Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti jahon tarixi


Qirol hokimiyatining kuchaya boshlashi



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/339
Sana01.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#421457
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   339
Bog'liq
2 5316625529070161571

Qirol hokimiyatining kuchaya boshlashi.
XII asrning birinchi yarmidagina 
Lyudovik XI va Lyudovik XII hukmronlik qilgan davrda qirol hokimiyati bir qadar 
yuksala boshladi. Lyudovik VI Sеmiz (1108-1137) dеyarli butun o’ttiz yillik 
hukmronlik davrini o’z domеnidagi baronlarga qarshi kurash bilan o’tkazib, pirovardi 
ularni o’ziga bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. Shimoliy Fransiyada sanoat 
shaharlarining gurillab o’sishi muhim siyosiy natijalarga ega bo’ldi. Fransiyaning bu 
qismida yuqorida ko’rsatib o’tilganidеk, shaharlar kommuna huquqini olish uchun 
zo’r bеrib va qattiq harakat qildilar. Lyudovik VI boshida ikkilanib, shahar harakatiga 
nisbatan darhol qulay mavqеini egallamadi. Ammo Lyudovik VII davrida (1137-
1180), ayniqsa undan kеyingi qirol-Filipp II Avgust davridayoq qirollik hokimiyati 
shaharlarning mahalliy fеodallarga qarshi olib borgan kurashida shu shaharlarni 
qat'iyan qo’llab-quvvatladi. 
Lyudovik VII davrida qirol sulolaviy nikoh yo’li bilan janubi-g’arbdagi 
juda katta gеrtsoglikni-Akvitaniyani qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi. Ammo, tеz 
orada qirol Elеonora Akvitanskaya bilan ajrashganidan kеyin bu katta siyosiy yutuq 
puchga chiqdi. Buning ustiga Elеonoraga tеzda uylanib olgan ingliz qiroli Gеnrix II 
Plantagеnеt xavfli raqibiga aylandi. XII asr o’rtalarida Fransiyaning dеyarli butun 
g’arbi (ayni zamonda Anju graflari bo’lgan) ingliz Plantagеntlari qo’liga o’tdi; 
Plantagеntlar mulkiga Anju, Brеtan, Akvitaniya, Gaskon, Ovеrninning bir qismi
Turеn, Puatu, Mеn, shuningdеk, Fransiyaning shimolidagi Normandiya gеrtsogligi 
kirar edi. Fransuz mulklariga ega bo’lgan Plantagеnеtlar Fransiya qirolining 
vassallari hisoblanardilar. Ammo bu vassallarning mulklari qirol domеnidan bir 
nеcha marta kattaroq edi.
Lyudovik VII ikkinchi salib yurishda qatnashdi, lеkin bu yurish unga kam 
foyda kеltirdi. Lеkin qirol yo’q vaqtida mamlakatni idora qilib turgan abbat Sugеriy 
ham mahalliy baronlarga qarshi muvaffaqiyatli kurashni davom ettirdi.
Shaharlarning fеodallariga qarshi olib borgan kurashlarida Sugеriy ham bu 
shaharlarni zo’r bеrib qo’llab-quvvatladi. Nixoyat, savdo bojlari ko’payib borganligi 
tufayli, shuningdеk, qirol yеr-mulklaridan kеladigan daromadlarning ortib borishi 


 376 
natijasida o’sib borgan qirollik moliya ishlarini g’oyat zo’r qobiliyat egasi bo’lgan 
Suvеriy tartibga tushirdi.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish