Jismoniy madaniyat faoliyat natijasi sifatida kerakli natijalarni bir butunligicha ishlatilishi, jamiyatda predmet boyligi sifatida madaniylashtirilishi bilan xarakterlanadi. Bularga qisman: jismoniy madaniyat faoliyati natijasida egallangan jismoniy tayyorlanganlik va shu asosida harakat, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish bosqichiga erishish, hayotiy kuchlar, sport yutuqlari darajasini, jismoniy madaniyat bilan aloqada bo‘lishi bilan orttirilgan natijalardir. Shunday qilib jismoniy madaniyat faoliyati, odam bilan tashqi munosabatda bo‘lib qolmasdan balki, ko‘nikma, malaka, qobiliyat sifatida uyg‘unlashgan holda ichki boylik sifatidagi shaklida ham bo‘ladi. Ijtimoiy hayot obraziga, aniq organik sharoitda jismoniy madaniyat hamma sohalarini to‘liqligicha kiritish natijasi xalq ommasini jismoniy kamoloti bo‘yicha kompleks ko‘rsatkichga erishilganligidadir.
Jismoniy madaniyatda keng ilmiy tadqiqotlar madaniyatning qator boshqa sohalariga qaraganda ancha kech boshlandi. Jismoniy madaniyat harakatining amaliy kengayishi va jismoniy madaniyatning jamiyat hayotidagi salohiyatini ortib borishi, uni ilmiy jihatdan fikrlashga bo‘lgan talabini orttirdi, shu bilan birga, uni hayotga singdirish uchun imkoniyatlar yaratildi. Jismoniy madaniyat haqidagi ilmiy bilimlar tizimning har xil bo‘limlarini tiklanishi babbaravar sodir bo‘lgani yo‘q. Boshqa bo‘limlaridan oldin, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlar paydo bo‘ldi. Bunga birinchi navbatda, jismoniy tarbiya jismoniy madaniyatning asosiy shakli sifatida, o‘z tarixining boshlanishidan boshlab, tarbiyaning umum ijtimoiy amaliyotining katta qismini tashkil etganligi sabab bo‘ldi. Uning asosida paydo bo‘lgan jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bevosita pedagogika fani bilan bog‘liq holda taraqqiy qildi va nisbatan rivojlangan ilmiy-amaliy predmet sifatida anchagina ilgari shakllandi.
Jismoniy tarbiya ilmiy nazariyasining kator asosiy masalalari bizning mamlakatimizda ham buyuk olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan (Jumladan, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur)). Oliy jismoniy madaniyat ta’limotida jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati o‘quv predmeti sifatida rasmiylashtirildi. Maxsus shakllangan predmetlar o‘rtasida jismoniy madaniyat bilan bevosita bog‘langan predmet bu jismoniy tarbiya nazariyasidir.Lekin u butun jismoniy madaniyat nazariyasini ak ettiraolmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat jismoniy tarbiya shaklidagina namoyon bo‘lmaydi. Jismoniy madaniyat sohasidagi ilmiy bilimlarni umumlashtiruvchi boshqa rivojlangan predmet bu sport nazariyasidir. Bu fanning tez rivojlanishiga, ayniqsa, oxirgi o‘n yilliklar ichida, olimpiya o‘yinlarida va umuman xalqaro sport harakatidagi ko‘rsatilgan yuqori sport natijalari sabab bo‘ldi.
Shuni ta’kidlash shartki, xalqaro miqyosdagi musobaqalar mustaqil O‘zbekistonimizni dunyoga tanitdi. Yoshlarimizni ma’naviy va jismoniy yetuk inson qilib tarbiyalash buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatimizning asosiy vazifasidir. Chunki, jismoniy baquvvat, ma’naviy yetuk komil insonlargina jamiyat taraqqiyotini belgilab beraoladi.
Shu sababli olimpiada, jahon chempionatlarini aniqlash va maksimal darajadagi rivojlanishning yangi usullarini qidirib topishda, ko‘pgina tadqiqotchilarni jalb etishning o‘ziga xos tabiiy laboratoriyasiga aylandi va tabiiyki sport haqidagi ilmiy bilimlarni tez to‘planishida o‘z aksini topdi. Sport nazariyasi hozirgi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, sport sohasidagi mutaxassislarni bo‘lajak kasbiga tayyorlashning yetukchi predmeti sifatida shakllangan.
Jismoniy madaniyat nazariyasi fani faqat sportchilarga ta’lim tarbiya jarayonini nazariy metodik amaliy ta’minlovchi fannigina emas, balki komil insonni shakllanishini, rivojlanishini ta’minlovchi keng sohalarni ham o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |