5. «Alpomish» va «Barchinoy»ning meyor talablarini toshpirishga tayyorlash.
Jismoniy tarbiya darsini boshlang‘ich sinflarda o‘tkazishda asosiy vazifalar:
1. O‘quvchilarning sog‘liklarini mustahkamlash;
2. Ularning jismoniy jihatdan to‘g‘ri, chiniqib o‘sishlariga ko‘maklashish hayotda kerak bo‘ladigan ko‘nikma, malakalar: yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish, so‘zish, ko‘tarish, kichik og‘irlik olib o‘tishlar qo‘laniladi. Shular qatori jismoniy sifatlarni ham tarbiyalash olib boriladi. Agar biz kuch, chidamlik, tezlik, chaqqonlik, va h.k. sifatlarining rivojlanish ustida ish olib bormasak kerakli natijalarga ega bo‘lmaymiz. 10-14 yoshli bolalarni (5-9 sinf jismoniy tarbiyalashda organizmini mustahkamlash va chiniqtirish bilan bir qatorda jismoniy sifatlar, ayniqsa chaqqonlik, tezkorlik va boshqa jismoniy qobiliyatlar har tomonlama rivojlantiriladi va bu bilan organizmning tabiiy o‘sish jarayoniga faol ta’sir ko‘rsatiladi. Bu yoshdagi o‘quvchilarni jismoniy tarbiyalash vazifalarini hal etishda dastur materiallarini, jumladan gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari va h.k.ning texnikasi o‘rgatib borilib, sport taktikasining elementlari bilan tanishtirilib boriladi. Bu davrda o‘quvchilarni jismoniy tayyorgarlik talablariga binoan meyorlarni toshpirishga tayyorlash; sportdagi muvaffaqiyatlarni yanada rivojlantirishga yordamlashish; ularni o‘rganayottan harakat faoliyatlarining hayotiy ahamiyati haqida chuqurroq bilimlar bilan tanishtirish, uchun jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati haqida ma’lumotlar berish: Vatan mudofaasiga va mehnatga tayyorlash uchun jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati haqida ma’lumotlar berish: shaxsiy va umumiy gigiyena haqida malumotlar berish; bolalarni individual kun tartibini mustaqil tuzishga o‘rgatish; tabiatning tabiiy faktorlaridan chiniqish maqsadida to‘g‘ri foydalanishga o‘pgatish; jismoniy tarbiya va sportning tashkiliy ishlari bilan tanishtirish, sport musobaqalarida hakam bo‘lish haqida tushuncha berish zarur, 15-17 yoshlarni (10-11 sinf) jismoniy tarbiyalashda organizm shakllantirilib boriladi hamda jismoniy tarbiya jarayonida funksional o‘zgarishlariga yo‘naltirilgan tasirlar kuchaytiriladi. Yuqori sinf o‘quvchilarini jismoniy tarbiyalashda ularning tayyorgarligini oshirib borib qo‘yidagi jismoniy sifatlarni: tezkorlik, tezkor-kuch, kuch, chidamlilik, chaqqonlik va h.k. tarbiyalanadi. Shu bilan birga organizmni chiniqtirish, tana tuzilishini yaxshilash ham taminlanadi. Bu yoshdagi o‘quvchilarni jismoniy tarbiyalash jarayonida sport trenirovkasi va sportchilarning o‘z o‘zini nazorat qilish amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya vositalarining asosi haqida ma’lumot berish va ulardan hayotda mustaqil foydalanish, u bilan birga oldingi yillarda qo‘lga kiritilgan tashkiliy metodik ko‘nikma va malakalarni takomillashtirib borish. Bu davr jarayonida o‘quvchilarni «Alpomish» va «Barchinoy» majmuasi meyorlarini topshirishga tayyorlashlari lozim. 45
Jismoniy tarbiya vositalari. 1-4 sinf o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya vositalari kuyidagilardir: asosiy gimnastika, o‘yinlar, velosipedda uchish, sayrlar va ekuskursiyalar uyushtirish. Bu yoshda bolalar sportning ayrim turlari (suzish, kurash, boks, og‘ir atletika, badiiy gimnastika va tennis) bilan shug‘ullanishlari mumkin.
5-9 sinif o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiyaning xarakterli vositalari: asosiy gimnastika. «Alpomish» va «Barchinoy» majmuasiga kiruvchi mashqlar (yurish, yugurish, xarakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari va x.k.) dir. Bu yoshdagi bolalar sport turlari (qisqa masofaga yugurish, uzunlikka va balandlikka sakrash, sport uyini) bilan to‘garaklarda shug‘ullanishi mumkin. 46
Bular uchun eng muhim vositalardan biri turistik sayrlar poxodlar va velosiped sayrlaridir (poxodlarda xar xil o‘yinlar o‘tkaziladi) 10-11 sinf o‘quvchilari uchun asosiy va yordamchi sport gimnastika mashg‘ulotlarning hamma turlarida majburiy bo‘lib qoladi. Ular «Alpomish» va «Barchinoy» majmuasining mashqlari umumiy jismoniy tayyorlanishda muhim ahamiyatta ega o‘smirlar uchun sportning hamma turlari qulaydir. Bular bilan ko‘p kunlik poxodlar ham uyushtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |