Bolaning nutqiy imkoniyatlarini har tomonlama о‘rganish tamoyili– bu logopedik tekshiruvda: artikulyatsion apparatning qurilishi va harakatchanlik darajasi umumiy va mayda motorika, oral praksis , fonematik va sintez kо‘nikmalar, shuningdek, tovushlar talaffuzi nutqning leksik –grammatik tomonlari va boshqa muhim xususiyatlarini birma –bir о‘rganish degani.
Tekshirish turli xil usullar va metodlarning yig‘indisi asosida , har bir alohida vaziyatga mos ravishda о‘tkazilishi kerak.Uning muvoffaqiyatini belgilovchi muhim shart, kо‘rsatmalarni tо‘g‘ri tanlash , ba’zan esa taklif etilayotgan vazifalarni tо‘g‘ri tushuntirish usullari hisoblanadi.Ular kо‘rgazmali og‘zaki bо‘lishi mumkin , kо‘rsatishda logoped bilan hamkorlikda bajarishda asta sekin mustaqil bajarishga о‘tishi mumkin. Bola undan nima talab qilinayotganligi, oldida qanday vazifa turganligini tushunishi kerak.
Rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalar bilan ishlashda tekshirishning standart usullaridan foydalanmaslik kerak.Saqlangan va buzilgan funksiyalar, va bolalrning nutqiy imkoniyatlariga bog‘liq ravishda verbal va noverbal topshiriqlar taklif etiladi. Ba’zi bolalar uchun tanlangan topshiriqlarning kо‘pchiligi noberbal bо‘lishi lozim bо‘lsa, boshqalariga esa, ham verbal , ham noverbal topshiriqlarni afzal kо‘rishadi.
Topshiriqlarni bajarish tezligini, bola faoliyatining tо‘g‘riligi va aniqligini qayd etish va qiyoslash muhim ahamiyatga ega.Tekshirish davomi kо‘pgina ahamiyatli holatlar: bolalarda topshiriqqa qiziqish uyg‘ondimi yoki yо‘qmi, ularning diqqati, charchash darajasi, muvoffaqiyatsizlikka munosabati qay darajada ekanligi va boshqalar aniqlandi.
Nutq о‘zida murakkab fiziologik, psixologik, fikrlash jarayonini aks ettirib, unda elementar daraja kabi (sensomotor, gnostik-amaliy), uning yuqori tashkil etilgan darajasi ham qо‘shilib keladi ( ma’noviy, til xususiyatlari). Shunga bog‘liq ravishda nutq va uning buzilishi, shuningdek, uni tuzatishga qaratilgan korreksion ish ham turli tomonlardan kо‘rib chiqiladi – tibbiy, psixologik, lingvistik, psixolingvistik.
Harakat sohalaridagi buzilishlar , qо‘pol sensor va ba’zi hollardagi aqliy yetishmovchilik nutqning barcha kopmonentlarini rivojlanmasligiga olib keladi. Rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalardagi nutqiy nuqsonlar о‘ziga xos holatlarga ega bо‘lib ( artikulyatsiyasi va akustikasiga kо‘ra о‘xshash tovushlarni farqlashdagi, tallaffuzni о‘z nazoratiga olishni о‘zlashtirishda, nutqning grammatik qurilishini о‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar.), korreksion ta’sirning differensial metodlarini talab etadi.Turli nuqsonlari qо‘shilib kelgan bolalar nutq buzilishlarini о‘rganishda nafaqat barcha nutqiy faoliyat komponentlarini, balki, keyinchalik kompleks logopedik ta’sir asosida yotuvchi nonutqiy funksiyalar holati ham tahlil qilinadi va qayd etiladi. Bu toifa bolalar bilan ishlashning о‘ziga xosligi shundaki, nutq nuqsonlarini korreksiyalash va uni kuchaytiruvchi kо‘pgina omillar qо‘shimcha buzilishlar xarakterini- kо‘rish, eshitish holati, harakat imkoniyatlari va idrok xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Logopedik mashg‘ulot- bu qator о‘zaro tasir etuvchi , qisimlarni birlashtiruvchi butun bir pedagogik usullar tizimidir.Bu mashg‘ulotlar korreksion ta’limning asosiy shakli hisoblanib bu jarayonda nutqning barcha komponentlarini ketma –ket va о‘zaro aloqada rivojlantirish amalga oshiriladi.Yetakchi tashkiliy shakllar –yakka va frontal mashg‘ulotlardir . Rivojlanishida murakkab nuqsonga ega bо‘lgan bolalar uchun yakka ish shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Yakka logopedik mashg‘ulotlarni muvoffaqiyati uchun ularini tо‘g‘ri tashkil etish va maxsus buzilishlar haqida aniq bilimlar zarur bо‘ladi.U yoki bu buzilishni bartaraf etish vaqti, shuningdek uni bartaraf etish ketma –ketligini aniqlashtrish, tekshirish davomida belgilangan nuqsonning namoyon bо‘lishi xolatiga bog‘liq.
Barcha ishlarini tо‘g‘ri rejalashtirish katta ahamiyatga ega.Uning har bir bosqichi chuqur о‘ylangan aniq maqsadlar va yakuniy natijalar belgilanishi kerak.Mashg‘ulotni rejalashtirish jarayoni maqsadni aniqlashdan boshlanadi.Bunda ta’limiy faoliyat va bolalarning bilish faolligini rivojlantirilishga beriladigan urg‘u aniq shakllantirilishi kerak.Mashg‘ulotning tuzilishi metod va usullarni tanlanishi, lug‘at ishi uning mavzusi va maqsadiga bog‘liq bо‘ladi.
Mashg‘ulotlarni о‘tkazishda logoped har doim bolalar nimani о‘zlashtirishdi va nimani ustida ishlarni davom ettirish zarurligini belgilovchi kuzatuvchi , taxlilar olib borishi kerak.Logopedik ish dasturi quyidagi holatlarni hisobga olgan holda, uning uchun natijaviylik holatlarini hisobga olgan holda qurilishi mumkin.
Bu ishda nutqninig komunikativ funksiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.Nutqiy muloqatning jadallashuvi keng nutqiy amaliyotni paydo bо‘lishiga olib keladi.Muloqatga kirishishga yо‘naltiruvchi bо‘lib bolalar talaffuzi uchun qulay va ular muloqati uchun dolzarb bо‘lgan materialni tо‘g‘ri tanlanishi xizmat qiladi. Shuningdek , qulay sharoit yaratish, bevosita muloqot о‘rnatishga yо‘naltirilgan turli xil faoliyat turlaridan foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Bolalarni qayta ishlangan nutqiy opperatsiyalarini о‘xshash yoki yangi sharoitlarda qо‘llashga egallangan kо‘nikmalarni turli faoliyat turlarida ijodiy amalga oshirishga о‘rgatish kerak.
Bolalarning nutqiy rivojlanishining pasligi va materialni о‘zlashtirish sekinligi tempi bilan bog‘liq ravishda taklif etilayotgan material xajmini tо‘g‘ri belgilash , har bir mashg‘ulotning mazmuniga alohida e’tibor qaratish zarur.
Bu toifa bolalar bilan ishlashning о‘ziga xosligi mujassam nuqson komponentlarining tuzilishlariga bog‘liq bо‘lib , bu turli xil nutqiy (dizartiriya, rinolaliya va boshqalar) buzilishlarda ,analizator tizimining buzilishlarida (kо‘rish ,eshitish, tayonch- harakt apparati) yoki intelektual buzilishlarda namoyon bо‘lishi mumkin. Masalan, kar yoki kо‘r dizartriya nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar bilan logopedik ishlashda logopedik massajni kiritish , artikulyatsion mashqlarni faol olib borish zarur va hakozo.
Bu toifa bolalarning kо‘pchiligida analiz- sintez faoliyatini rivojlanish xususiyati oliy psixik funksiyalarni rivojlantirishni kо‘zda tutadi.Har bir mashg‘ulot davomida korreksion vazifalar u yoki bu psixik funksiyalarga urg‘u beradi –xotira, diqqat, idrok, taffakur.
Logopedik mashg‘ulotlarni rejlashtirishda nutqiy faoliyatni shakllantirishda ancha samarali ishtirok etadigan turli xil saqlangan analizatorlar faoliyatini faollashtirishga yо‘naltirilgan mashqlarni kiritish zarurati kо‘zda tutiladi.
Bunday mashg‘ulotlarini tashkil etish va о‘tkazishning muhim sharti ish usullari mazmunini о‘zaro aloqada takrorlash tizimi hisoblanadi.Takrorlashlar mexanik emas, balki ongli bо‘lishi kerak, mashg‘ulotlar turini о‘zgartirish orqali bolalarga qiziqarli va yangi elementlarga erishadi.Materialni mustahkamlash uchun takrorlash tizimiga maxsus yaratilgan yoki о‘z –о‘zidan paydo bо‘luvchi sharoitlar kiritiladi.
Logopedik mashg‘ulotlarda turli xil metodlar qо‘llaniladi:amaliy, kо‘rgazmali va og‘zaki.Ularni tanlash va qо‘llash xususiyatlari nutqiy va qо‘shimcha nuqsonlar ,logopedik ta’sir mazmuni, maqsadi, vazifalari ish bosqichi, bolaning individual –psixologik xususiyatlariga bog‘liq ravishda belgilanadi.Masalan, kо‘r bolada dizartriya kо‘rinishidagi nuqsonni bartaraf etishda amaliy va og‘zaki metodlarga tayanish maqsadga muvofiq.
Bolalarni о‘qitish metod va usullarini birlashtirish va tanlash mezoni faoliyat turlarini almashtirish hisoblanadi : rasmlarni nomlash, hamkorlikda va aksli gapirish, berilgani tovushga mos sо‘z topish ,eshitish va boshqalar.Mashg‘ulotni rejalashtirish kerakki, bolalarda turli analizatorlarning hammasi bevosita ishtirok etsin –eshituv, kо‘ruv, nutq harakat, taktil va hakozo.
Bu toifa bolalarni о‘ziga xos xusuiyatlariga bog‘liq ravishda о‘quv jarayoni tashkil etishni muhim shartlaridan biri logopedik mashg‘ulotlarni didaktik materiallar bilan yoritish hisoblanadi.Bunda nutq va tayanch –harakat apparatida nuq bola faoliyatining tо‘g‘riligi va aniqligini sonlarga ega bо‘lgan bolalar uchun yetarlicha katta , yorqin , aniq, taktil yuza bilan tasvirlangan bо‘lishi kerak.Agar bolalarda nutqiy buzilish kо‘rish nuqsonlari bilan birga qо‘shilib kelsa ,bunda asosiy talab rasmli materiallarga beriladi : tasvir yorqin , chegaralari aniq tasvirlangan bо‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |