Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti



Download 2,16 Mb.
bet36/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

Tayanch iboralar: Oligorfreniya,nutqning predikativ shakli, akli zaiflik, tugma nukson, orttirilgan nukson, , Daun kasalligi, yordamchi maktab .

Aqli zaif bolalarda о‘qish jarayonini egallash sekinlik bilan boradi va ma’lum о‘ziga xos qiyinchiliklar bilan xarakterlinadi (M.F.Gnezdilov, V.G.Petrova). Normadagi singari о‘qishni egallash jarayonida aqli zaif bolalar о‘sha bosqichlardan о‘tadilar. Lekin G.Y.Troshinning ma’lumotlariga kо‘ra bu bolalar о‘qish pog‘onalarini normal о‘quvchilarga qaraganda 3 marta uzoqroq vaqt ichida egallaydilar. Aqli zaif bolalarda о‘qish jarayonining har bir bosqichi ma’lum bir qiyinchiliklari bilan xarakterlanadi. Xususan, о‘rganilgan harf aqli zaif 1 sinf о‘quvchisi uchun baribir qiyinchiliklar tug‘diraveradi. Bu uning fonematik idrokining rivojlanmaganligi, kо‘rish analizi va sintezining shakllanmaganligi bilan bog‘liq.

Aqli zaif bolalar uchun tovushlarni bо‘g‘in holiga keltirish juda murakkab masala bо‘lib hisoblanadi. Fonematik analiz vazifasi aqli zaif о‘quvchilar ongida katta qiyinchiliklar bilan shakllanadi, ular uchun bо‘g‘in haqidagi umumiylashgan tasavvur ham murakkab haisoblanadi.

Sо‘zlarni о‘qish jarayonida, idrok qilishning differensiyalashmaganligi oqibatida aqli zaif bolalar uchun sо‘zlardagi asosiy «hal qiluvchi» harflar yо‘q demak. Aqli zaif bolalarda tovush-bо‘g‘inni sintez qilish qobiliyati kо‘pincha past bо‘ladi, о‘qilgan sо‘zni tushunish va tanib qolish sekinlashadi.

Matn va gaplarni о‘qish bundan ham kо‘proq qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.

Aqli zaif bolalarda о‘qish jarayonida mazmunga tushunib yetish qanday rol о‘ynaydi, degan savol bо‘yicha turli fikrlar mavjud. Masalan, G.Y.Troshin, aqli zaif bolalarda normal bolalarga qaraganda sо‘zlarni tahminiy о‘qish kо‘proq kuzatiladi, deb e’tirof etadi. M.F.Gnezdilovning fikricha esa aqli zaif bolalarda о‘qish jarayonida tushinib yetish juda zaif namoyon bо‘ladi.

Ikkala muallif ham normadagiga nisbatan, о‘qish jarayonida yо‘l qо‘yiladigan xatolar kо‘pligini e’tirof etadilar.

1-2 sinf о‘quvchilarining aqli zaif о‘quvchilari orasida kо‘pchilik bolalar, о‘qish jarayonida takrorlanaveradigan xatolarga moyilligi kuzatiladi. R.I.Lalayeva, K.Averino-Jakke ma’lumotlariga kо‘ra, aqli zaif 1-sinf о‘quvchilarining 65-70% ida disleksiya aniqlanadi.

Aqli zaif о‘quvchilardagi disleksiya simptomatikasi о‘zining turli kо‘rinishlari bilan,о‘qishdagi xatolar turg‘unligi bilan xarakterlanadi. Bu bolalarda о‘qishdagi xatolarni quyidagi kо‘rinishlarda keltirish mumkin: 1)harflarni о‘zlashtirmaslik; 2)harflab о‘qish; 3)sо‘zning tovush va bо‘g‘in strukturasini buzish; 4)о‘qilganni tushunishdagi buzilishlar; 5)о‘qish jarayonidagi agramatizmlar (grammatik savodsizlik).

Aqli zaif bolalarda harflarni о‘zlashtira olmaslik turli darajada namoyon bо‘ladi: bir necha harflardan 20-25 harfgacha о‘zlashtira olmaslik aniqlanadi. Keyingi holatda faqatgina unli tovushlarni anglatuvchi (a,o,о‘) va chо‘ziq undoshlar (sh,s,x) о‘zlashtiriladi.

Ba’zi bir hollarda harflar umuman aytib berila olinmaydi, yana ba’zi birlarida esa boshqalari bilan almashtiriladi. Kо‘proq almashtiriladiganlari quyidagilar: d-l, x-k, j-z, g-t, g-x, j-sh, d-t, r-l.

Almashtirilib yuboriladigan g-k, j-z, d-t, r-l kabi tovushlarni fonetik jihatdan о‘xshash bо‘lganliklari bilan tushuntirish mumkin. G-t, t-g, k-l kabi almashtirishlarni esa grafik belgilariga kо‘ra о‘xshash bо‘lganliklari bilan tushuntirish mumkin. D-l, h-k larning almashtirilishi sabab bо‘lib, bir necha belgilarning о‘xshashligi hisoblanadi. D va L harflari nafaqat grafik jihatdan, balki, artikulyatsiyasiga kо‘ra ham о‘xshash tovushlardir. Grafik jihatdan о‘xshash bо‘lgan X va K tovushlari о‘zining ohangi va grafik artikulyatsiyasi bilan о‘xshashdir.

Yordamchi maktablarning 1-sinflarida о‘qishdagi buzilishlar bilan 51%, 2-sinfda esa 6,6% о‘quvchi aniqlanadi.

Harflar о‘qishning turli variantlari aniqlanadi. Ba’zi bir hollarda bolalar bо‘g‘inlab о‘qiy olmaydi va harflarni birma-bir aytadi. Bolalarning bir qismi harflab о‘qilgan matn va gaplarning mazmunini tushunib yetadi, boshqalarida esa harflab о‘qilganni tushunmaslik aniqlanadi.



I-sinf о‘quvchilari orasida о‘qishdagi buzilishlarga ega bо‘lgan о‘quvchilarning 49% ida harflab о‘qish kuzatiladi, 2-sinfda esa, fakt 26% bolalarda harflab о‘qish aniqlanadi. Shuningdek, xarakteriga kо‘ra turli bо‘lgan tovush-bо‘g‘in strukturasidagi kо‘plab buzilishlar aniqlanadi.

1-sinfda sо‘zlarni buzib о‘qish 38% о‘quvchida, 2-sinfda 10% о‘quvchida aniqlandi.

Yordamchi maktablarning quyi sinflarida matnlarni tez va ravon (sо‘zlarni butunligicha yoki bо‘g‘inlarga bо‘lib) о‘qiydigan о‘quvchilar bor, lekin ular о‘qilganni yaxshi tushunmaydilar, sо‘zlarni tо‘g‘ri о‘qigach, shunga taalluqli rasmlar bilan solishtira olmaydilar. Matnni о‘qigach esa berilgan savollarga javob berishda qiynaladilar.

Matndagi gaplarni, sо‘zlarni tushunishdagi qiyinchiliklar о‘qishdagi buzilishga ega bо‘lgan birinchi sinf bolalarining 17%ida aniqlanadi. Disleksiyasi bо‘lgan 2-sinfdagi 60% bolalar о‘qilganning mazmunini tushunishga qiynaladilar. 2-sinfda о‘qilayotgan matnni tushunishdagi buzilishlar miqdori keskin ortadi, chunki kо‘pchilik bolalar, о‘qishning 2-yilida matnni о‘qishga gо‘yo «texnik jihatdan» tayyorlangan bо‘ladi. Bolalar umumiy sonining ortishi bilan birga, о‘qilayotgan matnni tushunishdagi buzilishlar bilan qiynalayotgan bolalar soni ham ortadi.

О‘qishning sintetik usullari bosqichida, ayniqsa, yordamchi maktablarning 3-sinfidan boshlab, aqli zaif о‘quvchilarda agramatizmlar kuzatila boshlaydi. Ular sufkslar joyini almashtirishda, sо‘zlar morfologik strukturasining buzilishida, qо‘shimchalarda va shu qо‘shimchalarni о‘qish jarayonidagi tushunib yetishda namoyon bо‘ladi.

Aqli zaif о‘quvchilarda dskleksiyaning turli kо‘rinishlari – optik, fonematik, semantik, agramatik kо‘rinishlari kuzatiladi.

Aqli zaif о‘quvchilarda disleksiya asosan birinchi-ikkinchi sinflar bilan murakkab kо‘rinishlar namoyon bо‘ladiki, bular kо‘plab funksional sistemalarning global rivojlanmaganligi, idrok qilish faoliyatining rivojlanmaganligi bilan bog‘liq.




Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish