Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta


Direktor o’rinbosarining huquqlari



Download 198,81 Kb.
bet4/5
Sana19.04.2020
Hajmi198,81 Kb.
#45824
1   2   3   4   5
Bog'liq
TIM UMK 2-kurs

Direktor o’rinbosarining huquqlari

Nizomda belgilangan vazifalar bilan bog’liq ravishda tegishli pedagogik xodimlarga ko’rsatma beradi.

Xizmat vazifasi doirasidan kelib chiqqan holda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va yangi to’garaklarni ochish masalalarini hal qiladi.

– sinf rahbarining ta’lim-tarbiya ishlari bo’yicha erishgan yutuqlarini hisobga olib, uni taqdirlash uchun direktorga taklif kiritish;

– sinf rahbarlarining o’z vazifasiga nisbatan mas’uliyatsizligi yoki suiiste’mol qilinganligi uchun direktor bilan kelishilgan holda tanbeh berish;

– bolani yaxshi tarbiyalagan ota-onalarni, maktabga yordam bergan mahalla faollarini taqdirlash uchun direktorga taklif berish huquqiga ega.

Direktor o’rinbosari bilan quyidagi ishlar kelishilishi kerak:

– sinf rahbarlari ish rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash;

– maktabda o’tkaziladigan sport musobaqalari rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash;

– turli xildagi to’garak ishlari rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash.

Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllari, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qarorlarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinfdan va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:


  • ulg’ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bolaning betakror va o’ziga hosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish lozim;

  • milliylikni o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish;

  • pedagoglar va o’qituvchilar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish;

  • maktabning jamoat tashkilot, otaliq qiluvchi korxonalar bilan aloqasini mustahkamlash;

  • bolalar nazoratsizligi va qonun buzilishining oldini olish;

  • yashash joyi bo’yicha bolalarning bo’sh vaqtini tashkil etish;

  • o’quvchilarning oilalariga borish va bolalarni tarbiyalashda ularga yordam berish;

  • yosh avlodning Vatanga, jamiyatga va mehnatga, o’ziga va odamlarga munosabatini anglab olishga qaratilgan ahloqiy tuyg’ularini tarbiyalash.

Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashini to’g’ri shakllanishiga, ahloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko’p qirralidir.

Tarbiyaviy ishlar bolalarning kundalik hayotidan olingan aniq dalillar va voqealarni, badiiy adabiyot, vaqtli matbuot, kinofilьmlardan olingan misollarni tahlil etish hamda muhokama qilish asosida o’tkaziladi. Bu ishlarning xususiyati shundaki, bu bolalarning o’zini ahloqiy xatti-harakatlari haqida mulohaza yuritishga va ularga to’g’ri baho berishga o’rgatadi.

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o’quvchilarning darsdan bo’sh vaqtlaridagi o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va kengaytiradi, o’quvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.

SHu sababli keyingi davrda o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko’ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat bermoqda.

Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan tarbiyaviy ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularni ongli, dunyoqarashini shakllantiradi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:


  • darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish;

  • o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish;

  • sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o’quvchilar tashkilotlari sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish;

  • umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;

  • o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.

Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yo’nalishlari, mazmuni har bir yosh bosqichda o’quvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim.

Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. CHunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishi kerak.

Maktabda bashlang’ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish uni yo’lga qo’yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi tarbiyaviy ishning asosiy yo’nalishlari: o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish, ularni milliy istiqlol ruhida
tarbiyalash; o’quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; o’quvchilarda ahloq madaniyatini, ularning o’z xuquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash; o’quvchilarda o’z-o’zini boshqarish malakalarini shakllantirishdir.

Boshlang’ich sinf o’quvchisi va sinf rahbari faoliyatining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarning ahil tarbiyaliy jamoani tashkil etishdir.

Boshlang’ich jamoa ishi shunday quriladiki, undan sinfning boshqa jamolari bilan aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umum maktab an’analari saqlanadi. Boshlang’ich jamoa o’qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari, o’quvchilar o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini boshqarish organlari rahbarligida umummaktab ijtimoiy foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi.

O’qituvchi va sinf rahbari sog’lom, ahil bolalar jamosini shakllantirish bilan birga doimiy bolalar qiziqishlarini qo’llab-quvvatlaydilar, ularning ijtimoiy foydali faoliyatini yo’naltirib boradilar.

Kichik yoshli o’quvchilar juda faol va harakatchan bo’ladilar. Faollikka intilish bu yoshdagi bolalarning organik ehtiyoji. Biroq bunda bolalar hali yetarli hayotiy tajribaga ega bo’lmaydi va kundalik pedagogik rahbarlikka ehtiyoj sezadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi bolaning ilk maktabdagi qadamidanoq tarbiyaviy ishning chinakkam jamoatchilik munosabatlarini yaratishga zo’r imkoniyat beradigan, bolalarda bir-birlariga g’amxo’r munosabatda bo’lishni tarbiyalaydigan, individual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadigan usullarni tanlaydi.

O’qituvchi boshlang’ich sinflarda bolalarga o’zlarini qiziqtiruvchi faoliyat turini tanlashga yordam beradi. Biroq ko’pincha kichik yoshdagi o’quvchilar yosh xususiyatlariga ko’ra, o’z hususiyatlarini to’g’ri baholay olmaydilar.

Bolalarning o’sishi ularda jamoatchilik malaka va ko’nikmalarining shakllanib borishi bilan o’qituvchi-tarbiyachining bolalar jamoasiga rahbarlik qilishidagi jarayonini o’zgartirib boradi.

O’qituvchi boshlang’ich sinflardayoq ahil bolalar jamoasini yaratish asosida sog’lom jamoatchilik fikrini yaratadi.

Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bolalar tarbiyaviy jamosini yaratish sohasidagi ishini yuqori sinflarning sinf rahbarlari davom ettiradilar.

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarni ta’lim va tarbiyaning tabiiy sharoitida, ularning jamoa faoliyati jarayonida o’rganadilar.

Sinfdan tashqari ish o’quvchilarga biror maqsadga qaratilgan pedagogik ta’sir vaqtini uzaytiradi, u o’qituvchining darslarda egallagan bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, bolalarning qobilyatini rivojlantirish, ularning xilma-xil qiziqishlarini qondirish, madaniy dam olishlarini uyushtirish imkonini beradi. Sinfdan tashqari ish bolalarni jamiyat hayotiga jalb qilishning katta imkoniyatlariga ega.

Bu borada tashkilotlar faolligini uchta asosiy tomonini ko’rish mumkin: tashkilotchilik, usuliy va ma’muriy.



3-Mavzu: Oilada bola tarbiyasida milliy ananalardan foydalanish. Ota-onalarga tarbiyaga oid bilimlar berish

REJA:

1.Milliy sharqona tarbiya mezonlari.

2.Milliy ma`naviyat haqida tushuncha.

3.O’zbek xalqining o’ziga xos milliy an’analari.

4.Buyuk allomalarimiz milliy-ma’naviy merosning bola tarbiyasidagi ahamiyati haqida.
Davlatimiz sobit qadamlar bilan o’z taraqqiyot yo’lida bormoqda. Bu yo’l milliy xususiyatlar, qadriyatlarni tiklash, saqlash, rivojlantirish, milliy g’ururimizni uyg’otish, vatanparvarvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan mafkura negizida kamolotga erishish yo’lidir.

Milliy odob, miliy e’tiqod, iymon, diyonat kabi insonning butun milliy xususiyatiga bog’liq fazilatlarni yosh avlodning shaxsiy sifatlariga aylantirish dolzarib vazifadir. Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O’zbekistonning ijtimoiy buyurtmasi bo’lmish ijobiy sifatllar; milliy iftixor,vatanparvarlik, millatlararo muloqot madaniyati, milliy odob, vijdoniylik, imon-e’tiqod, milliy istiqlol mafkuraviy ongini rivojlantirish zarur.Ularning aksi bo’lgan salbiy sifatlar: milliy befarqlik, vatanfurushlik, xoinlik, manqurtlik, millatchilik, mahalliychilik, vijdonsizlik,mafkurasizlik kabilarga nafrat uyg’otish darkor. Bu ishlarni bir-biri bilan uzviy bog’lab olib boorish o’qituvchi-tarbiyachilar tomonidan maxsus mezon qilib olinishi kerak. Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda o’quvchilarning yoshi, aqliy imkoniyatlari e’tiborga olinadi.



Ma’naviyat-(arab tilidan olingan bo’lib, “ma’nolar majmui” degan ma’noni bildiradi) kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy ,axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuidir. Ma’naviyat insoning butun umri davomida uning kuchiga kuch qo’shishga xizmat qiladi, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir. Har bir millatning ma’naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil topadi. Ma’naviy meros o’tmishning yutug’i. Uni to’la, odilona egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodlarning vazifasidir. O’z madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik madaniyatsizlikdir. Ularni boyitib, yuksak darajaga ko’tarishga intilmaslik esa millat va uning istiqboli uchun katta ziyondir. Ma’naviyati yuksak darajada rivojlangan insongina Vatan ravnaqi uchun kurashga o’zida kuch va qudrat topa oladi.

Asrlar davomida xalqning ma’naviy ehtiyoji, talabi asosida yaratilgan qadriyatlarida olg’a surilgan ilg’or g’oyalarni o’z ongida yaxlit shakillantirgan, ularning mohiyatini amaliy faoliyatida namoyon qila oladigan, oilaning, xalqning, jamiyatning ma’naviy rivojlanishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadigan shaxs ma’naviy madaniyatli hisoblanadi. Milliy va umuminsoniy ma’naviyat va qadriyatlardan to’la bahramand bo’lmagan, ona tilini bilmagan, jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga ongli ravishda hissa qo’shgan inson ma’naviy qashshoqdir.

Manaviy qashshoqlik esa xalqni, millatni, umuman jamiyatni tanazzulga olib boradi. Ma’naviy madaniyat manbalarini o’rganish,ularda olg’a surilgan g’oyalarga amal qilish, ularni kelgusi avlodlar ongiga singdirish jamiyat har bir a’zosining vijdon oldidagi,Vatan oldidagi burchidir. Har bir fuqaroning o’z burchi va majburiyati mohiyatida ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash; o’zbek xalqi asrlar mobaynida yaratgan madaniy boyliklarni, noyob tarixiy obidalarni avaylab saqlash va kelgusi avlodlarga etkazish tadbirlarini ko’rish; qadimiy va zamonaviy xalq qadriyatlarini, adabiyot san’atni bilish va rivojlantirish; o’zbek tilini taraqqiy ettirish, respublikada yashovchi boshqa xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilan munosabatda bo’lish; hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish; ma’naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish; oilani milliy qadriyatlar asosida mustahkamlash; ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida umuminsoniy va milliy qadriyatlarning mazmuni va mohiyatini chuqur o’rganishga erishish kabi shartlarni amalga oshirish lozim.

Umumiy ta’lim oldiga qo’yilgan muhim maqsad- umuminsoniy va miliy qadri-yatlarga tayangan holda ta’lim-tarbiyaning mazmunida insonparvarlik g’oyasini kuchaytirish, xalqchillashtirish, uning uzviyligi, izchiligi, ilmiyligi va dunyoviyligi asosida yoshlarda ma’naviy madaniyatni shakllantirishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunida qayd qilinganidek, ”…ta’limda umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlarning ustivorligi” ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biridir.Jamiyat rivojlanib borgan sari insonlar, xalqlar millatlar o’rtasidagi ma’naviyat munosabat va aloqalar rivojlanib boraveradi. Bu borada ma’naviyatni besh guruhga bo’lib o’rganish mumkin. Milliy ma’naviyat esa- muayyan millatga, uning ajdodlariga xos bo’lgan qimmatli ma’naviy boylikdir. Milliy ma’naviyat avvalo tarixiy hodisa ekanligi bilan ajralib turadi. Shaxs ma’naviyati- bu har bir shaxsga tegishli bo’lib ,uning ichki ruhiy holati, xatti-harakatlarini oz’ ichiga oladi.



Mintaqaviy ma’naviyat esa- muayyan geografik mintaqa millatlariga xos, ular uchun umumiy bo’lgan manaviy boylikdir.

Umuminsoniy ma’naviyat- bu butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo’lgan ma’naviy- axloqiy boylikdir.

Milliy tuyg’u- shaxslar aro munosabat jarayonida, yuksak ma’naviy ichki tug’-yonlarda, ijodiy g’oyalar tug’ilishida,milliy zavq kabi ichki kechinmalarda aks etadi. Milliy meros-intelektual sohada o’tmishdagi ajdodlarimizdan avloddan-avlodga o’tib kelayotgan aqliy faoliyat natijalari, donishmandlarimiz ijodi namunalari, allomalarimizning adolatli jamiyat va komil inson tarbiyasi haqidagi ta’limotlardir. Ta’lim-tarbiya jarayonida vatanimiz tarixi, madaniyati, ilm-fan arboblari, mutafakkirlar, ma’rifatparvarlar to’g’risidagi bilim berish o’quvchilarda g’urur va iftixor tuyg’usini vujudga keltiradi. O’zbekistonnning fan va texnikasi,unumdor yeri, tuprog’i, saxiy va zaxmatkash xalqi, foydali qazilmalari, jahon va umumxalq bozoridagi paxtasi, ipagi, qorako’l, oltini salmog’i ochib berilishi o’quvchilarda milliy ongini o’stiradi, milliy o’z -o’zini anglashni tantilik, sadoqatlilik, poklik, odoblilik fazilatlari milliy xarakterning eng muhim jihati hisoblanadi. Ushbu xislatlarni ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar ongida shakllantirish, ular ruhiyatini xalq durdonalar bilan boyitish, qadriyatlarning oqilona tadbirlariga e’tiborini qaratish maqsadga muvofiqdir.

Buyuk sharq allomalarining milliy-ma’naviy merosi bola tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir. Buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiy badiiy merosi juda boy va kop qirralidir. U she’riy devonlar va yirik dostonlar yaratish bilan birga Markaziy Osiyoning XV asrdagi ma’naviy hayotni aks ettiradigan nasriy asarlar va ilmiy risolalar ham yozgan. Navoiy ilmiy va adabiy asarlarni yaratishda o’z davridagi olimlar, adiblar va shogirdlariga namuna bo’lgan. Uning deyarli barcha asarlari tarbiyaviy-marifiy ahamiyatga ega. Shoirning besh dostondan iborat shoh asari, “Xamsa” da inson kamolotining barcha masalalari qamrab olingan.Unda o’sha davr uchun dolbzarb axloqiy, tarbiyaviy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar bayon qilingan. Adolat, muruvvat, saxiylik, odob, kamtarlik, qanoat, insof, ishq-vafo rostgo’ylik, do’stlik, o’zaro yordam va boshqa ajoyib fazilatlar, oddiy mehnatkashning jamiyatdagi o’rni ifodalangan. Ana shu olijanob fazilatlar ta’rifida alohida-alohida hikoyalar berilgan. Navoiyning didaktikaga oid asarlaridan eng muhimi yuqorida aytilgan ,,Mahbubul qulub’’dir. Kitob uch qismdan iborat. Birinchi qismda jamiyatning turli tabaqalari to’g’risida, ikkinchi qismda axloq va olijanoblik fazilatlar to’g’risida so’z yuritilgan. Uchinchi qismda esa tarbiyaviy va marifiy ahamiyatga ega bo’lgan hikmatli so’zlar va maqollar berilgan.

Davlatimiz mustaqillikka erishgan hozirgi davrda buyuk bobomiz Navoiy merosini yosh avlodga chuqur o’rgatishimiz zarur. Zeroki,u o’z asarlarida milliy iftixor, xalqqa, ona tiliga,Vatanga mehr-muhabbat bilan qarash g’oyalarini targ’ib qilgan.

Tayanch so’zlar: Manaviyat, an`ana, milliy urf-odat,milliy qadriyat, shaxsiy ma`naviyat, mintaqaviy ma`naviyat, umuminsoniy ma`naviyat,milliy tuyg`u,milliy meros, tarbiyachi, pedagogik talab,

Mavzu yuzasidan savollar: 1. Milliy urf-odat deb nimaga aytiladi?

2. Milliy qadriyat deb nimaga aytiladi?

3. Umuminsoniy ma`naviyat deb nimaga aytiladi?

4. milliy meros deb nimaga aytiladi?

5. Xalqimizga xos bo’lgan milliy urf-odatlarni to’plang. Mustaqil ish: Milliy urf-odatlar mavzusida ijodiy ish tayyorlash Amaliy ish: Milliy urf-odatlar asosida referat tayyorlash.

Foydalanish uchun adabiyotlar ro’yhati: 1. R.Mavlonova” Tarbiyaviy ishlar metodikasi” 2. Y.Rasulova ,D.Maqsudova « Tarbiyaviy ishlar metodikasi »

3. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani bo’yicha davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi

4.O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish.

5. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq



4-Mavzu: Oilada bola tarbiyasi

REJA:

1. Oila – jamiyat negizi

2. Oilada bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashning yo‘l-yo‘riqlari

Oila – tarbiya o`chog`i. Oila – jamiyat negizi. Har bir insonda ilk yoshligidan boshalb ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyat, maslaklar, qadriyatlar takomil topadigan, mafko’raviy va ma`naviy tarbiya amalga oshiriladigan muhitdir. O`zbek oilasi o`zida ko`p asrlik mustahkam ma`naviy qadriyatlarimiz ravnaq topadigan shunday maskanki, uning barqarorligi va mustahkamligi jamiyatimiz rivojining muhim omillaridan biridir. Bu haqda Prezident I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday yozadi: “Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda xech shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonnig eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oilada shakllanadi”.

Agar oiladagi muhit sog`lom bo`lsa, unda kamol topayotgan yosh avlod qalbi va ruhiga ezgu xususiyatlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy istiqlol g`oyasini singdirish uchun qulay sharoit yaratilgan bo`ladi.

Oila manfaatlarini ta`minlash borasida 1998 yilda qabul qilingan va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan tadbirlar to`g`risida davlat dasturi va Ushbu dasturda belgilangan tadbirlarning strategik yo`nalishlariga e`tibor berilsa, ular mamlakatimizdagi oilalarning mustahkam bo`lishiga imkon beruvchi vazifalarni nazarda tutadi.

1998 yilning «Oila yili» deb e`lon qilinishi vash u yilning o`zida Oila kodeksining qabul qilinishi hamda mamlakatimiz tarixda ilk bor tashkil etilgan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham davlatimizning oilani har tomonlama mustahkamlash, himoya etish borasidagi siyosatiga hamohang bo`lib, oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy an`analarni avaylab-asrash, ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg`unlashtirish, oila va nikohning muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish yo`li bilan oilani mustahkamligi, barqarorligini ta`minlash, oila a`zolarining xuquqiy savodxonligini oshirish muammolarini ilmiy o`rganish, oilaviy hayotga bog`liq muammolarni tadqiq eti shva fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berishdan iboratdir.

Markazning muhim maqsad va vazifalaridan biri oila kontseptsiyasini yaratish va uni hayotga joriy etishning uslub va vositalarini joriy etish orqali hukumatimizning ijtimoiy sohadagi insonparvar siyosatini amalda har bir fuqaro ongiga oila instituti orqali singdirishdan iboratdir.

Mustaqillik yillarida respublika hukumati va Prezidenti I.A.Karimov tomonidan oilaga ko`rsatilayotgan e’tibor, yillarga maqom berilayotganda oialni mustahamlash, nikohni qadriyat sifatida e`zozlashga qaratilgan chora tadbirlar tom ma`noda yurtimizda oila va farzandlar hukumatning doimiy g`amxo`rligi ekanligidan dalolatdir.

Taqdim etilayotgan kontseptsiya oila institutini yurtimizda yanada mustahkamlash, u orqali milliy istiqlol g`oyasini fuqarolar ongiga singdirish ishlari uchun dasturulamol bo`lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o`zgarishlar, yangilanish jarayonlari va islohotlardan ko`zlangan asosiy maqsad ozod va obod Vatan, rivojlangan fuqarolik jamiyati barpo etish, shu tarzda xalq farovonligini ta`minlash, jahon hamjamiyatidan munosib o`rin egallash, oilaning barkarorligiga erishish ekan, oila bag`ishlangan kontseptsiyaning vujudga kelishi o`ta dolzarbdir. Zero, Respublikamiz o`z iqtisodiyotini yangi bosqichga ko`tarish, jamiyatni erkinlashtirish va demokratiyalash siyosatini izchil olib borar ekan, bizga jamiyatning negizi bo`lgan oilalar muammolari va istiqboliga qaratilgan kontseptsiya zarur. Darhaqiqat, kontseptsiya O`zbekistondagi oilalarning rivojlanishi istiqbolini tasavvur qilish, oila borasidagi ijobiy va muammoli masalalarni oldindan bashorat qilish uchun, mavjud muammolarning sabab va omillarini belgilab olish uchun ham xizmat qiladi.

Shuni alohida ta`kidlash lozimki «Oila» kontseptsiyasini yaratish va bu bilan bog`liq ishlarning dolzarbligi hamda bajarilishining maqsadga muvofiqligi mustaqillik yillarida Respublika rahbari I. A. Karimov tashabbusi bilan yillarga berilgan maqomlar doirasida amalga oshirilayotgan davlat dasturlarining oilani, ona va bolani ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilganligi, xukumat tomonidan oila manfaatlariga ajratilayotgan sarmoyalarning amalda oqlanishi zarurati bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 fevral 6-sonli «Ona va bola» Davlat dasturi to`g`risidagi qarorida belgilangan vazifalarning muhimlligi va dolzarbligidan ham kelib chiqadi.

Oila va jamiyat - mohiyatan bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lib, oilada jamiyatning tub mohiyati va muammolari o`z aksini topadi. Shuning uchun ham oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a`zosi oila bagrida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o`zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o`z himoyasiga oladi.

Oila qanday bo`lsa, jamiyat ham shunday bo`ladi. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma`naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar, avvalo, oila qadriyatlarini eng ilg`or an`analarini tiklashga qaratilgandir.

Oilaviy tarbiya oilada ota-onalar, vasiylar yoki kata kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o`rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy ta`sirchan kuch-oilaviy tartibdir.

Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta`sir ko`rsatishga qodirdir va odatda ta`sir ko`rsatadi. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafko’raviy va psixologik ta`sir ko`rsatishning chuqur o`ziga xosligi bilan uyg`unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta`sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo`g`iniga ham aylantiradi.

Oila va mahallaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota-onalarning o`ziga xos xususiyatlari:qon-qarindoshligi, qo`ni-qo`shniligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch xissi, obro`ligi va hokazolar bilan ta`minlanadi.

Ma`lumki, xilma-xil faoliyat sharoitida bolaning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, bolani oila va mahalladan boshqa qayerda ham faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish mumkin. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati YAna shundaki, kichik bolalik paytida oilada egallagan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Xuddi shuning uchun ota-onalarning bolalarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab qo`yilgan.

Oila va mahalla hamkorlikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma`lumotlarini e`tiborga olishlari ham muhimdir, ularga muvofiq o`sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilani qo`shadigan hissasi turli yosh bosqichlarda turlicha bo`ladi va to`lqinsimon o`zgaradi.

O‘zbekiston Respublikasining Asosiy Qonunida davlatning oilaga munosabati aniq va lo‘nda ifodasini topgan. Xususan, Asosiy Qonunning 63-moddasida „Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega“, degan qoida bor. Binobarin, oila to‘g‘risida g‘amxo‘rlik insonparvar huquqiy demokratik davlatning muhim xususiyatlaridandir.

Yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan „Bolalar“, „Mahalla“, „Navro‘z“, „Ekosan“, „Orol“, „Sog‘lom avlod uchun“ kabi jamg‘armalar turli-tuman xayriya tadbirlari vositasida oilalarning farovonlashishiga hissa qo‘shib kelayotir. 1994- yilning birinchi oktabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan, mamlakatimizda kam ta’minlangan aholini ijtimoiy himoyalashning butunlay yangi shakli - ehtiyojmand oilalarga har oyda beriladigan moddiy yordam turi joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi oila huquqining asosiy tamoyillari quyidagilar bilan qat’iy belgilab berilgan:

- oila jamiyat va davlat muhofazasida;

-barcha fuqarolar - jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida teng;


  • ayol bilan erkak oilada teng huquqqa ega;

  • faqat yakka nikohlilikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish;

  • ixtiyoriy va erkin nikoh;

  • davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish;

  • davlat otalik, onalik va bolalikni muhofaza etadi va ularning manfaatlarini har taraflama himoya qiladi;

  • bolalarni milliy istiqlol mafko’rasi asosida tarbiyalash va boshqalardir.

Asosiy Qonunimizning 63-modda, 2-qismida: „Nikoh tomon-larning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi“, deyila-diki, bizda oila qurishning birdan bir asosi - qonuniy nikohdir. Yana Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 16-moddasida insonning erkin nikohdan o‘tish huquqi xususida bunday deyilgan: „Balog‘atga yetgan erkak va ayol, irqi, millati yoki dinidan qat’iy nazar, hech bir cheklashsiz nikohdan o‘tish va oila qurish huquqiga egadir. Ular nikohdan o‘tayotgan chog‘da, nikohda bo‘lgan vaqtda va nikoh bekor qilinayotgan paytda ham bir xil huquqlardan foydalaniladi“.

Oilali bo‘lib yashash, bola-chaqa qilish, o‘zidan nasl, avlod qoldirish hayot qonuni, shariyatimizga ko‘ra sunnatdir. Payg‘am-barimiz Muhammad alayhissalom bu haqda shunday deganlar: „Ey yigitlar! Qaysi biringiz turmush qurishga qodir bo‘lib, imkon topsangiz, tezda uylaning, chunki uylanish inson ko‘zini poklaguv-chi chiroq, ya’ni u nomahramlarga qarab gunohga botishdan saq-laydi va yomon, bemaza yo‘lga kirib ketishdan asraguvchi asosiy choradir. Kimki uylanishga qodir bo‘lmasa, ro‘za tutsin, chunki ro‘za insonning shahvoniy nafsini ketkizur“.


Oilada bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashning yo‘l-yo‘riqlari
Oilada bola tarbiyasi g‘oyat nozik va murakkab masala bo‘lib, bu ota-onadan katta odob bilimini, katta tarbiyachilik mahoratini talab qiladi.

Oilada bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyadagi birlikdir. Bunda ota-ona, oiladagi katta-yu kichik, hamma bir yoqadan bosh chiqarishi, harakat qilishi kerak. Hamma narsada: bolalarga muomalada, ularni rag‘batlantirish va jazolashda, tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning boshqa vositalarini qo‘llashda hammada yakdillik bo‘lishi lozim. Odatda, ko‘pincha bolaning onasi yoki buvisi ruxsat bergan narsani otasi taqiqlab qo‘yadi yoki otasi bergan jazoni onasi rad etib buzadi, bolaning bir qilig‘ini buvisi maqtasa, shu qilig‘i uchun otasi uni koyiydi va hokazo. Bunday telba-teskarilik, avvalo, bola tarbiyasini buzadi. Bunday vaziyatda bola talabchan otasi bilan rahmdil onasi va ko‘ngli bo‘sh buvisi o‘rtasida yo‘l topishga odatlanadi. Kattalar orasidagi beqarorlik va kelishmovchilikni sezgan bola mug‘ambirlik, aldamchilik, tilyog‘la-malik, xushomadgo‘ylikka o‘rganadi.

Oilaning vazifalari quydagilardir:


  • oilada sog`lom muhitni yaratish;

  • tarbiya jarayonida milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish

  • farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi;

  • farzandlarning ota-onasiga, Vatanga muhabbat tuyg`usini shakllantirish;

  • farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish;

  • ma`rifatli va ma`naviyatli kishilar bo’lib yetishishlarini ta`minlash;

  • ma`naviy barkamol va jismonan sog`lom bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;

  • farzandlarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g`oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;

  • farzandlarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta`lim berish;

  • farzandlarida mavjud bo’lgan iste`dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

  • Ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilimlarini doimo oshirib borish;

  • shaxslarda (tejamkorlik va ishbilarmonlik xususiyatlarini tarbiyalash;

  • oilada milliy ia umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini (huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, ekologik, axloqiy, mehnat, fuqarolik va h.k.) uyg`un xolda bosqichma-bosqich amalga oshirishga masullikni ta`minlash;)

—sog`ligida va aqlida nuqsonlari bo’lgan farzandlariga xayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-kor o’rgatishdan iborat.

Ota-onaning farzand oldidagi burchi-o’zbekona ta`bir bilan aytganda, farzandga yaxshi ism qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdai iboratdir.


Savol va topshiriqlar

1. Bola tarbiyasida ota-onaning burch va mas’uliyatini so‘zlang.

2. Dono xalqimiz „Bola boshdan-nihol yoshdan“, „Bola aziz, odobi undan aziz“, „Erkalasa onasi, taltayadi bolasi“, „Qush uyasida ko‘rganini qiladi“, „Onasini ko‘rib qizini ol, otasini ko‘rib qiz ber“ kabi maqollar orqali ota-onalarga nimalarni uqtirmoqchi bo‘ladi? Ulardan qanday xulosaga kelish mumkin?

3. Oila baxti ko‘p jihatdan ayolga bog‘liq deyishadi. Buni Siz qanday tushunasiz? „Erni er qiladigan ham, qaro yer qiladigan ham xotin“ degan naql bor, xalqimiz bu bilan nima demoqchi?

4. Maktabni ota-onalar bilan hamkorligining qanday yo‘l va vositalarini bilasiz?

5. „Mahalla -ota-onang“, „Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona“ hik-matlarining ma’no-mazmunini yozma ravishda bayon eting.



6. Oilaning vazifalarini sanang.

Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;

  • tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;

  • qiziqarli misol va masalalar to’plamini yig’ish va ularni yechish,

  • maxsus adabiyotlar, ilmiy-uslubiy jurnallar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • namunali sinfdan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazish.

Talabaga mustaqil ishlarning mavzulari beriladi, bu mavzular bo’yicha egallanishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko’rsatilgan muddatda mustaqil ishlar konspekti, referati ko’riladi, test yoki savol-javob o’tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar yechimi ko’rsatiladi va tekshiriladi.

Talabalarga tavsiya etiladigan mustaqil ishlarning mavzulari:



Mustaqil ta’lim mavzulari

3-semestr



Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlarning ahamiyati



Tarbiya usullari va shakillari.



Tarbiya usullarni tanlashga qo‘yiladigan talablar



O‘quvchilar shaxsini har tomonlama kamol toptirish



Tarbiya texnologiyalari



O‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish usullari



Tarbiya tizimiga pedagogik yondashuv



Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish



Tarbiya tizimida innovatsiyalar



Tarbiya tizimida samaradorlikka erishish usullari



Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik mahoratning o‘rni



Tarbiyada innovatsion texnologiyalarning o‘rni



Jamoa haqida umumiy tushuncha. Jamoani tashkil etish metodikasi.



Iste’dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash



Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash usullari




Jami. 30 soat




4- semestr

1

Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda sinf rahbarining pedagogik mahorati

2

Sinf rahbarining sinf jamosini jipslashtirishda maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar.

3

Jamoani rivojlanishida tarbiya usullari

4

Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati

5

Jamoada shaxsni tarbiyalash

6

Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari.

7

Shaxsga jamoaviy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullari

8

O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash

9

Shaxsning oila muhitida va jamiyatda shakllanishi

10

Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari

11

Sinf rahbarining o‘quvchilar jamoasi bilan ishlash usullari

12

Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari

13

Jamoa ijodiy faoliyatini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarning o‘rni

14

Sinf rahbari ishini rejalashtirish metodikasi

15

Maktabni boshqarishda maktab direktroining vazifalari

16

Sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha




Jami. 32 soat

Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil qilinadi.


METODIKASIDA_QO’LLANILADIGAN_ASOSIY__TERMINLAR_TA’LIM'>GLOSSARIY
O’QITISH METODIKASIDA QO’LLANILADIGAN ASOSIY

TERMINLAR
TA’LIM -bilim berish, malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni bo’lib, kishini hayotga mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilim o’zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi.

Ta’limning mohiyati, maqsadi va mazmuni jamiyatning madaniy taraqqiyoti, fan-texnikasining rivojlanganligi, ishlab chiqarish texnologiyalarining amalga joriy etish darajasi kabilar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy ma’lumotga bo’lgan talab va ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim haqidagi g’oyalarga qarab kishilik jamiyatining turli davr (bosqich)larida ta’limning mohiyati, maqsadi, mazmuni, tashkil etish shakllari, amalga oshirish metodlari va vositalari o’zgarib, takomillashib boradi.



TA’LIMNI BAHOLASH - pedagoglar tomonidan baholash va ta’lim jarayonida erishilgan natijalarni talabalarning o’zlari baholashlarini joriy etish; chetga og’ish aniqlanganda ularning sabablarini aniqlash, ko’nikmalar va bilimlarda topilgan kamchiliklarni to’lg’azish, rejalashtirilgan yangi vazifalarni loyihalashni ham nazarda tutadi.

TA’LIM USLUBI – o’qituvchi (pedagog) bilan talaba (talaba)lar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o’zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik tadbirlar.

O’QITISH – o’qituvchi va ta’lim oluvchining birgalikdagi faoliyati va bu jarayonda bolalarning ma’lumot olishi, o’quv ko’nikma va malakasini egallashi, tarbiyalanib, rivojlanib borishi nazarda tutiladi.

DIDAKTIKA – grekcha didaskien so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni o’rgataman ma’nolarini anglatadi. SHunga ko’ra didaktika – bu o’qitish nazariyasidir. Didaktika o’qitish jarayonining shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi.

DIDAKTIKANING PREDMETI – ta’lim-tarbiya muassasasi sharoitda muallimning rahbarligi ostida amalga oshadigan o’quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil tipdagi ta’lim-tarbiya muassasalarida u yoki bu darajada beriladigan ta’lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, o’qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo’llari hamda ta’limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi.

METODIKA– Pedagogikaning o’qitish, qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga oshirish va natijalarini nazorat qilib baholash metodi hamda vositalarini o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog’idir. Har bir o’quv fani o’qitish sohasi o’rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tashkiliy ko’rinishi haqidagi metodika asosida quriladi.

Maqsadga yetishda muayyan to’siqni yengib o’tish uchun qo’llaniladigan tadbir va choralar majmuini METOD deyiladi.



O’QITISH METODIKASI - bu turli metodlar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallardan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy dars va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan metodlar majmuasidir.

QOBILIYaT – kishiga tabiatdan berilgan iqtidor layoqat.

METOD – iborasi (yunoncha-methodas-tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya, ta’limot ma’nosini anglatib) voqelikni bilish, o’zlashtirish, o’zgartirish metodlari majmuasidir. Metod aslida insonning amaliy faoliyati negizida vujudga kelgan. Metod – pedagogik jarayon elementi sifatida mazmun maqsadlarga maksimal mos kelishi kerak, ana shunda – tarbiya, o’qish, o’rganish amalga oshadi. Metodning asosiy vazifasi – qobiliyatni rivojlantirish. Kasbiy faoliyatda metodning asosiy ko’rsatkichi – uning kasbiy faoliyat vositalariga mosligidadir.

METODOLOGIYa – metod va logiya iboralarining birligida bilish faoliyati metodi, tuzilishi vositalari va mantiqiy tartibi haqidagi ta’limot ma’nosini anglatadi. Demak, metodologiya har qanday faoliyatning zaruriy tashkiliy komponentidir.

Metodologik bilimlar, eng avvalo, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o’ziga qamrab olib, odat hamda me’yorlar shaklida, ikkinchidan, amalda bajariladigan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Har ikkala holda ham bilimning asosiy vazifasi bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki biror ob’ektni amaliy o’zgartirishdan iborat.



Download 198,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish