Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta


Rinolalik bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 162,6 Kb.
bet12/27
Sana01.01.2022
Hajmi162,6 Kb.
#300365
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
321Бакалавр БМИ Мухлиса

Rinolalik bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari

Rinolaliyada nutq kechikib rivojlanadi, ya’ni birinchi suzlar ikki yoshda va undan keyin paydo bo‘ladi. Nutq o‘ziga xos sifatli xususiyatlarga ega bo‘ladi. Impressiv nutq nisbatan normal rivojlanadi, ekspressiv nutqda ahamiyatli uzgarishlar bo‘ladi. birinchi navbatda bemorlar Nutqini kam tushunarliligini ta’kidlash zarur. Og‘iz bo‘shlig‘ida tilning nuqsonli xolati natijasida undosh tovushlar til uchi xolatini uzgarishi va yuz muskullarining ortikcha faollashuvi xisobiga hosil bo‘ladi. Til uchi xolatini bu kabi uzgarishlari nisbatan doimiy bo‘lib, ma’lum bir tovushlarning artikulyatsiyasi bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bemorlar uchun ba’zi undosh tovushlarning talaffuzi katta kiyinchilik tugdiradi, ya’ni l,t,d,ch,sh,j,r tovushlari uchun yuqori tishlar va alveollar oldida zaruriy tusik yarata olmaydilar, s,z tovushlarining talaffuzi uchun pastki tishlar oldida tusikni hosil kilmaydilar va og‘izdan nafas chiqara bilmaydilar, shuning uchun rinolaliklarda sirgaluvchi va shovkinli undosh tovushlar talaffuzi o‘ziga xos jaranglashga ega bo‘ladi. k,g tovushlari umuman yuk bo‘ladi, yoki xarakterli portlash ular urnini bosadi. Unli tovushlar tilning orqaga tortilishi va havoni burundan chikishi bilan talaffuz kilinadi va sustlashgan lab artikulyatsiyasi bilan xarakterlanadi. Shu tarzda unli va undosh tovushlar kuchli burun ottenkasi bilan shakllanadi. Ularning artikulyatsiyasi axamiyatli darajada uzgargan bo‘ladi va tovushlar o‘zaro aniq differensiyalashmagan bo‘ladi. Rinolalik Nutqining tinglovchi uchun umumiy xarakteristikasi - burun ottenkasi xirillagan tovushlardir. Bunda jarangsiz tovushlar x tovushiga yaqin holda, jarangli k,g frikativ tarzda, ulardan lab va lab-tishlilari matn tovushiga yaqin, oldingi lab tovushlari n tovushiga uxshatilib, jaranglashi modifikatsiya kilingan bo‘ladi. Ba’zida rinolaliyalar Nutqidagi artikulemalar normaga juda yaqin bo‘ladi, lekin shunga karamay ularning talaffuzi eshituvchi tomonidan nuqsonli deb idrok kilinadi, chunki Nutqiy nafas olish buzilgan bo‘ladi, artikulyatsiya va tovush effektiga ta’sir kiluvchi yuz muskullarining ortikcha kuchlanishi paydo bo‘ladi.

Rinolaliyada tovushlar talaffuzi yalpi (total) buzilgan bo‘ladi. Bemorlarda nuqson mavjudligini mustakil anglash odatda bulmaydi yoki tankidiylik kuzi bilan karash pasaygan bo‘ladi. Nutqining magnit yozuvlarini eshitib chikish bemorlarni jiddiy logopedik mashgulotlarga stimullashtiradi.

Rinolaliyada nutq faoliyati strukturasida fonetiko-fonematik tuzum nuqsoni buzilishning asosiy, yetakchi zvenosi bo‘lib xisoblanadi. Nutqni fonetik jihatdan jixozlashni buzilishi birlamchi xisoblanib, u nutqning leksik-gramatik tuzumining shakllanishiga birmuncha ta’sir qiladi, lekin chuqur sifat uzgarishlari odatda rinolaliyaning boshqa nutq buzilishlari bilan birga kelishida kuzatiladi.

Rinolaliyada nutqning to‘liq bulmaganligi bemorning barcha psixik funksiyalarini shakllanishiga va birinchi navbatda shaxsning kamol topishiga ta’sir qiladi. Kommunikatsiya vositasi sifatida nutqning buzilishi bemorlarning kollektivdagi xolatini kiyinlashtiradi. Kupincha kollektiv bilan ularni mulokoti bir tomonlama bo‘ladi, aloqa natijasi esa bemorlarga katta zarba beradi. Bolalarda uyalish, ta’sirlanuvchanlik, odamlarga aralashmaslik rivojlanadi.

Nutq nuqsonini bartaraf etish bo‘yicha maqsadga karatilgan ish xarakterning ijobiy sifatlarini karor topishiga imkoniyat yaratadi, oliy ruhiy funksiyalarni rivojlanishini stimullashtiradi. Adabiyotlarda keltirilgan katamistik ma’lumotlar va kuzatishlarning kursatishicha, rinolalik bolalarni kupchilik qismi nuqsonni yuqori darajada kompensatsiya qilish va funksiyalarni reabilitatsiya qilishga kodir bo‘ladilar.

Xulosa kilib, shuni aytish kerakki, tug‘ma yorigliklar bola organizmining shakllanishi va ruhiy jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir qiladi va bu ta’sir salbiy xarakterda bo‘ladi. Bemorlar nuqsonni (bartaraf) kompensatsiya qilishning o‘ziga xos yo‘llarini izlaydilar, natijada artikulyatsion apparat muskullarining noto‘g‘ri o‘zaro bog‘liqligi shakllanadi. Bu narsa birlamchi nuqson nutqni fonetik tomondan jixozlanishini buzilishi sababi xisoblanib, nuqson strukturasida yetakchi buzilish sifatida joy egallaydi. Bu buzilish uzining ketidan nutqda va bemorning ruhiy statusida kator ikkilamchi buzilishlarni keltirib chiqaradi.



Download 162,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish