Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/141
Sana21.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#570810
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   141
Bog'liq
fayl 1040 20210522

Hinduiylik
(Induizm) murakkab din bo‘lib, u ijtimoiy tashkilot, turli dinlar 
qorishmasidir. U kastachilik asosiga qurilgan. Braxmanlik bilan buddaviylik o‘rtasida 
kasta ta'limoti bo‘yicha kurashni ifodalovchi hinduiylik dini shakllandi. Bu dinga 
Hindiston aholisining 83% e'tiqod qilib, uning asosiy sharti Hindistondagi kasta tizimini 
qabul qilishdir. Hinduiylikda besh qoida va aqida tan olingan.
1. 
Vedalarning muqaddasligi; 
2. 
Guru (pir, ustoz) ning tan olinishi; 
3. 
Muqaddas joylarga ziyoratga borish; 
4. 
Sanskrit muqaddas til ekanligi; 
5. 
Sigirning muqaddas ekanligi tan olingan. 
Hinduiylikda braxmanlar asosiy o‘rin egallab, kengroq “Mahobxorat” muqaddas 
yozuvlar qatoriga qo‘shilgan. Braxmanlar eski aqidalar zamon talabiga javob 
bermasligini ko‘rgach, yangi qonun-qoidalarga xos turli oqimlarni yuzaga keltirib, 
buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar. Hinduiylik braxmanlikdan farq qilib unda 
“Mahobxorat” va boshqa she'riy matnlar sanskrit tilidan zamonaviy hind tiliga tarjima 
qilinib, asl matni bilan bir xil hisoblangan. Hinduiylikda braxmanlar nafaqat oliy tabaqa 
vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan yoki ayollardan bo‘lishi mumkin.
Hinduiylikda trimurti (uchlik) – Braxma, Vishnu, Shiva xudolari asosiy bo‘lib, 
Braxma ularning eng kattasi, dunyoni yaratgan xudosi. Shunga qaramay, hinduiylikda 
asosan Vishnu va Shivaga topinadilar. Hinduiylik ikki asosiy oqimga bo‘linadi: 
1. 
Shivaga sig‘inuvchilar oqimi. 
2. 
Vishnuga sig‘inuvchilar oqimi. 
Shiva –kambag‘allar xudosidir. U Rigvedaning birinchi nusxalarida Pudra nomi 
bilan zikr etilgan. U Ishana, Shivara, Maxadeva (Buyuk xudo) nomlari bilan ham 
ataladi. Shivaizm Hindistonda 13 ga yaqin asosiy oqimlari mavjud. Bu oqimlar 
tridandina, smart, dandi, lingachilar, yoglar maktra, shakta va boshqa oqimlar bo‘lib, 
xalq orasida Shivaning bir ming sakkizta nomi mavjud.
Vishnu. Hozir Hindistonda birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi ilohdir. 
Rigvedada u quyosh xudosi – birinchi darajali xudo hisoblanib, ibodat paytida uni 
Savitar Roxita, Surya, Аudita nomlari bilan ataydilar. U “Krishna bilan qo‘shilib yarim 
inson, yarim xudo shaklidagi qahramon deb tan olinadi”.
“Mahobxorat” va “Ramayana” dostonlarida “Аvatara” – insonning Vishnuga 
qo‘shilib ketishi haqida so‘z yuritiladi. Vishnu ba'zida to‘rtqo‘lli qilib tasvirlanadi. 
Vishnu hech qachon inson va hayvonni qurbonlik qilishlarini talab qilmagan.
Krishna murakkab obraz bo‘lib u haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq, osmon, 
quyosh bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, yengilmas qahramon sifatida 
ta'riflanadi.
Vishnuizm bayramlari turli-tuman bo‘lib, ular bir necha kunlarga cho‘zilib ketadi. 
Ular duolar o‘qish, ta'zim bajo keltirish, ommaviy diniy marosimlarda qatnashish, 
hadya, qurbonliklar atash, ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi hovuzlarda cho‘milish 
kabilar bo‘lgan. Bu marosimlar faqat ruhoniylar boshchiligida bajariladi. Sigir 
muqaddas hayvon hisoblanganligi uchun u xudolar qatorida e'zozlanadi. U keyinchalik 
“tirik but”ga aylanib, Shivaning ma'budlik o‘rnini to‘ldirdi. Vishnuizmda muqaddas 


35 
hayvon maymun bo‘lib Rigvedada “Vrishakani (erkak maymun) timsolida 
Xanumanning timsolini ko‘rishimiz mumkin”,-degan rivoyat keltirilgan. Maymun Ram 
(Ramayana dostonidagi odam-xudo) ning ittifoqchisi maymun –xudo Xanumanning 
vakili sifatida ulug‘lanadi.
Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb 
e'tiqod qilinadi. Hinduiylikning aqidaviy, marosimiy, ramziy sohalaridagi tizimi 
murakkablashib ketadi. Xalq ommasi doirasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga 
sig‘inish davom etmoqda. 
Hinduiylik eramizdan oldingi dinlar - braxmanizm va vedaizmning evolyutsiyasi 
natijasida eramizning birinchi ming yilligi o‘rtalarnga kelib shakllangan. Shu davrdan 
boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Hinduizm sinkretik din bo‘lib, turli 
e'tiqodlar, urf-odat va marosimlar, mahalliy diniy e'tiqod va qarashlarning murakkab 
kompleksi sifatida voke bo‘lib, urug‘-qabila dinlari elementlarini, braxmanizm, 
buddizm va jaynizmning asosiy goyalarini qamrab algan. Hinduizm o‘zining yagona 
tashkilotiga ega emas. 
Hinduizm insonning tug‘ilganadan to vafot etishigacha bo‘lgan huquq va 
vazifalarini belgalab va cheklab qo‘yadi. Shuning uchun unda marosimchilikka keng 
o‘rin berilgan. Hinduizm kishilarning ijtimoiy tengsizligani oklaydi va abadiylashtiradi, 
ruhning bo‘lmasligi va ko‘chib aylanib yurishi (sansara ta'limoti), qayta tug‘ilishi 
(karma ta'limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va do‘zax kabi aqidalarni o‘z 
ichiga oladi. 
Hinduizm politeistik din bo‘lib, unda ko‘p xudolilik elementlari saqdangan. 
Hinduizm ta'limotida xudoning uch xil ko‘rinishda tasavvur etilishi (trimurti) eng oliy, 
ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu xristianlikdagi uch yuzli 
xudoga o‘xshaydi. 
Hinduizm ta'limoticha, olam paydo bo‘lib, yemirilib, yo‘q bo‘lib turadi, ya'ni 
olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir davr 
olamning yuksak rivojlangan cho‘qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan 
tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach, olam yo‘qoladi. 
Hinduizm jamiyatning tabaqalarga bo‘linishini aks ettiruvchi savob va jazo 
(karma) g‘oyasiga asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da'vo kilinadi: 1) 
dxarma - oila va jamiyatda diniy talablarni bajarish: 2) artxa - foydali ishlar qilish, zarur 
materiallarga ega bo‘lish; 3) kama - muhabbat tuyg‘ulariga erishish, his-tuyg‘ularni 
qondirish; 4) moksha - o‘zgarish zanjiridan butunlay xalos bo‘lish. 
Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari o‘z xudolariga bag‘ishlab minglab 
katta-kichik ibodatxonalar kurganlar. Bu dinga e'tiqod kiluvchilar "muqaddas joylar", 
daryolar va boshqa har xil narsalarga sig‘inadilar. Hind xalqi orasida yovuz ruhlarga 
e'tiqod qilish keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar - ho‘kiz, sigar, maymun va ilon 
kabilarga ham sig‘inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar. Masalan, hinduizm tarafdorlari 
sigirni sahiylik manbai va go‘zal ayol timsoln deb hisoblaydilar. Ruhoniylar sigirlarni 
so‘ymaslik va go‘shtini yemaslikni targ‘ib kiladilar. Аmmo hinduizm sigar sutini 
ichishni va undan xo‘jalikda ish hayvoni sifatida foydalanishni ta'qiqlamaydi. 
Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga e'tiqod 
qiluvchilar Banoras shahrini ham mukaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga ko‘ra, go‘yo 


36 
Gang daresi qirgog‘ida kishi hayotdan ko‘z yumsa, narigi dunyodagi hayoti ancha 
yengillashar, jannatga yo‘l olar degan diniy fikr bor. 
Hinduizmning xarakterli xususiyatlari, yuqorida qayd kilingandek, jamiyatdagi 
kishilarni tabaqalarga - kastalarga ajratishdir. Hozirgi paytda kishilarni tabaqalarga 
bo‘lish taqiqlangan. Аmmo tabaqalarga bo‘linish minglab yillar davom etganligi va 
kishilarning ongiga chuqur singib ketganligi uchun bu masalada muayyan qiyinchiliklar 
yuz bermoqda. Hinduizmning "muqaddas" yozuvlariga Veda ,
Upanishadlar kiradi. Keyinchalik "Maxabxarata" va "Ramayana" dostoniga 
o‘xshash, diniy marosimlar va urf-odatlar singdirilgan har xil afsona, rivoyat, hikmatli 
so‘zlar, epik dostonlar paydo bo‘la boshladi. 
XIX asrning boshlarida hinduizm milliy-ozodlik harakati g‘oyalariga katta ijobiy 
ta'sir ko‘rsatdi. Shu bilan hinduizmda shovinistik diniy e'tiqodlarni targ‘ib qilgan bir 
qator oqimlar ham paydo bo‘lgan. 
Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, Shri Lanka, Bangladesh, 
Gavana va hindlar yashaydigan boshka hududlarda tarqalgan. 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish