Tadqiqot ikki bosqichda amalga oshirildi:
Birinchi bosqich: (2020 yil)—tadqiqot muammosi bo‘yicha tegishli adabiyotlar, maxsus maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ilg‘or ish tajribalari o‘rganildi. Natijada tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ilmiy farazi va metodlari aniqlandi hamda dastlabki materiallar to‘plandi.
Ikkinchi bosqich: (2020-2021 yil) —tadqiqot nazariy asosi, mazmuni aniqlandi va ishning eksperimental asoslarini tasdiqlovchi tajribalar metodikasi tayyorlandi, o‘tkazildi, olingan natijalar tahlil qilinib, rinolalik bolalar nutqining fonetik- fonematik tomonini rivojlantirishda interfaol o‘yinlardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.
Tadqiqotning yangiligini quyidagidar belgilaydi: rinolaliyali bolalar nutqini fonetik-fonematik tomonini, rivojlantiruvchi , takomillashiruvchi nutqni faollashtirishning ayniqsa ilk bosqichlarida turli xil artikulyatsion motorika, fonematik idrok, fonematik idrok, tovushlar talaffuzini rivojlantirish, nutqiy va nonutqiy tovushlarni farqlashga, berilgan tovushni so‘z o‘rnidan topishga, nutqning ohangi ritmi, bo‘yoqdorligini ajratishga o‘rgatadigan interfaol o‘yinlar va ijodiy mustaqillikni rivojlantiruvchi topshiriqlar tashkil etadi
Malakaviy bitiruv ishi kirish, 3ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |