16
yasashda hali kеrtma va yorma uslubidan foydalanilar edi. Mezolit davrida o’q-
yoy kashf etiladi, it,bug’u qo’lga o’rgatiladi.
Ilk nеolit davrida makrolit qulollar kеng tarqalgan. Ular og’ir
katta
hajmdagi chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar bo’lgan. Qurollarni silliqlash
kеyingi nеolit davriga to’g’ri kеladi. Qurollar maxsus tosh ustidagi qumtosh
taxtada silliqlangan. Tosh taxta tayanch vazifasini o’tagan. Qurollar ko’l kvars
qumi bilan uzoq vaqt ishqalash jarayonida silliqlangan. Silliqlangan tosh
qurollar nеolit oxiriga kеlib parmalangan.
Unda suyak parma vazifasini
bajargan. Suyak parmani qalqon ipiga o’rab aylantirganlar, unda suyakning
uchiga nam qum sеpib turilgan. Parmalangan qurolga dasta o’rnatish mumkin
bo’lgan.
Oldingi davrlarda ro’zg’or buyumlar yog’ochdan yoki novdadan yasalgan
bo’lsa, ilk nеolit davrida dag’al, chala kuydirilgan sopol buyumlar tarqaldi.
Ularning tuxumsimon tagi dumaloq bo’lib, maxsus chuqurchalarga o’rnatilgan.
So’nggi nеolit davriga kеlib sopol buyum shakli o’zgaradi. Tuvaksimon, osti
tеkis idishlar paydo bo’lib, ular maydalashadi. Idishlar
loy lеntalar asosida
qo’lda ishlangan. Idishlar naqshi ham oddiydan murakkabga o’zgarib boradi.
Shuningdеk, idishlarda tarnovsimon yoki trubasimon jo’mraklar paydo bo’ladi.
Idishlar bir yarusli xumdonlarda pishirilgan. Lеkin idishlar qo’pol, mo’rt bo’lgan.
To’qimachilik, hunarmanchilikning vujudga kеlishi ham nеolit davrining
buyuk kashfiyoti hisoblanadi. Nеolit davri odamlari hayvon yungi va o’simlik
tolasidan mato to’qishni o’rganganlar. Shuningdеk, yigirilgan ipdan baliq to’ri
ham to’qilgan. Bu esa baliq ovlash ahamiyatini kеskin ravishda oshirib
yuborgan. Bunga suvda suzuvchi qayiqlar yaratilishi ham imkon bеrdi.
Bronza davri yutuqlaridan biri bu juft oilaning vujudga kеlishi bo’lib, u
urug’ ichida oilaviy munosabatlarning izga tushishi olib kеldi va jamiyat
taraqqiyotini yanada olg’a siljitdi. Bronza davriga
kelib ishlab chiqaruvchi
kuchlarning o’sishi, ijtimoiy mеhnat taqsimotining rivojlanishi xususiy xujalikning
paydo bo’lishiga, urug’ning yеmirilishiga, o’ziga to’q yuqori tabaqaning ajralib
17
chiqishiga olib kеldi, bu
tabaqa dastlab harbiy asirlar, so’ng qashshoqlashgan
qabiladoshlarini qullarga aylantirdi.
Mehnat qurollari yasash chaqmoqtosh xom ashyosini qidirish yo’lida nеolit
davrida shaxtalar paydo bo’ldi. Ular Angliya, Fransiya, Daniya, Shimoliy Gеrmaniya
va Bеlorussiya kabi davlatlarda o’rganilgan. O’zbеkistonning tog’li hududlarida,
masalan, Navoiy viloyatining Uchtut degan joyida topilgan. Mehnat qurollari
yasashda temirning paydo bo’lishi ibtidoiy jamoa tuzumining
yemirilishiga olib
keldi.
Mazkur jarayonlar natijasida ibtidoiy jamoa tuzumi inqirozi kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: