O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
Ta’lim yo’nalishi: Matematika va informatika
Guruh:M1 101-guruh (5 yillik sirtqi)
Fan nomi : Informatika va raqamli texnalogiyalar
Bajardi: Turayeva Gulsevar
Tekshirdi : Ashurov. M.
Mavzu : Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari.
Reja :
Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uning ahamiyati.
Raqamli iqtisodiyotning ijobiy va salbiy tomonlari.
Raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo’nalishlari.
Raqamli iqtisod - xo’jalik yuritishning yangi zamonaviy shakli bo’lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko’r inishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni hizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho’jalik yuritish shakllriga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildag i avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli
texnologiyalarni, masofaviy meditsina xizmatlari ko’rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida maxsulot yetishtirishni va uni yetkasib berishni, turli xildagi tovarlarni aqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin.
Raqamli iqtisodiyotga o’tish nimani anglatadi? - degan savolga quyidagicha
qilib javob berish mumkin:
Raqamli iqtisodiyotga o’tish deganda komp’uyterlar va bilimlarga asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyotning yangi turini barpo etishni tushunamiz;
Raqamli iqtisodiyotga o’tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari sifatida ma’lumotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy tarmoqlar, bulutli texnologiyalar, sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda sun’iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko’rsatish mumkin.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan texnologiyalar birgalikda “aqlli” ob’ekt va jarayonlarni (aqlli davlat, aqlli uy, aqlli shahar, sog’liqni saqlash, transport ba tadbirkorlik) yaratishga imkon beradi.
Raqamli iqtisodiyot quyidagilarda namoyon bo’ladi:
Bu yangi kadrlar va yangi ish joylari hosil bo’lishida
Bu yangi korporativ madaniyat barpo bo’lishida
Bu yangi boshqaruv va nazorat usullarining yuzaga kelishida
Bu katta ma’lumotlar bazalari (big data) va aniqlikka erishishda
Bu sun’iy intellekt va intellektual boshqaruv tizimlarining hosil
bo’lishida
Bu ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlari amalga oshishida
Bu buyumlar interneti va masofaviy ta’lim (MOOC) ning keng
miqyosda qo’llanilishida
Bu blokcheyn va u orqali yurutiladigan turli-tuman jarayonlarning
hayotga tadbiq qilinishida
Bu mayning jarayoni hamda mustaqil biznez yuritish imkoniyatining yuzaga chiqishida
Bu yangi pul-kredit tizimi va banklar faoliyatining kengayishida
Bu katta investitsyalar jalb qilish imkonini beradigan ICO (Initial Coin Offering) jarayoning amalga oshirilishida
Bu mustaqil pul birligi va kriptovalyutalarning amaliyotga kirib
kelishida
Bu elektron tijorat va elektron biznesning rivojlanishida
Va boshqa juda katta imkoniyatlar yuzaga kelishidadir.
Raqamli texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari sifatida esa quyidagilarni
ko’rsatishimiz mumkin:
1-Bosqich:
Jarayonlarni komp’yuterlashtirish va avtomatlashtirish (shu jumladan, ARM,
ERP, EDI, SRM, SAPR, ASU, ASUTP va boshqalar)
Telekommunikatsiya – simli va simsiz, optik
2-Bosqich:
On-line platformalar (qidiruv tizimlari, elektron savdo maydonlari, masofaviy ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar)
Bulutli va virtual texnologiyalar
3-Bosqich:
Katta ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, narsalar interneti, robototexnika,
additiv texnologiyalar (shu jumladan, 3D-printerlar), sun’iy intellekt (shu jumladan, mashina yordamidagi ta’lim jarayoni)
To‘g‘ri, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot tufayli qanday keskin o‘zgarishlar ro‘y berishi hozircha hech kimga ma’lum emas. Hozirgi texnik qoloqlik sharoitlarida sanoatning raqamli o‘zgarishi tez ro‘y berishiga bir qancha shubhagumonlar uyg‘otadi. Raqamli platformalarning rivojlanish sohasidagi yorqin misollardan biri sifatida Alibaba electron savdo tizimiga ega bo‘lgan Xitoy kompaniyasini keltirib o‘tish mumkin. Undan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ma’lumotlar to‘plash jarayoni iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun o‘ta raqobatli ustunliklar yaratadi. Alibaba bu –oddiygina raqamli platforma emas, balki platformalar ekotizimidir. Tushunarliki, bunday ekotizim qudrati alohida platformalar kuchidan katta bo‘ladi. Xatto AQSH ham hozirgi kunda bu poygada yutqazmoqda, chunki u yerda turli platformalarni integratsiya qilishga to‘g‘ri keladi, Xitoyda esa bu sohada rivojlanish samaradorlikni oshirish hisobiga – bir platformadan boshqa platformaga qarab o’tish asta-sekinlik bilan ro‘y berdi. Raqamli iqtisodiyotga o‘tish kabi global bir
ishda ko‘p narsa davlatning tutgan pozitsiyasiga ham bog‘liq, albatta. Barchasi hamma narsani birlashtiradigan va «raqam»ga o‘tkazadigan yagona davlat platformasiga borib taqalmasligi muhim,ya’ni, «Davlatning vazifasi, biznesning o‘riga biron bir narsa qilish emas, balki oddiygina - biznesga halal bermaslikdir».
Xitoyda ham Alibaba tizimi davlat uning uchun qandaydir platforma yaratgani tufayli paydo bo‘lmagan. U bunday platforma paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratd i, xolos. Garchi davlat Alibabaga yordam beragan bo‘lsada, buni davlat sifatida korporatsiyasi emas, balki tijorat korxonasi sifatida yordam berdi va uning hizmatlaridan u raqobatbardosh ekanligi uchungina foydalaniladi.Davlatning vazifasi–umumiy qoidalar yaratish, biznes esa shu umumiy qoidalar asosida o‘zgara va rivojlana boshlaydi, chunki qonunlar ta’sirida ishbilarmonlik muhiti o‘zgaradi va raqobat o‘sadi. Jiddiy kumulyativ samarayangi umumiy platforma yaratish tufayli emas, balki har biri o‘z ishi bilan shug‘ullanadigan ko‘plab mustaqil tashkilotlar va mahsulotlar yig‘indisi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan infratuzilma paydo bo‘lishi tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Lekin bunda kerakli standartlar va protokollarni eng yuqori sifat darajasida ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning fikrimizcha ushbu holat – davlatni uning maqsadlari
bilan do‘stlashtirib qo‘yadigan qadam, o‘z natijalaridan iqtisodiyot ehtiyojlarini belgilab berishi mumkin bo‘lgan fandan manfaatdor bo‘lgan biznes. Boshqacha qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot davlat, biznes va fanni birlashtirishi mumkin.
Agarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi shartli ravishda 1990 yildan boshlangan deb qabul qilsak, u holda uning quyidagi bosqichlari borligini qayd qilishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |