin oksidlanib nitrat va nitrit kislotalarga parchalanadi.
Tuproqni oʻz-oʻzini tozalashi. Tuproqni oʻz-oʻzini tozalashi deb epidemiologiya tomonidan yuqumli kasalliklarni chaqiruvchilarni – organik moddalarni noorganik moddalarga - mineral tuzlarga va gazlarga aylantirib yuborish xususiyatiga aytiladi. Tuproqni oʻz-oʻzini tozalash tuproqqa tushgan organik moddalar, kasallik chaqiruvchi mikroblar, gijja tuxumlarini sekin-asta filtirlanib oʻtishdan, unga singib ketishidan iborat boʻladi. Biokimyoviy, biologik, geokimyoviy jarayonlar natijasida tuproqdan oʻtish bilan rangsizlanadi, qoʻlansa hidlar yoʻqoladi, zaharli xususiyati, kasal chaqirish xususiyati va boshqa salbiy xususiyatlari yoʻqoladi.
Tuproqni epidemiologik ahamiyati. Bakteriyalar, aktinomitsetlar, mikoplazm, zamburugʻlar, parazit zamburugʻlar, suv oʻtlari, lishayniklar, sodda hayvonlar uchun tuproq nihoyatda yaxshi muhit hisoblanadi. Bir gramm tuproqda 500 dan 500000 tagacha sodda mikroorganizmlar boʻlishi mumkin. Tuproq orqali koʻpchilik yuqumli kasalliklar yuqishi mumkin, shuning uchun epidemiologik ahamiyatga ega. Kasal chaqiruvchi mikroorganizmlar odamlarni chiqindi mahsulotlari bilan (hayvon va odamni) tuproq ifloslanadi. Tuproqda kasal chaqiruvchi anaeroblar boʻlishi bilan yanada xavfli hisoblanadi. Qoqshol, gazli gangrena, botulizm kasalliklarini chaqiruvchilari odamni hamda issiqqonli hayvonlarni chiqindi mahsulotlari bilan tuproqqa tushadi unda spora hosil etadi va yillab hayot faoliyatini saqlab turadi. Agarda tuproqdagi spora odam yiqilganda, qoqilganda terisini butunligi buzilib ezilsa, shilinsa unga tuproq tegsa odamga yuqadi. Odamda botulizm kasalligi ozuqa moddalariga konservalarga tuproq tushsa, botulizm kasalligi sporalari odamga yuqadi.
Sibir yarasini chaqiruvchilari uchun tuproq juda yaxshi muhit hisoblanadi. Tuproqda sibir yarasini chaqiruvchi mikrob nafaqat oʻlmay qoladi, hattoki tuproqda koʻpayadi ham. Organik moddalar bilan ifloslangan tuproq mikroblarni yashashi va
rivojlanishi uchun yaxshi muhit hisoblanadi, gijja tuxumlari hasharotlarning
lichinkalari uchun ham yaxshi muhit hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |