Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti jahon tarixi



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/339
Sana01.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#421457
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   339
Bog'liq
2 5316625529070161571

 
Anqara jangi.
1402- yil 20 iyulda Tеmur va usmonli turk sultoni Boyazid I 
Yildirim qo’shinlari o’rtasida Anqara yonida bo’lib o’tgan ulkan jangda Amir 
Tеmurning taxminan 200 ming, Turkiya sultonining 160 ming askari qatnashgan. 
Ushbu jangning sodir bo’lishiga asosan quyidagi omillar sabab bo’lgan: Iroq, Shom, 
Dashti Qipchoq, Xuroson, Hindiston, Jеta singari mamlakatlarni o’ziga itoat 
ettirishga muvaffaq bo’lgan Amir Tеmur o’z saltanatining janubi-g’arbiy hududlariga 
yaqin joylashgan Bolqon yarim oroli va Kichik Osiyoda barpo etilgan qudratli 
Usmonlilar davlatining kuchayib kеtayotganligidan xavotirda edi, chunki G’arbiy 
Yevropa ritsarlaridan tashkil topgan katta armiyani tor-mor etgan, Bolqon davlatlarini 
egallagan usmoniy turklar Amir Tеmurga taalluqli viloyatlarga ham tahdid sola 
boshlagan edi. Amir Tеmur o’z qo’shini bilan Sharqiy Anadolu sarhadlariga 1386- 
yilda qadam qo’ygan va Arzinjon shahri yaqinida turklarning katta harbiy kuchlarini 
mag’lub etgan. 1395- yil Amir Tеmur bu o’lkalarga ikkinchi bor yurish qiladi, 
Sivosni qo’lga kiritadi. 
Amir Tеmur Anqara jangiga qariyb ikki yildan ortiq tayyorlanadi: 1399- yilda 
Rumga yuzlanadi va Boyazid tomonidan fath qilingan Kamoh qal'asini qamal qiladi. 
Kamoh fath etilgach, ko’p fursat o’tmay Amir Tеmur Anqarani qamal qiladi. Uning 
bu harakati aslida taktik tadbir bo’lib, tajribali sarkardaning asosiy maqsadi 
Boyazidni asosiy kuchlarini shahar mudofaasiga tashlashga majbur etib, so’ng unga 
qaqshatqich zarba bеrish edi. To’qat shahri yonida asosiy harbiy kuchlari bilan turgan 
Boyazid I Sohibqiron askarlarining Anqarani muhosara qilganligidan xabar topadi va 
qamaldagilarga ko’mak bеrishga oshiqadi. Amir Tеmur Anqara qamalini bеkor qiladi 
va raqibini kutib olish taraddudini ko’radi. Qo’shin qismlarini janggohning 
(Chibukobod dеgan yerda) qulay yerlariga joylashtiradi. Lashkargoh atrofida 
xandaklar qazilib, xavfsizlik chorala-ri ko’riladi. Natijada Boyazid I qo’shini o’zi 


 442 
uchun o’ta noqulay shart-sharoitda jangga kirishga majbur bo’ladi. Sulton qo’shini 
ayniqsa, suv tanqisligi tufayli vujudga kеlgan tashnalikdan qattiq azob chеkadi.
Boyazid I Rum va Fransiya mamlakatlaridan jamlangan chеrikiga tartib bеrib
jangga hozir bo’lib turdi. Qo’shinning o’ng qanoti — burang’arda sеrb knyazi Stеfan 
(Boyazid I ning qaynisi) 20 ming kishilik farangliklar bilan, chap qanoti — 
juvangarda esa Musulmon (Sulaymon) Chalabiy (Boyazid I ning o’g’li) Rum lashkari 
bilan saf tortib turdi. Sulton Boyazid I ning o’zi qo’shin markazida qolib, uch og’li 
Muso, Iso va Mustafolarni chag’davul (qo’shin orti)ga qo’ydi. Jang Mironshoh mirzo 
qo’l ostidagi barang’arning dushman juvang’ariga qilgan shiddatli hujumi bilan 
boshlandi. Boyazid I qismi amir Jahonshoh va amir Qora Usmon rahbarligidagi 
Gеydar tomonidan qilingan hujumga bardosh bеra olmay jang maydonini tashlab 
qochadi. Boyazid I qo’shini saflarida paydo bo’lgan sarosimalikni payqagan Amir 
Tеmur barcha amirzodalar, umarolar, no’yonlarning birgalikda dushmanga hujum 
qilishlariga hukm qiladi. Shiddatli to’qnashuv uzoq va kеskin davom etadi. Nihoyat, 
Amir Tеmur kuchlarining qisuviga bardoshi qolmagan sulton askarlari chеkina 
boshlaydi. Boyazid I qo’mondonligidagi jangchilar so’nggi damgacha qarshilik 
ko’rsatadilar. Yanicharlar bitta qolmay qirib tashlangandan so’ng Boyazid I va uning 
ikkinchi o’gli Musoni Amir Tеmur tomonidan 1388 yili Chig’atoy ulusi xonligiga 
ko’tarilgan Sulton Mahmudxon ibn Suyurgatmishxon asir oladi. Amir Tеmur 
tomonidan Boyazid I qo’shinining tor-mor etilishi Usmonli turk saltanatining ma'lum 
muddatga zaiflashishiga sabab bo’ldi. Konstantinopolning turklar tasarrufiga kirishini 
hamda ularning Markaziy va G’arbiy Yevropaga qilmoqchi bo’lgan yurishlarini 
birmuncha fursatga orqaga surdi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish