Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


Navoiy  ulug’  xamsanavislar  haqida



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Navoiy  ulug’  xamsanavislar  haqida.  Navoiy  «Layli  va  Majnun»ning 
beshinchi  bobida  ulug’  salaflari  Nizomiy  Ganjaviy,  Хusrav  Dehlaviylar  haqida 
so’z  yuritadi.  Ushbu  bobda  so’z  qimmati  to’g’risida  to’xtalib,  uni  hech  qanday 
duru  javohirlar  bilan  tenglashtirib  bo’lmasligini  aytadi,  so’zni  dengizga  qiyoslab, 
uning tubida cheksiz ma’no olami yashirinib yotganligini ta’kidlaydi.                                                                             
Navoiy ulug’ ustozlarining ijodi to’g’risida gapirib, Nizomiyni «besh xazina» 
yaratgan  deb  maqtasa,  Хusravni  «besh  qasr»  egasi  sifatida  ulug’laydi.  Yoki 
Nizomiy  dostonlarini  «Ka’ba»ga  o’xshatsa,  Хusrav  Dehlaviy  asarlarini  Ka’ba 
oldidagi «but»ga nisbat beradi. 
Navoiy uz salaflarining asarlari to’g’risida gapirib o’tgach, o’zining niyati va 
dostoni  haqida  o’ta  kamtarlik  bilan  qisqacha  to’xtaladi.  U  Nizomiy  «Layli  va 
Majnun»iga  yuqori  baho  berib,  uni  «qal’a»ga,  Amir  Хusrav  dostonini  yaxshi 
bezalgan  «qasr»ga  o’xshatar  ekan,  o’z  asarini  «qal’a»  va  «qasr»  atrofidagi 
«shahar» va «bog’»ga nisbat beradi. Bunday o’xshatishlar orqali shoir, birinchidan, 
salaflari  yaratgan  asarlardan  bahra  topganligini  uqtirgan  bo’lsa,  ikkinchidan,  ular 
an’analari hamda fikr va g’oyalarini kengaytirib, rivojlantirish niya-tida ekanligini 
san’atkorona ifoda etgan. 


 
117 
Alisher  Navoiy  asarning  oltinchi  bobida  ulug’  ustozi  va  piri  bo’lgan 
Abdurahmon  Jomiy  madhiga  to’xtaladi,  bunda  u  buyuk  tojik  shoiri    Jomiyni 
ulug’laydi. 
Dostonning  yettinchi  va  sakkizinchi  boblarida  Husayn  Boyqaro  va  uning 
o’g’li Badiuzzamon ta’rifi keltiriladi. 
Navoiy  asarining  to’qqizinchi  bobi  dostonning  prologi  hisoblanadi.  Ulug’ 
san’atkor  bu  bobda  shunday  bir  usulni  qo’llaydiki,  bunday  tasvir  boshqa 
xamsanavislarda uchramaydi. Тasvir shunday boshlanadi:  
Qorong’i  kechada  shoir,  xayol  otiga  minib  sayrga  chiqadi.  Хayol  oti  har 
tomonga  shoshilib  yuguradi,  nihoyat,  arab  mamlakatidagi  bir  dashtga  yetib 
borgach,  uning  oldida  bosib  o’tilishi  mumkin  bo’lmagan  ishq  vodiysi  paydo 
bo’ladi. Ozroq to’xtalishi bilan otining oyog’i oqsab, yurishi juda qiyinlashadi. Тun 
qorong’i, buning ustiga tinmay yomg’ir kuymokda, onda-sonda chaqmoq chaqilib, 
bu  joyni  yanada  dahshatli  qilib  ko’rsatadi.  Shunday  bir  vaziyatda  Navoiyning 
qulog’iga  «Layli  va  Majnun»  dostonining  mazmuni  haqida  hotif  (g’aybdan  ovoz 
beruvchi)ning  ovozi  eshitiladi.  Bu  bobning  yana  bir  xarakterli  jihati  shundaki, 
shoir hotif tilidan o’zining yozadigan asari salaflarining dostonlaridan qanday farq 
qilishi lozimligini, kamtarlik bilan bayon etadi. 
Sabt aylamasang alarcha rangin,  
Ma’nisi daqiqu lafzi shirin.  
 
Lek o’lg’usi dardu so’zi ko’prak, 
Хangomai dilfuro’zi ko’prak.  
 
Bo’lsa ul yon sarvi dilxoh,  
Bo’lg’usi buyon fig’on bila oh. 
Asarning  o’ninchi  bobidan  asosiy  voqealar  boshlanadi.  Dostonda  Layli  va 
Majnunning ishqiy sarguzashtlari ularning vafoti bilan yakunlanadi.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish