Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/141
Sana21.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#570810
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   141
Bog'liq
fayl 1040 20210522

Rudolf Otto 
«Din, ruhiy borliqlarga nisbatan ishonchdir».
Edvard Teylor 
«Din, insonning abadiyatni anglashini ta’minlovchi, aql va mantiqqa tobe’ 
bo‘lmagan zehniy malaka yoki iqtidordir»
Maks Myuller 
«Din, malakalarimizni erkin holda qo‘llashni to‘suvchi ta’qiqlar majmuasidir»
Salmon Reynax 
«Din, e’tiqodlar, xatti-harakatlar va ijtimoiy hayotning muayyan shartlariga ko‘ra 
tashkil etilgan muassasalar tizimidir» 
Vitold Taylok
«Din, eng buyuk ijtimoiy qadriyatlar shuuridir» 
Edvard S. Amis 
«Din, muayyan jamoatning vujudga kelishini ta’minlovchi marosim va e’tiqodlar 
majmuidir». 
Emil Dyurkgeym 
Umuman olganda, olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun uch asosiy 
xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan 
birinchisi
, g‘ayritabiiy iloh 
(yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. Har bir dinda topinish ob’ekti – Xudo 
bo‘lishi shart hisoblanadi.
Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga – 
transsendent
va 
immanent
ilohlarga bo‘lish mumkin. Transsendent ilohlarga insonlar 
olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, qusur va nuqsonlardan 
xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom dinidagi Alloh taolo va 
qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi Yahvelarni keltirish mumkin. 
Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur qilingan, 
insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy yaratuvchilik, buzg‘unchilik, 
rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bo‘lgan Xudolar kiradi. Bunday turdagi ilohlar 
ko‘pincha yo antropomorf (inson qiyofasida) yo zooantropomorf (yarim odam yarim 
hayvon) yoki zoomorf (hayvon) shaklda tasavvur qilinadi. Bunga misol sifatida 
Qadimgi Misr, Yunon, Rim sivilizatsiyalari, zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya 
dinlarini sanash mumkin.
Ikkinchisi,
Xudo bilan insonlarni bog‘lab turuvchi kult yoki kultlar majmuasi. 
Yuqorida aytilganidek har bir dinda topinish ob’ekti - Xudo bo‘lishi lozim. yaratuvchi 
bilan insonni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmui (qurbonlik, ro‘za, 
bayramlar) kult deb ataladi. Kultlar kundalik yoki mavsumiy, yakka tartibdagi yoki 
jamoaviy kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Jumladan, islom dinida «Namoz 
mo‘minning me’roji» (ya’ni Alloh taoloning xuzuriga ko‘tarilishi) hisoblansa 
xristianlikdagi «sirli marosimlar»da Muqaddas Ruhning o‘zi ishtirok etadi deb 
hisoblanadi. Shu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar vositasida e’tiqodchilar o‘z 
ilohlari bilan bog‘lanadilar.


20 
Uchinchisi
esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlarning 
mavjudligi. Diniy tashkilot, bu bir din izdoshlarining jamoaviy ravishda o‘z diniy rasm-
rusum, ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim oladigan muassasalaridir. Bu, 
islomda - masjid, madrasa, xristianlikda - Cherkov, seminariya, yahudiylikda - sinagoga 
va hokazo.
“Inson qachondan beri Xudoga ishonib keladi?”, “Din qachon paydo bo‘ldi?” 
kabi savollar doimo olimlarni qiziqtirib, o‘ylantirib kelgan. Mazkur izlanishlar necha 
asrlardan beri davom etib kelayotgan bo‘lsa-da, hali hanuz bu borada bir to‘xtamga 
kelinmagan. Umumiy ma'noda, bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga 
oid ikki xil qarash mavjud. 
Birinchi qarashga ko‘ra dinning paydo bo‘lishi bevosita insoniyatning yaralishi 
bilan bog‘liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O‘zini tanitdi, natijada inson ilk 
dinga e'tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda “teologik yondashuv” deb nomlanadi. 
Bugun mavjud bo‘lgan har qanday din o‘zining tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson 
bilan bog‘lashini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo, 
yahudiylik va xristianlikda – Аdam va Yeva, zardushtiylikda – Govmard, sintoizmda – 
imperator Mikado va boshqalar. Mazkur ta'limotlar dinlarning muqaddas manbalarida 
bayon qilingan.
Teologik yondashuvga ko‘ra, turli buyumlarga sig‘inish va ko‘pxudolik, 
jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga 
kelgan. “Teologiya” atamasi (“deus” – Xudo, “logos” – ta'limot) qadimgi Yunonistonda 
paydo bo‘lgan va dastlab hech qanday falsafiy yukka ega bo‘lmagan. “Teologiya” so‘zi 
ilohlar to‘g‘risidagi dostonlarda qo‘llanilgan, bunday asarlarning mualliflarini esa 
teologlar deb atashgan. Аrastu “teologiya” atamasidan falsafaning muayyan qismini 
belgilash uchun foydalanib, mazkur atamani sharhlashda burilish yasadi. U nazariy 
falsafani matematika, fizika va teologiyaga ajratdi. Аrastu ilohiyot ilmini “birinchi 
falsafa”, oliy mushohada fani yoki “oliy falsafa” deb nomladi. U ilohiyot ilmini borliq, 
uning ibtidosi va mavjudligi sabablari to‘g‘risidagi fan sifatida belgilab berdi.
Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik 
yondashuv” deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib 
taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib 
Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari - din 
tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin 
tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning chop etilishi ham turtki 
bo‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Аvgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan 
eng cho‘qqisiga ko‘tarildi. Unga ko‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, 
emotsiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan – 
murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko‘pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon 
uzoq tarixiy evolyutsion jarayonni bosib o‘tgan. Unga ko‘ra, ilk davrdagi ibtidoiy 
odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe'l-atvoriga, 
balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam, 
haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta'sir ko‘rsatadi. Uyqu, tush 
va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va o‘lim bilan undan ajratib turuvchi, 
hayot bag‘ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlarimiz, mazkur kuch 


21 
harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb 
tasavvur qilganlar. Natijada, inson qo‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida 
ularga sig‘ina boshlagan.
Materialistik maktab tarafdorlari fikriga ko‘ra, qo‘rquv dinlarning kelib 
chiqishida asosiy rolь o‘ynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi Xerbert 
Spenser (1820-1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv natijasida 
“ajdodlarga sig‘inish” sabab bo‘lganligini ta'kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga 
suyangan holda, hayot qo‘rquvining dinlardagi o‘rniga alohida diqqatni tortadi. Bu 
qo‘rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning barcha ko‘rinishlari shakllantirganligini va 
tangrilarning ustun yoki qahramon bo‘lgan ajdodlardan tanlanganligi fikrini ilgari 
suradi; har bir dinda ajdodlarga alohida e'tibor qaratilganligiga ishora qiladi.
Din tushunchasi o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, ishonch, inonmoq 
ma'nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa 
va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o‘ziga 
xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy e'tiqod va amalning bir turidir. E'tiqod so‘zi ham 
arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, chuqur, mustahkam ishonch ma'nosini anglatadi- 
Demak, diniy e'tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish 
tushuniladi. Ilohiyot, ya'ni diniy ta'limot nuqtai nazardan "din", "diniy e'tiqod" 
tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma'nosi, maqsadi va taqdiri uni 
bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo‘lgan, uni go‘yo yaratgan, ayni 
zamonda insonlarga birdan-bir "to‘g‘ri", "haqiqiy", "odil" hayot yo‘llarini ko‘rsatadigan 
va o‘rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarashlar, 
ta'limotlar majmuidan iboratdir. 
Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g‘oyaviy sabablarga ko‘ra diniy 
dunyoqarashlar to‘la hukmron bo‘lgan sharoitlarda qar qanday ilg‘or tabiiy, ilmiy, 
jumladan, falsafiy qarashlar ham diniy qarashlarni, ularning mavjudlik sabablarini, 
mohiyati masalalarini chetlab o‘ta olmagan; lekin ularning din haqidagi qarashlari 
ruhoniy va ulamolarning rasmiy qarashlaridan jiddiy farq qilgan. Biz bu vaziyatni 
Forobiy va Beruniyning dinga bo‘lgan munosabatlarida ko‘rishimiz mumkin. 
Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi haqida kitob" 
risolasida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni o‘rganishga 
qaratilgan, Bu falsafa moddiy olamni bilish, sabab, oqibat bog‘lanishlarini aniqpash 
orqali o‘rganadi. Din esa voqelikka bu uslub bilan emas, balki tasvir (obrazli), ramziy, 
majoziy, qiyosiy tasavvurlardan foydalanish orqali e'tiqod qilishga chakirish yo‘li bilan 
yondashadi. Demak, din voqelikni, sabab va oqibat bog‘lanishlarining moddiy asosini 
o‘rganmasdan izoxlashga kirishadi. Аyni zamonda voqelikni falsafiy bilish, o‘z 
mohiyatiga ko‘ra, diniy bilishdan ustuvordir. 
Beruniyning dinga munosabati uning "qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" 
va "Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bo‘lib, bunday 
bilim vokelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlash bilan o‘rganish mumkin 
bo‘lmagan joyda qo‘llaniladi. Diniy bilim isbotsiz e'tiqodga, ilmiy bilim esa dalillashga, 
isbotlashga asoslanadi. Beruniyning o‘zi esa butkul dalillarga asoslangan bilimlar bilan 
shugullangan. U moddiy olam haqidagi ilmiy masalalarni hal qilishda dinning ta'sirini 
cheklashga intilgan. Forobiy va Beruniy dinga bunday yondashishlar orqali ilmiy 


22 
bilimni din ta'siridan xalos etishga g‘oyat o‘rinli harakat qilganlar. Ular dinga emas, 
unga singib qolgan mutaassiblikka qarshi chiqqanlar. 
Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqiqiy ta'limot olamning 
mavjudlik sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, 
uning ijtimoiy faoliyati, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarini o‘rganishda minglab yillar 
mobaynida uning bag‘rida qo‘lga kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi kundagi 
ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. Dinlarning paydo bo‘lishi, qaror topishi va kayta 
tiklanishining gnoseologik, ijtimoiy va psixologik ildizlari mavjudtsir. Uning ildizlari 
o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ularning 
egallagan o‘rni ham, odamlarga ta'sir darajasi ham goh kuchayib, goh pasayib turadi; bu 
ildizlar tufayli din tarqalib, qaror topib, amal qilib, goh avj olib, goh zaiflashib turadi. 
Masalan, hozirgi davrda umumbashariy (global) muammolar, chunonchi oziq-ovqat 
yetishmasligi, xom ashyo kamayib borayotganligi, energiya tanqisligi, aholining tez 
ko‘payib borayotganligi, termo-yadro urushi xavfi kuchayayotganligi, atrof-muhitning 
tobora ifloslanayotganligi, ekologik vaziyat, ya'ni axloqiy buzilish (siyosiy, diniy 
ekstremizm, terrorchilik, koruptsiya, o‘garlik, talonchilik, buzg‘unchilik va h. k., tobora 
ko‘proq taxdid, xavf-xatar tug‘dirmokda. 
Din kishilar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar va bu borada diniy 
tashkilotlarning faoliyatidan ham iboratdir. Dinning hamma tarkibiy qismlari singari 
diniy munosabatlar va diniy tashkilotlar faoliyati ham ijtimoiy vaziyatlar bilan 
belgilanadi. Bularning faoliyati nisbiy mustaqillikka ega bo‘lib, kishilarning voqelikka 
bo‘lgan munosabatiga muayyan darajada ijobiy yoki salbiy ta'sir etib turadi. 
Diniy tushunchalar, tasavvur va kayfiyatlarga moslashib, bularning bevosita ta'siri 
natijasida vujudga keladigan dindorlar o‘rtasidagi aloqadorlik va diniy jamoa, uyushma 
va tashkilotlarning faoliyatlari diniy munosabatlar deb ataladi. Bunday munosabatlar 
ijtimoiy, goyaviy, mafkuraviy munosabatlarning turlari bo‘lib, muayyan dunyoqarashni 
shakllantiradi, pirovardi-oqibatda ishlab chiqarish munosabatlarining mahsuli 
hisoblanadi. 
Jamiyatda 
diniy 
munosabatlar 
alohida 
mavjud 
bo‘lmaydi; 
ijtimoiy 
munosabatlarning boshqa turlari, chunonchi siyosiy, huquqiy, axloqiy, ma'naviy 
munosabatlar, mehnat jarayonlari bilan uzviy bog‘liqtsir; bir-birini oziklantirib turadi. 
Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar 
orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi 
munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning ob'ekti va sub'ekti diniy 
jamoalardir, ular diniy e'tiqodga asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilar 
birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang‘ich elementidir. Bu 
birlikning asosiy belgilari quyidagicha: 
1) diniy e'tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan 
tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a'zolari orasidagi 
o‘zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning birligi. 
Diniy jamoalarning tuzilishi an'analar va urf-odatlar, huquq yoki umumiy 
dasturlar, qoida, fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar sosida rasmiy va 
norasmiy guruhlarga: -"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va'zxonlar" ga, 
diniy va xo‘jalik, moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi. 


23 
Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma'naviy hayotdagi 
yangilanish jarayoni va tub o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo‘lgan 
munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik hujumkorlik 
siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi. 
Din – e'tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi. Diniy nuqtai nazarga 
ko‘ra, din – muayyan diniy e'tiqodlarga, ya'ni ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar 
yetkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar 
atrofida unga ko‘rinmaydigan ammo undan ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar 
borligiga (farishtalar, jinlar) inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan 
qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida 
ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va yomonlik uchun mukofot yoki jazo 
muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati avvaldan belgilanishiga 
(taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni aqida sifatida qabul qilishdan iborat. 
Din – tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri 
insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan 
ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy 
qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta'limotdir. U muayyan 
ta'limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali 
namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni 
idrok etish usuli, olamda insoniyatning ilk tarixidan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy 
tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi 
qudratga ega bo‘lgan ma'naviy-axloqiy kuchdir. 
Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va go‘zal 
ruhiy-ma'naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Xalq 
dinsiz, e'tiqodsiz biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Sotsiologik nuqtai 
nazardan qaraganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas 
qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil 
sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa dinni jamiyatda bajargan vazifalariga ko‘ra o‘rganish 
mumkin demakdir. 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish