Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

 
Dostonning  yaratilish  tarixi.  Alisher  Navoiy  «Хamsa»sining  uchinchi 
dostoni  «Layli  va  Majnun»  an’anaviy  mavzuda  yozilgan  bo’lib,  asar  Sharqda 
mashhur bo’lgan Layli va Majnun syujeti asosida yuzaga kelgan.  
“Layli  va  Majnun”  syujeti  uzoq  tarixga  ega  bo’lib,  uning  ildizlari  akademik 
I.Krachkovskiy  ta’kidlaganlaridek,  YII  asrning  ikkinchi  yarmiga  borib  taqaladi. 
Manbalarda  Majnun  haqida  xilma-xil  fikrlar  bor.  Ayrim  arab  manbalarida 
aytilishicha, Majnun tarixiy shaxs bo’lib, Bani Omir qabilasidan chiqqan, uning asl 
ismi  Qays  ibn  Mullavah  (yoki  Qaysibn  Muod)dir.  Qays  o’z  qabiladoshi  Laylini 
sevgan,  sevgi  va  hijron  azoblari  haqida  mungli  she’rlar  bitgan.  Bunday 
ma’lumotlar ibn Qutayba (889 yilda vafot etgan) ning “Kitob ush-she’r va shuaro” 
asarida  ham  keltiriladi.  Boshqa  arab  manbalari  esa  bu  ma’lumotlarni  rad  etadi. 
Arab olimi Avon ibn-Hakim al-Qalbiy (vafoti 764 yil), arab tarixchisi Hishom al-
Qalbiy  (vafoti  819  yil)  ham  Majnun  tarixiy  shaxs  emas  degan  fikrni  bildirishadi. 
Ularning  ma’lumotiga  ko’ra,  Majnun  nomi  majoziy  bo’lib,  sevgi  va  ayriliq 
haqidagi  she’rlar  esa  umaviy  xonadoniga  mansub  bir  oshiq  yigitning  qalamiga 
mansub,  u  o’z  nomini  oshkor  qilmaslik  uchun  she’rlariga  Majnun  taxallusini 
qo’llagan.  YII  asrning ikkinchi  yarmiga kelib arab she’riyatida  Majnun  taxallusli 
mungli she’rlar ko’payib, keng tarqalgan, ulardan ayrimlari to’plamlarga kiritilgan. 
Mana shu she’rlar zaminida Majnun haqida afsona va rivoyatlar to’qila boshlagan. 
Bu  rivoyatlar  IX  asrga  kelib  keng  tarqalgan,  Х  asrga  kelib  esa  Majnun  nomi,  u 
haqdagi  rivoyatlar  Arabistondagina  emas,  balki  Yaqin  va  O’rta  Sharqda  mashhur 
bo’lgan.  
Majnun  nomi  bilan  bog’liq  she’rlar  rivoyatlar  yaratilishiga  asos  bo’lgan 
bo’lsa,  shu  rivoyatlar  asosida  yozma  adabiyotda  Layli  va  Majnun  haqidagi  yirik 
hajmli asarlar paydo bo’lgan.  
Ulug’ ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy birinchi bo’lib, “Layli va Majnun” 
(1188)  haqida  doston  yaratadi.  G’oyaviy-badiiy  jihatdan  yetuk  bo’lgan  bu  doston 
yuksak,  mukammal  asar  sifatida  shuhrat  qozondi  va  xamsachilikning  an’anaviy 


 
115 
dostoniga aylandi. Ulug’ hind shoiri Хusrav Dehlaviy 1298-1299 yillarda “Majnun 
va Layli” nomli asarini yaratdi. U Nizomiy dostonining mazmuni va kompozitsion 
qurilishini  saqlab  qolgani  holda  asarga  bir  qator  o’zgarishlar  kiritadi.  Majnunga 
Navfal  qizining  nikoh  qilinishi,  Layli  va  Majnunning  sahroda  hayvonlar 
himoyasida tunni o’tkazishi va boshqalar bunga misol bo’la oladi.             
Shoir  uni  yozishga  kirishishdan  oldin  arab  manbalari  orqali  yetib  kelgan 
rivoyatlarni,  Nizomiy,  Amir  Хusrav  Dehlaviy,  Ashrafning  «Layli  va  Majnun» 
dostonlarini  mufassal  o’rganib  chiqqan.  Uning  o’zi,  dostonning  so’nggi  qismida, 
bu haqda shunday deydi: 
Men xastaki bu raqamni chektim, 
Тahriri uchun qalamni chektim. 
                       
Yozmoqta bu ishqi jovidona                  
Maqsudim emas edi fasona,                                
                       
Mazmunig’a bo’ldi ruh mayli,  
Afsona edi aning tufayli. 
            
Lekin chu raqamg’a keldi mazmun,                                          
Afsona anga libosi mavzun.  
 
Men turkcha boshlabon rivoyat, 
Qildim bu fasonani hikoyat. 
 
Kim shuhrati kim jahonga to’lg’ay, 
Тurk eliga dog’i bahra bo’lg’ay. 
Bu  misralardan  ko’rinadiki,  shoirning  maqsadi  shunchaki  afsona  so’zlash 
emas, balki mazmunga, ya’ni ichki mohiyatga e’tibor qaratishdir. Ikkinchi maqsad 
esa  til  masalasidir.  Shoir  dostoni  orqali  turkiy  tilning  shuhrati  jahonga  mashhur 
bo’lishiga ishonch bildiradi.  
Navoiy  adabiy  an’anaga  ijodiy  yondoshib,    o’z  davri  talablariga  javob  bera 
oladigan  doston  yaratishni  maqsad  qiladi.  Shoir  doston  qahramonlarining  fojiali 
taqdiri  misolida  o’z  zamonasining  ayrim  tartib-qoidalariga,  urf-odatlariga  qarshi 
chiqadi.  Sof  sevgi,  sadoqat  va  vafoni,  ma’naviy-ruhiy  barkamollikni  ulug’laydi, 
insoniy haq-huquqlarni yoqlaydi.               


 
116 
Doston 38 bobdan iborat bo’lib, dastlabki 8 bobi asarning boshlanish qismidir. 
Dostonning oxirgi uch bobi uning xotimasidir.   
1-4  boblar  Yaratuvchi  va  uning  rasuli  Muhammad  alayhissalom  vasfidadir. 
Mazkur  boblarning  o’ziga  xosligi  shundaki,  unda  Alloh  vasfiga  bag’ishlangan 
o’rinlarda  u  bu  dunyoda  Layli  ko’rinishida  jilva  qiladi  va  barchani  Majnun  kabi 
o’ziga maftun etadi: 
Ey har sorikim qilib tajalli, 
Ul mahzar o’lub jahonda Layli. 
 
Ey oniki, Layli atab otin, 
Majnun qilmoq bo’lib sifotin.  
Bu  tasvirning  o’ziyoq  asar  oddiy  sevgi  mavzusiga  bag’ishlanmaganini 
ko’rsatadi. Unda Layli ilohiy ishq ramzini anglatib kelganligi ayon bo’ladi.    

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish