Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/141
Sana21.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#570810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
fayl 1040 20210522

Din fenomenologiyasi.
Fenomen, namoyon bo‘luvchi, ko‘zga ko‘rinuvchi narsa 
bo‘lib, fenomenologiya ko‘zga ko‘rinuvchi narsaning sistematik shaklda tadqiq 
qilinishidir. Dinning ko‘zga ko‘rinuvchi, tashqarida aks etuvchi jihatlarini o‘rganuvchi 
ilm sohasiga «Din fenomenologiyasi» deyiladi. Din fenomenologiyasi, tarixiy 
shakllanishlarni e’tiborga olmagan holda diniy fakt va voqelikning bizga namoyon 
bo‘lgan jihatlarini asosiy o‘ringa ko‘taradi. Turli dinlarning ibodat va marosimlarini, 
muqaddas joy, zamon, narsa va shaxsiyatlarini tadqiq qilib, mushtarak jihatlarini 
topishga harakat qiladi.
Din fenomenologiyasi diniy tuyg‘u va bu tuyg‘uning ko‘rinishlari deyarli butun 
dunyoda bir-biriga o‘xshashiga ishora qiladi; barcha dinlarning asli va g‘oyasining bir 
ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Shuning bilan birga diniy ramz (belgi) larda 
yashirgan ma’nolarni ochish va majoziy so‘zlarning muqaddas mazmunini yoritish kabi 
ishlar ham uning vazifalariga kiradi.
Din fenomenologiyasi, materiallarini dinlar tarixidan oladi. Lekin u bu 
materiallarga tarixiylikdan ham ko‘ra ko‘proq sistematik jihatdan yondashadi. Shunday 
qilib diniy asoslar, diniy fenomen va shakllanishlarni muqoyasa qiladi. Din 


13 
fenomenologiyasi boshqa din ilmlarini bilan ba’zi nuqtalarda birlashishiga qaramasdan, 
mustaqil bir ilm sohasi sifatida, ba’zan farqlangan jihatlari ham bo‘lib turadi.
Din sotsiologiyasi.
Din – jamiyat munosabatlarini, bu munosabatlar ortidan kelib 
chiquvchi voqea-hodisalarni o‘rganadi. Shu tufayli bu ilm sohasi ijtimoiy diniy 
muassasalarni, dinning davlat, xalq, oilaga nisbatan munosabatini, din sohasida yuzaga 
keluvchi ijtimoiy voqea-hodisalarni, turli din jamoalarining jamiyat bilan bo‘lgan 
munosabatlarini asosiy mavzu sifatida tadqiq qiladi. Demak, din sotsiologiyasining 
mavzusi, jamiyatning asos shakllari va dinning tashqi ko‘rinishlari bilan ijtimoiy 
jarayonlar, ularning tuzilish va qonunlaridan iborat ekan. Boshqacha qilib aytganda bu 
ilm sohasi, tarix bo‘yicha xususiy va mushohadaga suyanuvchi din va jamiyat 
tadqiqotlarini; dinning ijtimoiy hayotdagi ko‘rinishlarini o‘rganadi. 
Din sotsiologiyasi, bir tomondan jamiyat, bir tomondan diniy ilmlarga tayanadi; 
bu ikki asos ustida yakdillikni keltirib chiqarishga harakat qiladi.
Din psixologiyasi.
Bu ilm sohasi, zamonaviy psixologiya bilan birgalikda 
shakllangan va uning bir tarmog‘i holiga aylangan. Din psixologiyasi, avvalo insonga 
oid bo‘lgan diniy hayotning turli jihatlarini psixologik jihatdan o‘rganadi. Ya’ni din 
psixologiyasi dinning psixologik jihatini, shaxsning diniy tajribasini va bu tajribaning 
turli ko‘rinishlarini bayon qilishga harakat qiladi. Natijada u dinning inson ruhidagi 
asosiy xususiyatlari xatti-harakatlarga bo‘lgan ta’siri to‘g‘risida atroflicha to‘xtaladi. 
Ruh-jasad aloqasi bilan atrof-madaniyat ta’sirlarining barchasini ichida o‘rganuvchi 
diniy e’tiqod, shaxslarning ichki olamidagi turli rivojlanishlarni ko‘rsatib beradi. Shu 
sababli din psixologiyasi diniy tajribadan boshlagan holda inson turlarini atroflicha 
o‘rganib, xos tipologiyalarni kashf qiladi. Kishining diniy his, tushuncha va yashash 
tarzi din psixologiyasining asosiy mavzusidir. U shaxsda din tuyg‘usi va hissining 
qanday qilib kelib chiqqanligi va shakllanishini, ihtido (hidoyat topish) yoki inkor 
hodisalarini, dindan kelib chiqqan ruhiy keskinlik va shubhalarni tadqiq qiladi. 
Din psixologiyasi umumiy psixologiyaning barcha metodlaridan foydalangan 
holda o‘ziga taalluqli bo‘lgan mavzularni muhokama qiladi. Bu ilm turi, dindorlikning 
shaxs ruhiyatidagi siljish va ta’sir jarayonining tadqiq qilinishida umumpsixologiyadagi 
tamal asoslar, berilgan ma’lumotlarga (raqamlar)ga qarab anketalar, testlar va 
kuzatuvlardan foydalanadi. 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish