118
keldi. Chunki uning “ishq farzandi” ekanligi chaqaloqligidayoq ayon edi. Qaysni
o’qish uchun Hay qabilasidagi maktabga berishadi. Bu paytda Layli betob edi,
shuning uchun darsga kelmayotgan edi. U sog’ayib maktabga aytgach, Qays bilan
uchrashadi. Ular bir-birini ko’rgach, qalblarga ishq otashi tushadi va shu kundan
boshlab hijron azoblari boshlanadi. Shunisi alohida e’tiborga molikki, ularning
qalbidagi ishq bir kunda, bir onda, nigohlar bir-biri bilan to’qnashganda boshlanadi
va bu sevgi o’ti bir umr so’nmaydigan bo’lib yonadi. Bu voqea Layli va qizlarning
gul sayriga chiqqanlarida sodir bo’ladi.
Qaysning qalbidagi ishq kun-kundan ortar, u bir uyga qamalib olib, to’xtovsiz
faryod chekadi, tomog’idan ovqat o’tmaydi, ko’ziga uyqu kelmaydi,
unga sevgilisi
tasviridan boshqa hech narsa ko’rinmas edi. Uni daolash uchun tabib chaqirishadi,
biroq bundan foyda bo’lmaydi. Uning ishqi butun elga ovoza bo’lgach, xalq uni
Majnun deb atay boshlaydi.Hajr, ayriliq, telbalikka yo’liqqan oshiqni bandilikda
saqlashadi. Iztiroblari ko’pligidan bemador bo’lib qolgan, behol Majnun
bandilikdan ozod bo’ladi va uyidan dasht-sahrolarga ketadi. Majnunning sahroga
chiqib ketishi uning ishq olamiga kirishiga ishoradir. Тasavvufda dasht – ishq
bepoyonligining ramzi. Buni shoirning o’zi ham ta’kidlaydi: “Keldi bu dasht – ishq
dashti”. Uning oxiriga hech kim yetmagan va undan hech kim qaytib kelmagan.
Dostonda dashtda qalashib yotgan inson suyaklari ham shundan dalolat beradi.
Majnun gullar bilan sirlashadi, hayvonlar bilan tillashadi. Nabotot va
hayvonot olami unga xayrixoh, uni dardini yengillatishga harakat qiladilar. O’z
qahramonini nabotot va hayvonot olami bilan do’stligi orali Navoiy olamning bir
butunligi – o’simliklar ham, insonlar ham yagona Allohning ijodi bo’lganligi,
shunday ekan, ular orasida birlik, uyg’unlik bo’lishi joiz, degan g’oyani ilgari
suradi. Zero, zarradan koinotga qadar hamma narsada Alloh u yoki bu darajada
zuhur etgan. O’simliklar ham, qushlar ham o’ziga xos tarzda Allohning zikrini
aytishadi. Demak, Navoiy Majnunni hayvonlar, qushlar bilan do’st tutinishini
tasvirlash orqali xuddi shunday olijanob g’oyani ilgari surgan.
Majnun – mastlik, bexudlik yo’lidagi oshiqdir. U Alloh muhabbatidan mast
bo’lib, o’zligini unutadi va shu orqali ilohiy ma’rifatni his qiladi. Uning yo’li
120
e’tiqodli, sabr-qanoatli, ishq yo’lida har qanday mashaqqatga tayyor oshiq
ma’naviy-ruhiy qiyofasini ko’ramiz. U o’z ishqi yo’lida jonini berishga ham
tayyor. Majnun faqat Layli ishqi bilangina tirik. U tanida joni bor ekan, Laylining
ishqi o’z jismining joni deb biladi. Yorining dardi u uchun najot, xayoli esa dardiga
tabibdir.
Majnun uchun Layli maqsad emas, balki ilohiy ishq kamolotini kasb etish
yo’lidagi bir vositadir. Тasavvufda bu mazhar deb yuritiladi. Haq oshiqlari
mazharni sevish orqali haqiqiy ishqqa yetadilar. Farhod uchun Shirin ana shunday
mazhar bo’lgani kabi Layli Majnun uchun, Majnun esa Layli uchun mazhar edi.
Ularning qalblari ilohiy fayzdan bahra oladi. Bu pok muhabbat ularni ruhi
Mutlaqqa yaqinlashtiradi.
Layli ishqi yo’lida odamlardan, dunyodan uzilgan, biyobonga chiqib ketgan,
o’zligini unutgan, qayoqqa borsa - faqat ma’shuqasini ko’radigan Majnunning
qalbi g’uborlardan tozalanib, ilohiy shu’ladan ravshanlashgan edi. Navfal hujum
qilsa Laylining otasi o’z qizini o’ldirishga qasd qilganini u tushida ko’radi va
do’stidan darhol urushni to’xtatishni so’raydi. Ota-onasining farzandi g’am-
alamida jon taslim qilganiyu, Laylining jon taslim qilganini ham tushida ko’radi.
Layli va Majnun ishq yo’lida uchragan mashaqqatlarga sabr qilib, ma’nan va
ruhan poklangan, haqiqiy ishqqa erisha olgan oshiq timsolidir.
Dostonda shoir ishq bilan bir qatorda o’z davrining dolzarb masalalariga ham
urg’u beradi. Bulardan biri oila va nikoh masalasidir. Bu orqali shoir inson haq-
huquqini, samimiy sevgisini himoya qiladi, shaxsiy va oilaviy baxt uchun
kishilarni kurashga chaqiradi. Zamonning ayrim urf-odatlarini qoralaydi, uning
zulmidan faryod chekadi.
Ey zoli zamona dodu faryod!
Atfolingga necha zulmu bedod!
Bu xaylnikim halok etarsen,
O’z bag’ring erurki chok etarsen.
Do'stlaringiz bilan baham: