264
муҳаррир Шайх Абдулазиз Мансур. – Тошкент: Шарқ, 2014. – 536 б.
2.
Оқилов С. Калом илми. – Тошкент: ТИУ нашриёт-матбаа бирлашмаси,
2011. – 160 б.
3.
Муҳаммад Анвар Бадахшоний. Ақидатут-таҳовия шарҳининг талхийси. –
Тошкент: 2015. – 448 б.
4.
Очилдиев О., Раҳимжонов Д., Муҳамедов Н. ва бошқ.
Диншунослик
асослари (ўқув қўлланма). – Тошкент: ТИУ нашриёт-матбаа бирлашмаси, 2013. –
320 б.
5.
Мўминов А., Йўлдошхўжаев Ҳ., Раҳимжонов Д., ва бошқ. Диншунослик. –
Тошкент: Меҳнат, 2004. – 296 б.
6.
Абдуллаев А., Ҳакимова Н., Жўраев Ш., Каримов Ж. Илмдан бошқа нажот
йўқ. – Тошкент: ТИУ нашриёт-матбаа бирлашмаси, 2015. – 156 б.
17-Mavzu: Islom - ma’rifat dini. (2 soat)
Islom dini mukammal va murakkab asoslarda tarkib topgan. O‘zining uzoq asrlik
tarixiy taraqqiyotiga ega bo‘lgan bu din boy ma’naviy-ma’rifiy mezonlari, inson ruhiy
kamolotidagi yuksak ahamiyati bilan hamisha dinshunos olimlar,
tadqiqotchilar, islom
ulamolari
diqqat
markazida
bo‘lib
kelmoqda.
Bu
borada
yurtimizda
yetishib chiqqan allomalar, mutasavvuflar, shayxul islomlar o‘z
fazilatlari, ma’naviy
meroslari bilan butun dunyo e’tirofiga sazovor bo‘lganlar.
Islom dini inson manfaatlari va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi har qanday
kashfiyot va
yangiliklarni yuksak qadrlagan, qo‘llab-quvvatlagan. Islom ta'limotida
ilmning yuksak qadrlanishini hadislar ham tasdiqlaydi. Buyuk bobokalonimiz Imom
Buxoriy ta'kidlaganlaridek: “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay”.
Albatta, islom ilm-ma'rifatga asoslangan dindir.
Islomning asosiy manbalari
hisoblangan Qur'oni karim hamda hadisi sharifda ilm o‘rganishga va uni o‘rgatishga
targ‘ib qilinib, aksincha, ilmsizlik yoki uni o‘rganishga loqaydlik qattiq qoralanadi.
Jumladan, Qur'oni karimning ilk nozil bo‘lgan oyatining o‘zidayoq Alloh taolo “O‘qi!”
deb amr qildi. “Ilm” so‘zi turli ma'nolarda Qur'onda 811 o‘rinda
takrorlanishi uning
o‘rni qanchalik yuqori ekanini ko‘rsatadi. Rasululloh alayhissalom o‘zlarining ko‘plab
hadislarida ilm egallashga, olimlarni yaxshi ko‘rishga chaqirganlar. Jumladan, Imom
Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: “Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir” deb
ta'kidlaganlar. Qur'oni karimda: “Allohsizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan
zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur” (Mujodala, 11), deyilgan.
Ibn Hajar
Asqaloniy ushbu oyatni quyidagicha tafsir qiladi: “Albatta darajalarni ko‘tarish ulug‘
fazlu marhamatga dalolat qiladi va dunyoda oliy martaba, shon-shuhrat kabi ma'naviy
yuksaklikni hamda jannatdagi oliy martaba kabi hissiy yuksaklikni o‘z ichiga oladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: