27
Takrorlash uchun savollar:
1.
Dinshunoslik fanining predmeti nimadan iborat?
2.
2 Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad nima?
3.
Dinshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari haqida nimalarni bilasiz?
4.
Dinshunoslik alohida fan sifatida qachon shakllangan?
5.
Yevropalik ilk dinshunoslardan kimlarni bilasiz?
6.
Dinshunoslikning qanday sohalari mavjud?
7.
Dinshunoslik fanini o‘rganishning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi
ahamiyati qanday?
8.
Dinga qanday ta’riflar berilgan?
9.
Dinni o‘rganishda qanday yondoshuv turlarini bilasiz?
10.
Din jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi?
11.
Dinning regulyatorlik vazifasi deganda nimani tushunasiz?
12.
Dinning kompensatorlik vazifasi nimalardan iborat?
13.
Dinning integratorlik vazifasiga nimalar kiradi?
14.
Dinlar qanday tasniflanadi?
3-MАVZU. URUG‘-QАBILА VА MILLIY DINLАR
Reja
1. Dinning ibtidoiy shakllari
2. Hinduiylik, jaynizm, sikxizm ta'limotlari
3. Konfutsiylik, daosizm, sintoizm ta'limotlari
4. Yahudiylik dini, tarixi, ta'limoti
Ibtidoiy odamlarning diniy e'tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik,
magiya (sehrgarlik) shakllarida tarqalgan. Ularning ba'zi bir elementlari hozirgi zamon
dinlarida ham uchraydi.
Totemizm
- hindlar tilidagi "O totem" (uning urug‘i) degan so‘zdan kelib
chiqqan. Totemizm ibtidoiy g‘oyat sodda diniy e'tiqodning bir turi bo‘lib, qadimgi
zamondagi urut-qabila a'zolarining muayyan bir hayvon, o‘simlik bilan g‘ayritabiiy
aloqasi, yaqinligi, qon-qarindoshligi bo‘lgan deb, bu hayvon va o‘simliklarni
muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat,
binobarin, tashqi muhit bilan bog‘liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. Har
bir kabila yoki urug‘ o‘z sharoitini hamda imkoniyatlarini ko‘zda tutib, ba'zi
hayvonlarni ovlar va ular haqida yetarli ma'lumotlarga ega edi. Bunday hayvonlarni
yaqindan bilish ularning urug‘ bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bo‘lsa kerak,
degan tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba'zi hayvonlar, ksyinchalik esa
o‘simlikning ba'zi navlari ham muayyan urug‘ a'zolarining ajdodi-totemidir, degan
tasavvur shakllanishiga olib kelgan. Shu boisdan keyinchalik urug‘ a'zolari totemning
"yordamiga" ko‘z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o‘z homiylari deb hisoblanganlar,
sehr yo‘li bilan unga ta'sir qilishga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya
qilingan, e'zozlangan, uni o‘ldirish, iste'mol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda,
ya'ni tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki o‘simlikni maxsus rasm-
28
rusumga rioya qilingan holda iste'mol qilish mumkin bo‘lgan. Urut a'zolarida
shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga o‘tadi va u kelgusida ham urugaing
homiysi bo‘lib qoladi degan tasavvur bo‘lgan.
Totemizm e'tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning urug‘lari
nomlaridan payqash mumkin. Ular urug‘larni konkret hayvoilar (kengru, oq ho‘kiz,
qora ho‘kiz kabi yoki ayrim o‘simliklar) nomi bilan ataganlar.
Totemizm elementlarini hozirgi dinlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan,
hinduizm dinida fil, sigir, maymun, ilonlar kabilar mukaddas hayvonlar hisoblangan.
O‘zbeklarda qaldirg‘och, musicha, laylak, ko‘k qarg‘ani muqaddas qushlar deb
e'zozlash ham totemizm ko‘rinishlaridan biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, shu
jumladan o‘zbeklarda muchalga qarab vaqt hisobini chiqarish totem e'tiqodi bilan
bog‘liqdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning yoshini, ya'ni tug‘ilgan kunidan
boshlab qancha yashaganligini muchal orqali, muayyan hayvon nomlari bilan atalgan
yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo‘lgan.
Muchal mo‘g‘ul, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng tarqalgan yil hisobi bo‘lib,
unda yil oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (gav), yo‘lbars
(palang), quyon (xargo‘sht), baliq (nahang), ilon (mor), ot (asp) qo‘y (go‘sfand),
maymun (hamduna), tovuq (murg‘), it (sak), to‘ngiz (xo‘k) shular jumlasiga kiritilgan.
Xalqimizda, ayniqsa, musulmonlarda totemning elementlaridan bo‘lgan muchalga
e'tiqod qilish hali ham qisman davom etmoqda.
Аnimizm
- (lotincha - animus - jon, ruh demakdir) qadimgi zamon dinlaridan
biri, kishi ruhining mavjudligiga ishonishdan iborat. Аnimizm tabiatdagi buyumlarni
ilohiylashtiradi, har bir jismda ruh bor, tanadan tashqarida ham jon bor, deb hisoblanadi.
Аnimistik tasavvurlar barcha xalqlar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi
tushunchalarning shakllanishida ma'lum bir rolь o‘ynagan. Аnimizm har bir kishida
uning tiriklik hayoti manbai bo‘lgan jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik
tasavvur jonni soya yoki nafas bilan aynan, deb bilar edi. Masalan, Shimoliy Аmerika
xalqlarida soya bilan jon, qadimgi arablarda jon bilan qon, Grelandiyada esa nafas olish
bilan jon bitta nom bilan ataladi. Аnimizm odamda olam haqidagi tasavvurlarni
shakllantirish, predmet va hodisalar xususiyatlarini chuqur o‘rganish, jon va ruxlarning
tirik odamlar singari qobiliyatga ega degan fikrlar paydo bo‘lishi munosabati bilan
tarkib topgan. Shu davrda jonning o‘lmasligi haqidagi tasavvur paydo bo‘lgan. Chunki
qadimgi odamlar o‘z tanalarining tuzilishi to‘g‘risida to‘liq bir tushunchaga ega
bo‘lmay, hatgoki uyqu va tush ko‘rishining sabablarini ham izohlay olmaganlar.
Shundan so‘ng ibtidoiy odamlar inson tanasini boshqaradigan qandaydir alohida bir
kuch bo‘lib, odam o‘lgandan so‘ng u kuch, ya'ni jon tanadan chiqib ketadi degan
tasavvur hosil bo‘lgan. Natijada jonning tanani tark etgandan keyingi faoliyati qanday
kechishi haqida o‘ylay boshlaganlar. Ibtidoiy odamlar o‘zlarini tabiatdan ajratib
qo‘ymaganlar. Shuning uchun ular o‘zlari bilan bir qatorda hayvon, o‘simlik, hatto
mehnat qurollari, keyinchalik, suv, o‘rmon, momaqaldiroq va boshqalarda ham jon bor,
degan tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Buni fanda gilozoizm deb ataydilar.
Jon va ruhdarga ishonish barcha dinlarga xosdir. Dindorlarning fikricha, jon
barcha kishilarda bo‘lib, xudo eng oliy ruh hisoblanadi. Odam o‘lgandan so‘ng tanadan
chiqib ketadigan jon bor, degan tasavvur chuqurlasha borgan. Demak, odam o‘lganda
jon chiqib ketib, yashayverar ekan, uning o‘zi abadiy yashaydi degan tushuncha paydo
29
bo‘lgan. Аbadiy ruh to‘g‘risidagi tasavvur ana shu yo‘sinda shakllangan. Ruxlarga
ishonish arvohlarga ishonishni keltirib chiqargan.
Jon va ruhlarning o‘lmasligi haqidagi qadimiy animistik tasavvurlarning
elementlari hozirgi barcha dinlarda saqlanib qolmokda. Masalan, dindorlar tasavvurida
o‘lgan kishilarning arvohini yo‘qlash, ularni tirik odamlar singari hamma narsadan
xabardor, deb tushunish mavjud. Shu tufayli jon va ruhlarga atab qurbonlik, xayr-
xudoyi qilish, sadaqa berish odatlari hamon uchrab turadi. Ba'zan murdani kiyimlari
bilan dafn etish, yoniga suv, ovqatlar qo‘yish odatlari ham animizmning ko‘rinishidir.
O‘zbeklarda arvohlar haqidagi tasavvurlar, ularni eslab payshanba oqshomi arafasida
chiroq yoqish, kabristonlarga borib qur'on suralaridan o‘qish animizmga bo‘lgan
e'tiqodning shakllaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |