Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi



Download 2,01 Mb.
bet3/10
Sana28.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#712891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5224409583337873232

Kurs ishining maqsadi: Chizmachilik darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilarni badiiy-pedagogik tayyorlashda o‘quv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirilishi asosiy maqsad hisoblanadi.
Kurs ishining vazifasi:
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadi:
- Chizmachilik fanida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslarini uning muammolarini o‘rganish.
- Tasviriy san’at darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning asoslarini o‘rganish.
- Chizmachilik darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib chizmachilik ta’lim dasturi asosida darslarning ishlash metodikasini o‘rganish.
Chizmachilik darslarida noan’anaviy usullardan foydalanish asosida o’quvchilarni tayyorlashining asosiy qismi bo‘lib zaruriy bilim, ko‘nikma va mahoratlar badiiy-amaliy tayyorgarligi sifatida hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining ahamiyati: shundan iboratki, chizmachilik darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish uchun ko‘rsatilgan turli uslublarni qo‘llash yo‘llari, uning mazmunidan o‘quv jarayonida foydalanish mumkinligi ko‘rildi.
Ish ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat

I.BOB. CHIZMACHILIK DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI.
1.1. Pedagogik texnologiya tushunchasi va ta’rifi haqida
Pedagogik texnologiya tushunchasi keng ko‘lamli, serqirra tushuncha bo‘lib, u ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o‘z o‘rniga ega.
Ta’lim-tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyatdan kuzda tutilgan maqsadlarni to‘la amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyaga aylanib bormoqda. SHu asosda ta’lim-tarbiya sohasida so‘nggi davrda pedagogik texnologiya amal qila boshladi.
Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyada esa ishlov beriladigan material o‘quvchi (ta’lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo‘lib, ularga o‘qituvchi, tarbiyachi tomonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo‘lida har turli ta’sirlar o‘tkaziladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo‘lib, quyidagi rivojlanish bosqichlaridan o‘tib kelmoqda.
Dastlab bu tushuncha 1940 yillardan 50-yillar o‘rtasigacha «ta’limda texnologiya» deb qo‘llanilib, o‘quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan.
Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o‘rtalarida AQSHda qo‘llana boshlagan. Bunda «pedagogik texnologiya» va «ta’lim texnologiyasi» ifodalari faqat texnika vositalari yordamida o‘qitishga nisbatan qo‘llangan edi.
Oradan vaqt o‘tishi davomida shu ifodalarni qo‘llash darajasi kengayib borishi natijasida ularning ma’nolari ham tegishlicha o‘zgarib bordi. Hozirga kelib esa pedagogik texnologiya tushunchasining zamonaviy ilmiy asoslangan yagona ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikrlar va xulosalar asoslab berildi.
50-yillar o‘rtasidan 60-yillargacha «ta’lim texnologiyasi» ifodasi qo‘llanilib, bunda programmalashtirilgan ta’limni nazarda tutilgan.
70-yillarda «pedagogik texnologiya» ifodasi qo‘llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o‘quv jarayonini bildirgan.
1979 yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnolo­giyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: «Pedagogik texno­logiya bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, ta’minlash, muammoning echimini baholash va boshqarish uchun odamlar, g‘oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o‘z tarkibiga oladigan kompleks, integrativ jarayondan iborat..».
80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
SHu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya bir jihatdan o‘quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalab, uni ta’limdagi, o‘qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bo‘lsa, ikkinchidan, ta’lim texnologiyasi yoki pedagogik texnologiya degan nom o‘quv jarayonining o‘zini qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin.
Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bulib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharhlarini kurib chiqamiz:
Texnologiya - biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi (Izohli lug‘at).
Ta’lim-tarbiya jarayoniga texnologik yondoshish, ya’ni o‘quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchan tavsifga ega bo‘lishini ta’minlashga oid dastlabki izlanishlar o‘tgan asrning 50-yillarida amerikalik pedagog olimlar tomonidan olib borilgan. Xususan, «o‘qitish texnologiyasi» iborasi ham, birinchi marta amerikalik olim Skinner tomonidan ishlatilgan. U «o‘qitish texnologiyasi – psixologiya fani yutuqlarini pedagogik amaliyotda qo‘llashdan iborat» - deb ta’riflagan (Skinner).
Psixolog - olima N.F.Talizina ta’kidlaganidek, «ta’lim tizimida pedagogik texnologiya iborasining paydo bo‘lishiga quyidagilar sabab bo‘lgan:
1) didaktika qoidalarining barcha mamlakatlarda (xususan aqshda) keng tarzda ommalashmaganligi;
2) uning qoidalari o‘ta konstruktiv tusda bo‘lmay zamon talabidan orqada qolganligi;
3) o‘tgan asrning 60 - yillarida ta’lim jarayoniga texnikaning – dasturlashtirilgan ta’lim mashinalarining kirib kelganligi.
Akademik V.P.Bespalko fikricha, - “Pedagogik texnologiya – o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir” (V.P.Bespalko).
Professor U.N.Nishonaliev esa, - “Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o‘zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo‘lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo‘ladi”, - deb ta’rif beradi (U.N.Nishonaliev).
Professor N.Sayidaxmedov pedagogik texnologiya haqida shunday deb yozadi: “Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi(tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir” (N.Sayidaxmedov).
“Pedagogik texnologiya, – deb yozadi B.Ziyomuhamedov, - bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya’ni o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir” (B.Ziyomuhamedov).
B.L.Farberman: - “Pedagogik texnologiya – bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha (innovatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy – muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi”- deb ta’rif beradi (B.L.Farberman).
O‘.Q.Tolipov va M.Usmonboevalar «Pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir» deb tushuncha beradi (O‘.Q.Tolipov va M.Usmonboeva).
Q.T.Olimov esa ta’lim texnologiyasiga «… butun o‘qitish va o‘rgatish jarayonini yaratish, amalga oshirish va baholashning tizimli usuli bo‘lib, u o‘quv maqsadiga erishishga yo‘naltirilgan holda insonlarning o‘rganish qobiliyati va ular o‘rtasida muloqat o‘tkazish, tadqiqotlar natijasiga, hamda ta’lim jarayonini yanada samarali tashkillashtirishning jonli, jonsiz vositalari bilan shug‘ullanishga asoslanadi» - deb ta’rif beradi (Q.T.Olimov).
Pedagog - olima Q.M.Abdullaeva ta’kidlaganidek, bugungi kunda ta’lim jarayoniga “yangi pedagogik texnologiya” nomi bilan kirib kelayotgan metodlar o‘qituvchidan hamda talabadan ortiqcha aqliy va jismoniy kuch saflamay, qisqa vaqt mobaynida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Talaba ta’lim jarayonining o‘qitilishi kerak bo‘lgan ob’ektivlikdan o‘zining tarbiyalanishida bevosita ishtirok etadigan sub’ekti darajasiga ko‘tarilmoqda. Ta’lim oluvchi xuddio‘qituvchi singari dars jarayonining egasiga aylanmoqda. Yangi pedagogik texnologiyali darslarda o‘qituvchi hokim emas, talabaning katta yoshli hamkori, uning fikrlari, qarashlari bilan hisoblashadigan, dars jarayonida munozaralarda birgalikda aktiv qatnashadigan hamkori hisoblanadi. (Q.M.Abdullaeva).
Pedagogik texnologiyaning shunday turli-tuman ta’riflari mavjudligi mazkur tushunchaning ko‘p qirraliligidan dalolat beradi. Shu sabab unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazarlardan yondoshish mumkin. Demak, pedagogik texnologiya jarayonida o‘qituvchi o‘zining bor mahorati va bilimini namoyon qilib, darsning hamma bosqichlarida o‘zi ham talaba ham faol ishtirok etadi hamda qisqa vaqt ichida ko‘zlangan maqsadga erishadi.
Ta’lim muassalaridagi o‘quv jarayonini davlat ta’lim standartlariga mos ravishda ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish, oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilaridan ham yuqori malakani talab qiladi.
Hozirgi vaqtda oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy tayyorgarligi sifat va samaradorligini oshirishda quyidagi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir:
1. Talaba faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiya – muammoli ta’lim, turli xil o‘yinlar.
2. O‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlashga asoslangan pedagogik texnologiya.
3. O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilishga asoslangan pedagogik texnologiya – tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari, ta’limning jamoa usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari.
4. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari – talaba shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim sohadagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.

  • Ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash, loyihalangan pedagogik texnologiyani pedagogik jarayonga tatbiq etish o‘qituvchidan texnologik loyihalash qobiliyatini talab etadi. Bu borada quyidagi pedagogik talablarni ajratib ko‘rsatish mumkin pedagogikaning umumiy qonun-qoidalarini bilish;

- ta’limga texnologik yondoshuvga oid dastlabki manbalarni hamda loyihalash, individuallashtirish, texnologiyalashtirish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqliklari haqida tushunchaga ega bo‘lish;

  • ta’limni taraqqiy ettirishda texnologiyalarning o‘rnini tushunish;

  • o‘qitishni shaxsga yo‘naltirishning asosiy maqsad, tur shakli va darajalari haqidagi tasavvurga ega bo‘lish;

  • «individual yondoshuv», «o‘qitishni tabaqalashtirish», «individual o‘qitish» tushunchalari o‘rtasidagi bog‘lanish va farqlanishlarni bilish;

  • o‘quv jarayonini tashkil qilish vositalari orqali o‘quvchining individual xususiyatlarini rivojlantirish yo‘llarini bilish;

  • ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirishda individual rivojlantiruvchi texnologiyalar imkoniyatlarini bilish;

  • ta’lim-tarbiyani loyihalashga oid yondoshuvlar hamda loyihalashda asosiy bosqichlarni ajrata olish;

  • texnologiyalashtirishning umumiy mezonlarini bilish;

  • loyihalashga oid asosiy pedagogik ob’ektlarni bilish;

  • mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda tashxislanadigan maqsad qo‘ya bilish;

  • o‘quv materialini o‘lchanadigan, kuzatiladigan darajada qismlarga ajratish;

  • o‘quv jarayonining mantiqiy tuzilishini qulaylashtirish.

Texnologiya - ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi (V.M. Shepel).
Pedagogik texnologiya - o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovki)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T. Lixachev).
Pedagogik texnologiya - o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.P. Bespalko).


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish