Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi



Download 2,01 Mb.
bet6/10
Sana28.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#712891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5224409583337873232

Adaptiv — (moslashtirish) axborotlarii o‘rganish va ulardan foydalanish jarayonini o‘rganish hamda o‘rgatish uchun qulaylashtirish, moslashtirish asosida kutilgan natijaga erishish.
Inklyuziv — (tenglik) o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabatlarida tenglik asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish. SHu bilan birga, imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni sog‘lom o‘quvchilar bilan birgalikda o‘qishini tashkil qilish pedagogik texnologiyasi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy yo‘nalishlari hozirgi an’anaviy ta’limni turli yo‘nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda rivojlanib bormoqda. Turli fan o‘qituvchilari tomonidan har bir o‘quv fanining asosiy xususiyati, mazmunining tarkibi, amaliy, nazariy qismlarining nisbatiga muvofiq ravishda eng qulay pedagogik texnologiyalarning empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, adaptiv, inklyuziv va boshqa yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlash jiddiy ahamiyatga ega.




II BOB. CHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH
2.1. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion tex­nologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi.
Shuning uchun oliy o‘quv yurtlari fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari - interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texno­logiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interfaol metodlar o‘quvchi-talabalarni bilimli, etuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
INNOVATSIYA (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to‘liq foydalaniladi. Interfaol metodlar - bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
- o‘quvchi-talabaning dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
- o‘quvchi-talabalarni o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo‘lishini ta’minlashi;
- o‘quvchi-talabaning bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;
- pedagog va o‘quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.
Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammodarini o‘rganayotgan o‘qituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnolo­giya - bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan kompyuter, masofali o‘qish, yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - bu o‘qituvchi va o‘quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog‘liq deb hisoblaymiz, ya’ni o‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida o‘quvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, gypyh esa ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu, o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, u o‘quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Ushbu fikrimizni jadval holatida quyidagicha ifodalash mumkin:
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, maqsadni amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o‘qituvchi, ham o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo‘ygan maqsad, tanlagan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog‘liq.

O‘qituvchi va o‘quvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o‘quvchi-talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyu­ter bilan ishlash lozimdir, balkim o‘quvfilm, tarqatma material, rasm va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot tsxnologiyasi kerakdir, bular o‘qituvchi va o‘quvchi-talabaga bog‘liq.
Shu bilan bir qatorda o‘qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni, videoproektorni, eng asosiysi, o‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o‘quvchi-talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
O‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o‘qituvchiga u tomonidan bo‘lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchi-talabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.



Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o‘qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalardan habardor bo‘lishi, shuningdek, juda ko‘p metodlar, usullarni bilishi kerak bo‘ladi. Har bir darsni rang-barang, qiziqarli bo‘lishi avvaldan puxta o‘ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq.
Darsning texnologik kartasini qay ko‘rinishda yoki shaklda tuzish, bu o‘qituvchining tajribasi, qo‘ygan maqsadi va ixtiyoriga bog‘liq. Texnologik karta qanday tuzilgan bo‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo‘lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to‘liq o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak. Texnologik kartani tuzilishi o‘qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan halos etadi, chunki bunday kartada dars jarayonining barcha qirralari o‘z aksini topadi.
Biz quyida o‘qitish jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan ba’zi bir treninglar (texnologiyalar)ga tavsifnoma berib, ba’zilarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida metodik tavsiyanoma berib o‘tamiz:
«TARMOQLAR» metodi - o‘quvchi-talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatishga qaratilgan.
«3x4» metodi - o‘quvchi-talabalarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g‘oyalarni bera olishi, ta’lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olishi, ta’rif bera olishiga qaratilgan.
«BLITS-UYIN» metodi - harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmeti asosida ko‘p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan.
«INTERVYU» texnikasi - o‘quvchi-talaba savol berish, eshita olish, to‘g‘ri javob berish, savolni to‘g‘ri tuzishni o‘rgatishga qaratilgan.
«IERARXIYA» texnikasi - oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o‘tish usullarini qo‘llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatishga qaratilgan.
«BUMERANG» texnikasi - o‘quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o‘quvchi-talabalarni baholay olishga qaratilgan.
«TALABA» treningi - o‘quvchi-talabalar bilan individual holda ishlash o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi to‘siqni yo‘q qilish, hamkorlikda ishlash yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan.
«O‘QITUVCHI SHAXSI» treningi - o‘qituvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi «O‘qituvchi shaxsiga quyiladigan talablar» mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan.
«MULOQOT» texnikasi - o‘qituvchilarni auditoriya diqqatini o‘ziga jalb etish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga, uni tashkil etishni o‘rgatishga qaratilgan.
«BOSHQARUV» texnikasi - o‘qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari hamda o‘quvchi-talabalarni ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o‘rgatishga qaratilgan.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish