FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI……………………... 99
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bizning davrimizda ta’limiy qadriyatlar, ularning
tabiati, funksiyalari, o‘zaro aloqadorligi haqidagi pedagogikaning yangi sohasi -
pedagogik aksiologiya rivojlanib bormoqda. Chunki zamonaviy jamiyat ta’limni
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashining maqsadga
yo‘naltirilgan jarayoni va natijasi sifatida tushunishdan uzoqlashdi. Ta’lim bu
insonda insoniylikni tarkib toptirishdir. Uning asl mohiyati ham ana shunda.
Ta’limning ma’naviyatni tarkib toptirishdagi ahamiyati uni qadriyatli bilimlarni
uzatish va uning asosida insonda qadriyatli munosabat, qadriyatli xulq-atvorni
shakllantirishda ekanligini o‘z vaqtida Aflotun ham ta’kidlab o‘tgan edi. U
davlatning asosini qolgan barchasi unga bog‘liq bo‘lgan yagona birlik aks ettiradi,
deb hisoblagan. Bunday asos - olijanoblikdir. Olim yuksak olijanoblik sifatida
hech narsa yaxshilik va yomonlik haqida unday ma’lumot bera olmaydigai bilimni
e’tirof etadi. Bilimda qanchalik olijanoblik o‘z ifodasini topganligini esa ta’lim
jarayonida o‘rganish mumkin.
Pedagogik aksiologiya inson va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda, ta’limiy
qadriyatlarni muhokama etuvchi hamda ta’limga qadriyatli yondashuvni amalga
oshiruvchi pedagogik bilimlar sohasidir.
Pedagogik aksiologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogik
aksiologiyaning predmetini shaxsning qadriyatli ongi, qadriyatli munosabati,
qadriyatli xulq-atvorini shakllantirish tashkil etadi.
Aksiologik muammolarga doir nazariy manbalardagi qadriyat tushunchasining
mohiyatini taxdil etish asosida pedagogik aksiologiya qadriyat tushunchasiga shaxs
va jamiyat faoliyatida ideal namuna va yo‘nalishlarni aks ettiruvchi individual va
ijtimoiy ongni tashkil etuvchi maxsus ta’lim sifatida qaraydi. Alohida shaxs yoki
jamiyat yaxlitlikda qadriyatlarni uzatuvchisi sifatida qaraladi, nihoyasi esa,
insonning xulq-atvori va xatti-harakatini rag‘batlaydi. Xulq-atvor va xatti-
harakatlarning tavsifi shaxsning atrof-muhitga, o‘z-o‘ziga munosabati haqida
guvoxlik beradi.
4
Turli xalq, millat hamda elatlarning o‘zligini anglashi ularning mustaqilligi,
erkini kafolatlovchi muhim shart sanaladi. Binobarin, milliy o‘zlikni anglash ana
shu xalq, millat va elatlarning kishilik jamiyatidagi o‘rni va mavqeining
belgilanishini ta’minlaydi. Millat vakillarining milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usiga
ega bo‘lishlari ularning milliy o‘zliklarini anglashlariga boshlang‘ich asosdir.
Mustaqillik yillarida respublika ijtimoiy-siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga
bo‘lgan ehtiyoj sezildi. Bu ehtiyojni qondirish omillaridan biri aholi, shu jumladan,
yoshlarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishdir. Zero, milliy iftixor tuyg‘usiga
ega bo‘lgan inson yurt mustaqilligi, xalq ozodligi yo‘lida kurasha oldi. Shu bois
so‘nggi yillarda ta’lim muassasalari, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim tizimida ham
kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga
alohida e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq deb topildi.
Milliy tuyg‘uning yoshlarni Vatan uchun fidoiy insonlar etib tarbiyalashdagi
beqiyos ahamiyatiga to‘xtalib o‘tar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: “Milliy tuyg‘u inson uchun tabiiydir,
chunki u ota-onalardan meros qilib olingan va bola o‘z ota-onasiga, butun dunyoga
aytgan birinchi so‘zida ifodalanadi. O‘z xalqiga, uning an’anlariga, tili va
madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o‘z xalqini,
millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi
haqiqiy insonni, o‘z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas”
1
Yoshlar, shuningdek, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini milliy iftixor
tuyg‘usiga ega bo‘lishlari ularning xalq, millat va vatan tarixini chuqur bilishlari,
ajdodlarga munosib avlod bo‘lib voyaga еtishlarini ta’minlash bilan birga,
vatanparvar insonga xos muhim ma’naviy-axloqiy sifatlarni namoyon eta olishlari
uchun ham sharoit yaratadi. Zero, vatanparvar insonni tarbiyalab voyaga еtkazish
respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi etib
belgilangan. Vatanparvarlik milliy o‘zlikni anglash negizida shakllanuvchi
1
Karimov I.A. Adolat, Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug‘. - T.: О‘zbekiston, 1998
5
ma’naviy-axloqiy sifatlardan biri ekanligiga e’tiborni qaratgan holda Respublika
Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni ilgari suradi: “O‘zbekiston fuqarosining
vatanparvarligi bu qayta o‘zgarishlar yo‘lini ko‘rsatuvchi, ko‘zlangan maqsaddan
chetga chiqmaydigan yo‘lchi yulduz, ishonchli kompasdir. O‘zbekistonga, o‘z
еriga, tabiatga, bu еrda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o‘lkaning tarixi,
madaniyati, an’analarini teran bilib olishga intilish, respublikaning qudrati va
yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun
qayg‘urish ko‘p millatli O‘zbekiston jamiyatining muhim jipslashtiruvchi asosi
hisoblanadi”
2
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni
o‘tmish mafkuraviy qarashlaridan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik
davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy-axloqiy talablarga javob beradigan, yuqori
malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimining insonni
intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash imkoniyatlariga tayanish
maqsadga muvofiqligini ifoda etib, har tomonlama barkamol shaxs – fuqaroni
shakllantirishni nazarda tutadi.
Dasturda kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlaridan biri
shaxs ekanligiga urg‘u berilib, “shaxs-kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti
va obekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga
oshiruvchi” ekanligi va davlat tomonidan shaxsni tarbiyalash, uni har tomonlama
kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanishi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Milliy istiqlol mafkurasi –
xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonch» nomli asarida keng jamoatchilik, olim,
shoir va yozuvchilardan mafkura masalasiga jiddiy ahamiyat berishni talab etib,
jamiyat oldida turgan eng muhim masala, bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va
2
Karimov I.A. Adolat, Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug‘. - T.: О‘zbekiston, 1998
6
hayotimizga tatbiq etish ekanligini ta’kidladi. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi
negizida yoshlar, jumladan, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini ajdodlarga,
ularning turmush tarzi, e’tiqodlari va hayotiy yondashuvlariga munosib etib
tarbiyalash g‘oyalari yotadi.
Boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilayotgan ijtimoiy talablar o‘quvchilarni
xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar
asosida tarbiyalashni taqozo qiladi.
Istiqlol mafkurasi milliy g‘urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik tuyg‘usi
zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o‘z ichiga oladi. Yoshlarda Vatanga
bo‘lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo‘lsa, uni sevish, yuksak
darajada e’zozlash hissi kuchaysa, har bir inson o‘z vatani tarixi, milliy til,
madaniyat, urf-odatlar, an’analar hamda qadriyatlarning mohiyatini chuqur
anglasa, millat taqdiri va istiqboli haqida qayg‘urish tuyg‘usiga ega bo‘lsa,
mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo‘ladi.
Hozirgi davrda mustaqillikni mustahkamlash, istiqlol sari ishonch bilan borishda
shaxs ma’naviyatini shakllantirish masalasi asosiy yo‘nalishlardan hisoblanadi.
Yetuk madaniyatli insongina istiqlol mafkurasi g‘oyalarini o‘zlashtirib, ularga
qat’iy amal qilgan holda ijtimoiy faoliyatni amalga oshiradi. Millat ma’naviyatini
tiklash va rivojlantirishda milliy ong, til va madaniyat еtakchi o‘rin tutadi. Ulardan
samarali foydalanish Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy his-tuyg‘u, g‘urur va
iftixorni o‘stirish, shuningdek, milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirishga
xizmat qiladi.
Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning shaxs kamoloti va uni
ta’minlash to‘g‘risidagi qarashlari zamonaviy bosqichda jahon ta’limi uchun
muhim asosdir. Milliy pedagogik qadriyatlarni mavjud sharoitda demokratik
qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim mazmuniga insonparvarlik va demokratik
g‘oyalarni singdirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, ta’lim-
tarbiya samaradorligini oshirish - davr talabidir. Shu sababli, O‘zbekiston
Respublikasi mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin istiqlol talablari,
7
qurilajak huquqiy demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatga mos kadrlar
tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbek xalqi mustaqillikka erishgani tufayli o‘tmish avlodlar qoldirgan boy
ma’naviy-madaniy merosni o‘rganish va qayta tiklashga musharraf bo‘lmoqda.
Fan va madaniyat namoyandalarining asarlarida ifodalangan ma’naviy-axloqiy
g‘oyalar ham insonlar ruhiyati va ma’naviyati taraqqiyotida, yoshlarda ezgulik va
iftixor tuyg‘usining rivoj topishida muhim vosita bo‘la oladi.
Boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarga ajdodlar, shuningdek, bugungi davr
qahramonlarining faoliyati, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, madaniyati,
san’ati, fan-texnika, ishlab chiqarish sohalarida erishilayotgan yutuqlari bilan
faxrlanish, g‘ururlanish, iftixor etish tuyg‘usini qaror toptirish uzluksiz ta’lim
tizimi oldiga qo‘yilayotgan muhim ijtimoiy vazifalardandir.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh
qilishning muhim omillari ko‘rsatib berilgan uchinchi bandida milliy o‘zlikni
anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining
shakllanayotganligi, boy milliy-madaniy va tarixiy an’analarga, xalqimizning
intellektual merosiga hurmatni qaror toptirish lozimligi alohida ta’kidlangan.
Mazkur dasturni hayotga izchil tatbiq etish - Pedagogik aksiologiya va undan
boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasi o‘z еchimini kutayotgan
dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |