Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi



Download 2,01 Mb.
bet8/10
Sana28.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#712891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5224409583337873232

2.3. «Bumerang» texnologiyasi
Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi yoki o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli ballni to‘plashiga imkoniyat beradi.
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- muomalalik;
- xushfe’llik;
- ko‘nikuvchanlik;
- o‘zgalar fikriga xurmat;
- faollik;
- rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
- ishga ijodiy yondashish;
- o‘z faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish;
- o‘zini holis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar - bu savollar muomala, so‘zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar - bu savollar oldindan «ha» yoki «yo‘q» tipidagi to‘g‘ri, ochiq javoblarni berishni ko‘zda tutadi.
Ko‘ndalang so‘roq - bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo‘lib, bu o‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imko- niyatdir.
Ko‘ndalang so‘roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan qog‘ozlarda ko‘rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka holda mustaqil ravishda belgilab, so‘ngra o‘z fikrini boshqalarga o‘tkaza olish yoki o‘z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo‘la olishga yordam beradi.
O‘tkazilish texnologiyasi.
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
1- bosqich
- Trener ushbu trening bir necha bosqichda o‘tkazilishi haqida o‘quvchi-talabalarga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalinishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi;
- trener hamma tinglovchilarga alohida alohida tarqatma mate­rial beradi va tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab o‘rganishlarini so‘raydi;
- trener tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi, ya’ni tarqatma materialda berilgan 13 ta harakatni ketma-ketligini to‘g‘ri belgilash kerakligi, belgini esa qog‘ozdagi alohida ajratilgan bo‘limga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi;
- quyilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi.
2 - bosqich
- trener birinchi berilgan vazifani har bir tinglovchi tomonidan yakka tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yor­dam beradi, yoki qaytadan tushuntiradi;
- har bir tinglovchi tarqatma materialdagi «YAKKA BAHO» bo‘limiga shu erda berilgan harakatlardan o‘zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi, ya’ni berilgan 13 harakatdan, uning fikricha qaysi biri birinchi bo‘lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo‘lishini va hokazo. Bu vazifani bajarish uchun trener tinglovchilarga 10 daqiqa vaqt beradi.
3 - bosqich
- trener tinglovchilardan 3 kishidan iborat kichik guruhlap tashkil etishlarini so‘raydi. 3 kishilik guruhlar tinglovchilarning xohishlariga qarab yoki raqamlar bo‘yicha tashkil etilishi mumkin;
- kichik guruhlardagi tinglovchilarning har biri o‘z qog‘ozidagi yakka baho bo‘limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar, keyin 3 kishida uch xil bo‘lgan ketma-ketlikni birgalashib, bir-birlari bilan tortishib, baxslashib, bir-birlariga ta’sir o‘tkazib, o‘z fikrlariga ishontirib kelishgan holda bir muqimga kelib ularga tarqatilgan qog‘ozdagi «guruh bahosi» bo‘limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar.
- trener kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik guruhlar va har bir tinglovchi faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
4 - bosqich
- Barcha kichik guruhlar o‘z ishlarini tugatgach, trener harakatlar ketma-ketligi bo‘yicha to‘g‘ri javobni beradi, ya’ni tinglovchi­lardan ularga tarqatilgan qog‘oyalardan «to‘g‘ri javob» bo‘limini topishni va unga trener tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so‘raydi.
5 - bosqich
- Trener «to‘g‘ri javob» bo‘limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo‘limida berilgan raqamlarni (yoki aksincha), ya’ni kattadan-kichikni ayirgan holda «yakka xato» bo‘limiga chiqqan farkni yozishni so‘raydi. «yakka baho» bo‘limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo‘shib chiqib umumiysini hisoblashlari kerakligini uqtiradi.
6 - boskich
- Xuddi shu tartibda «to‘g‘ri javob» va «guruh bahosi» o‘rtasidagi farq kattadan-kichikni ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni «guruh xatosi» bo‘limiga yozilib, yuqoridan pastga qarab qo‘shiladi va umumiy son keltirib chiqariladi.
7 - boskich
- Trener yakka va guruh xatolariniig umumiy soni bo‘yicha tushuncha beradi, ularni alohida-alohida sharhlab beradi.
«yakka xato» bo‘limidagi umumiy sonlarning sharhi:
Agar yakka xatolar soni 30 gacha bo‘lsa, bunday tinglovchilarda tashkilotchilik, konstruktivlik qobiliyati etarli, ular mustaqil raviщda har bir ishni tashkil eta oladilar, turli sharoitlardagi harakatlar vaqtida mantiqan ularning ketma-ketligini tashkil eta oladilar.
Agar yakka xatolar soni 30 dan 40 gacha bo‘lsa, bunday tinglovchilarda tashkilotchilik qobiliyati etarli emas, biron bir ishni yoki faoliyatni tashkil etishlarida kiynaladilar yoki pala-partishlikka yo‘l qo‘yadilar. SHuning uchun ular alohida kurslarda o‘qishlari yoki mantiqan fikrlashga o‘rganishlari kerak bo‘ladi.
Agar xatolar soni 40 dan yuqori bo‘lsa, bunday tinglovchilarda tashkilotchilik, mantiqiy fikrlash qobiliyati etarli emas, ular o‘z ustilarida ishlashlari kerak bo‘ladi yoki maxsus treninglar, kurslarda o‘qishlariga to‘g‘ri keladi.
«Guruh xatosi» bo‘limidagi umumiy sonlarning sharhi:
Agar xatolar soni 30 gacha bo‘lsa, bu guruhlardagi tinglovchilar bir-birlarini tushunishga harakat qilganlar, bir-birlarini ishontira olganlar va natijada bir xil natijaga erishganlar. Demak, guruhda samimiy munosabat o‘rnatilgan, fikrlar bir joydan chiqqan.
Agar guruhning xatolar soni 30 dan 40 gacha bo‘lsa, bu guruhda tinglovchilarning bir muqimga kelishlari qiyin bo‘lgan, tortishuvlar yuzaki yoki ishonarsiz bo‘lgan yoki gypyh a’zolari bir-birlarini tushunishga sust holda intilganlar, yoki vazifaga beparvoroq bo‘lganlar, yoki bir-birlarini xafa qilib qo‘yishdan cho‘chiganlar, yoki guruhning barcha a’zolari yuzaki holda kelishgan-u, aslida esa har kim o‘z fikrida qolgan bo‘lishi mumkin. Samimiy munosabat bu guruhda o‘z aksini topmagan.
Agar guruh xatosining soni 40 dan ortiq bo‘lsa, bu gypyh a’zo­lari umuman bir-birlari bilan kelisha olmaganlar, o‘zaro ishontirish bo‘lmagan. Har kim o‘z fikrida qolgan. Samimiy munosabat o‘rnatilmagan.
IZOX: Bajarilgan vazifani baholashning yana bir turi, quyidagicha: tinglovchilarning javoblari trener tomonidan berilgan «to‘g‘ri javob» ning yarmidan ko‘piga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, demak, «qoniqarli», 75% to‘g‘ri kelgan bo‘lsa «yaxshi», 100% to‘g‘ri kelgan bo‘lsa «a’lo» deb belgilash mumkin.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish