Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

1.3.
 
Geografiya ta’limi metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi 
 
Geografiya o’qitish metodikasi qator tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hamda 
gumanitar fanlar bilan o’zaro bog’langan. Geografiya o’qitish metodikasini 
geografiya fani bilan bog’liqligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: 
-geografiya fani maktab geografiyasi mazmuni asosini tashkil qiladi va 
uning rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. Geografiya fanidagi yutuqlar va 
o’zgarishlar maktab geografiyasining mazmunida va tuzilishida aks etib boradi
- geografiya fanining mazmuni maktab geografiyasining tuzilishida aks 
etgan. Maktab geografiyasi ikki qismdan iborat: tabiiy va iqtisodiy geografiya. 
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’tiladigan «Amaliy geografiya» 
darsligida injinerlik geografiyasining mazmuni aks etgan; 
-o’quv vositalari va ular bilan ishlash usullari geografiya fanida 
qo’llaniladigan usullar bilan aniqlanadi. Masalan: geografiyada keng 
qo’llaniladigan kartografik usul, maktab geografiyasida ham keng qo’llaniladi 
(haritalar bilan ishlash), dalada olib boriladigan tadqiqot ishlari maktab 
geografiyasida o’tkaziladigan o’quv- sayohatlarda aks etgan; 
- geografiya ta’limining mazmuni va tuzulishi geografiya fanining 
rivojlanishi bilan muntazam takamillashib boradi. Hozirgi paytda maktab 
geografiyasida yangi-yangi tushunchalar paydo bo’lmoqda: ekologik- geografik 
sharoit; tizimli usul; geosiyosat : bashorat; baholash va h.k. 
Didaktika barcha o’quv predmetlarini metodikasini umumiy ilmiy asosini 
tashkil qiladi. Geografiya ta’limi metodikasi didaktika fani tomonidan asoslab 
berilgan qonunyatlar, qonunlar va qoidalar asosida rivojlanadi. Didaktika fani 
geografiya o’qitish jarayonini tarkibiy qismlari o’rtasidagi qonuniy bog’lanish va 
munosabatlarni oydinlashtiradi va shu asosida o’qitishni maqsadi, mazmuni, 
usullari hamda o’qitish jarayonini jihozlashga doir talablarni belgilab beradi. 
Geografiya o’qitish metodikasi fani didaktika faniga suyanibgina qolmasdan balki 
uning rivojlanishi uchun muhim ma’lumotlar beradi. Masalan, o’quvchilarning 
geografik bilmi, ko’nikma va malakalarni baholash, geografik tasavvur, tushuncha, 
g’oyalar tizimini shaklllantirish va boshqalar. 
Psixologiya fani o’quvchilardagi ruhiy faoliyatning umumiy qonunyatlarini 
o’rgansa, geografiya o’qitish metodikasi esa o’quvchilarning ruhiy faoliyatini, 
ularning geografik bilimlarni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan tomonlarni 
o’rganadi. Geografiya predmetini o’qitishda o’quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash 
qobiliyatini e’tiborga olmasdan turib, ularning o’quv faoliyatiga samarali ta’sir etib 
bo’lmaydi. Shu tufayli geografiya o’qitish metodikasi psixologiya fani bilan 
chambarchas bog’langan. 



Geografiya ta’limi metodikasi ekologiya fani bilan ham uzviy bog’langan. 
Maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlaridagi geografiya ta’limida atrof-
muhit muhofazasiga va tabiiy resruslardan oqilona foydalanish masalalariga katta 
e’tibor berilgan. Tabiiy geografiya boshlang’ich kursidan boshlab (5-sinf), umumiy 
o’rta ta’lim geografiya predmetlarida tabiiy resruslardan oqilona foydalanish, 
tabiat tarkiblarni xo’jalik faoliyati ta’sirida ifloslanishi, ularni oldini olish va atrof- 
muhit muhofazasi masalalari atroflicha ko’rib chiqilgan. 
Geografiya ta’limi metodikasi tarix, til va adabiyot va boshqa gumanitar 
fanlar bilan ham bog’langan. Maktab geografiyasida geografik bilimlarning 
rivojlanishini, har bir materik va o’lkalarni tabiatni va uni o’zlashtirilish tarixini 
o’rganish tarixiy manbalarinrini o’rganish bilan bog’liq. Geografik nomlarni to’g’ri 
yozilishi, ularni talqini, kelib chiqishi va mazmunini aniqlashda tilshunoslik 
qonunyatlari va qoidalari asosida olib boriladi. Maktab geografiyasida jahon, 
mamlakatlar va hududlarini o’rganishda, geografik qobiqni tarkibiy qismlari va 
undagi jarayonlarni o’quvchilarga tushuntirilishida badiiy adabiyotlardagi yorqin 
ifodalar, talqinlar va tavsiflardan foydalaniladi. 
Geografiya o’qitish metodikasi kimyo, geografiya va qishloq xo’jaligi 
fanlari bilan ham chambarchars bog’langan. Geografik qobiqning kimyoviy 
tarkibini, tabiatni kimyoviy modddalar bilan ifloslanishini va ularni oldini olish 
yo’llarini o’rganishda maktab geografiyasi kimyo fanining yutuqlariiga asoslanadi. 
Geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo’lgan tuproq, o’simlik qoplami, 
hayvonot dunyosini va turli xil ekinlarni yetishtirishni o’ziga xos xususiyatlarini 
o’rganishda maktab geografiyasi geografiya va qishloq xo’jaligi fanlari tizimi 
yutuqlariga asoslanadi. 
Geografiya ta’limida ma’lumotlarni umumlashtirish va tashkil qilishda
zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda maktab geografiyasi matematika, 
statistika va axborot texnologiyalari fanlari yutuqlariga asoslanadi. 
Hozirgi davrda geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar 
qo’llanilmoqda va ulardan foydalanishning ilmiy –metodologik asoslari ishlab 
chiqilmoqda. Mazkur sohada geografiya ta’limi yangi pedagogik texnalogiyalar 
fani yutuqlariga tayanadi. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish