Asbob – uskunalar va materiallar–turli hil asbob uskunalar bilan ishlaydigan kattalar ishlarini kuzatish tashkil etiladi, (igna , to‘qish ignalari, qaychi , bolg‘a, bolta va boshqalar ).
O‘yin shaklida turli harakatlarga taqlid qilinadi–bolalar pol yuvishadi, o‘tin arralashadi, mix qoqishadi, va xakozo.Ular asbob uskunalar va materiallar nomini o‘rganishadi va eslab qolishadi.
Transport vositalari – (ekskursiya ,kinofilmlar va teleko‘rsatuvlar ko‘rish davomida) avtomashinalar ,tralleybuslar, avtobuslar , tramvaylar , poyezdlar, paraxodlarni kuzatish tashkil etiladi.Bolalar ular o‘rtasidagi farqni o‘rganishadi , ularni nomi bilan tanishtiriladi.
Inson haqida ma’lumot– bolalarga o‘zlari va ularning yaqin qarindoshlari haqida zarur ma’lumotlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |