Umumlashtiruvchi nazariyaga jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasi yoki jismoniy madaniyat nazariyasining umumiy asoslari deb yuritiladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi (uning umumiy asoslari), jismoniy madaniyatning mohiyatini bildiruvchi ilmiy bilimlarni integrativ tizimi, umuman olganda, shaxsni ijtimoiy tashkil topishida va kishini hayotiy kuchlarini rivojlantirishni optimal rivojlanishi, tarbiyaviy omillar tizimini yanadada rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan holda foydalanishni umumiy qonuniyatlari va ularni amalda qo‘llanilishi tushuniladi.
O‘quv fani sifatida. Jismoniy madaniyat nazariyasi (umumiy asoslari) o‘quv fani sifatida jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni kasbga tayyorlashda, ularga ma’lumot berishda asosiy fan bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy madaniyat o‘quv fani sifatida to‘rtta katta bo‘limni o‘z ichiga oladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasiga kirish. Bu qismda nazariyaning apparati, uning predmeti va tadqiqot uslublarini tashkil etuvchi tushunchalar ifodalangan, asosiy ijtimoiy funksiyalari va jismoniy madaniyat shakllariga tizimli xarakteristika berilgan, jamiyatda uning rivojlanish oqimlari kuzatilib umumlashtirilgan.
Jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari. Bu bo‘limning mazmuni jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fanda asosiy oqim bo‘lib qoladi. Bu yerda jismoniy tarbiyaning asosiy belgilari va qonun qoidalari ta’lim va tarbiyaviy maqsadlaridan jismoniy madaniyat foydalaniladigan jarayoni, bunda hal etiladigan asosiy vazifalar, ularni hal qilish uchun qo‘llaniladigan vositalar va uslublar, mashg‘ulotlarning tuzilish usullari va shu kabilar sifatida ko‘rib chiqiladi.
Jismoniy madaniyatdan foydalanishning tipik yo‘nalishlari va shakllarining tasnifi. Bu bo‘limda jismoniy madaniyat jamiyatda, inson hayoti tarkibida, ayniqsa, hayotiy faoliyatining asosiy sohalarida foydalanuvchi turli yig‘ilishlar va unga mos shakllarining xususiyatlari o‘rganiladi. Aniqrog‘i bu bo‘limda jismoniy madaniyat umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorlash tizimda mehnatni ilmiy tashkil etish tizimidagi va kundalik turmushdagi xususiyatlarini o‘rganib boradi. Shuningdek, sport jismoniy madaniyatning asosiy komponentlaridan biri hamda sport faoliyatining maxsus shakli sifatida (sport trenirovkasi, musobaqalar) tahlil qilinadi.
Jismoniy madaniyatdan inson hayotining turli davrlarda foydalanishning ilmiy amaliy asoslari. Mazkur bo‘limda jismoniy madaniyatni maqsadga muvofiq ravishda qo‘llash masalasi “yosh jihatidan” ko‘riladi. Shu bilan birga insonning faoliyat davomida shart-sharoitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari xarakterlanadi.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi kursi jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni kasb ta’limotining bazasiga kiruvchi kengaytirilgan bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi. U bo‘lg‘usi jismoniy madaniyat sohasidagi mutaxassisga kasb faoliyati mazmunini to‘liq tushunishga imkoniyat yaratadi, dunyo qarashini kengaytiradi, jismoniy madaniyat sohasidagi boshqa ishchilarini umumiy ishlari bilan bog‘laydi va shu bilan birga mutaxassis egallashi zarur bo‘lgan keng kasbga yo‘naltirilgan dunyo qarashni shakllantirishga yordam beradi.
U yoki bu kasb egalari o‘zaro muloqot davomida o‘z kasbi va hunariga oid ma’lum tushunchalar va iboralardan foydalanadilar. Fanning ma’lum sohasini o‘rganish va uni o‘zlashtirish ana shu yetakchi tushunchalarning mazmuniga bog‘liq. Ularning mazmuni vahajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining ko‘pdan-ko‘p hodisalari va masalalarini to‘g‘ri tushunib olish qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallash murakkablashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |