Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi tinglovchisi Baltabayev Kamil Karimberdiyechning “Vint chiziqlari. rezbalar, ularning turlari, belginishi va ishlatilishi” modulini AutoCAD dasturidan foydalanib o‘qitish metodikasi mavzusidagi bitiruv ishiga
RAHBAR XULOSASI
Bugungi kunda ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga qo‘yilayotgan talablar ham tobora ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida o‘qitish tizimiga ilg‘or, shu jumladan, hamkorlik va interfaol ta’lim texnologiyalarini izchil tatbiq etishni taqozo etadi.
Hamkorlik ta’limi o‘qituvchi-o‘quvchi yoki o‘qituvchi-o‘quvchilar jamoasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptiradi. O‘qituvchi va o‘quvchi (o‘quvchilar) o‘rtasidagi hamkorlik sinf jamoasini oqilona shakllantirish, o‘quvchilarda jamoaviy tuyg‘ularini qaror toptirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Interfaol ta’lim texnologiyalari ta’lim jarayonini tashkil etish ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini ta’minlaydi. Zamonaviy ta’lim doimiy ravishda fan va texnologiya rivoji bilan bog‘liqlikda ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, metod va vositalarining yangilanib borishini talab qiladi.
Jamoa bir necha a’zolardan tashkil topgan muayyan guruh bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad asosida birlashib, bu maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi.
Jamoa o‘zida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon qiladi va uni shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, u ko‘pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlariga ko‘ra to‘rt bosqichdan iborat.
Jamoani shakllantirish o‘ziga xos metodika asosida amalga oshiriladi. Jamoaning mustahkam bo‘lishi, a’zolari o‘rtasida o‘zaro yordam hamda hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu vazifalami bajarish uchun tadqiqot ishida “Chizmachilik” fanining Sillabusi ishlab chiqildi, talabalaming ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish va ulami loyihalash ishlariga jalb qilish maqsadida bir qator noan’anaviy va an’anaviy test topshiriqlari, modul bo‘yicha Keys-stadi tuzildi va ulardan dars jarayonida foydalanish namunalari keltirildi.
Tadqiqot ishining eng ahamiyatli jihatlaridan biri Chizmachilik fanining “Vint chiziqlari. rezbalar, ularning turlari, belginishi va ishlatilishi” modulini interfaol ta’lim metodlari asosida o‘qitish metodikasi mavzusi bo‘yicha materiallami to’liq qamrab olgan taqdimotning tuzilganida deb hisoblaymiz. Taqdimot sodda, talabalar tushunishi oson ko‘rinishda, nazariyaga bog’langan xolda olingan misollarga asoslanib tuzilgan. Undagi barcha ma’umotlar va o‘qituvchining maxorati talabalaming fanga qiziqishlari ortishiga turtki bo’ladi.
Darslaming tarkibiy qismlari ishlab chiqilib, amaliy mashg‘ulotlar uchun talabalar bajaradigan individual topshiriqlarga namunalar, hamda o‘rganilgan mavzu materiallarini mustahkamlash uchun misollar ishlab chiqildi. Chizmachilikdan amaliy mashqlar har bir yangi mavzu materiallari bilan bog’liq xolda guruhlarda o‘qituvchi nazoratida bajarilib, talabalaming bilimlarini baholab borishda ancha qulayliklar yaratadi.
Taklif qilingan nazariyani bevosita amaliyot bilan boglanishi, talabalar uchun yangi tushunchalami qiziqarli shakllarda o‘zlashtirish imkoniyatlarining mavjudligi pedagogika fani bo‘yicha darslar samaradorligining sezilarli ortishini ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda talabalar mustaqil bajaradigan uy ishlarining xajmi, mazmuni ham qayta ko‘rib chiqilib, takomilashtirildi. Jumladan, talabalar uchun bir shartli variantlar taklif qilinib, bu topshiriqlar orqali talabalar yangi tushunchalami o‘zlashtiradilar, ularda pedagogik ko‘nikmalari, malakalari shakllanib, pedagogik madaniyatlari rivojlanadi.
K.K.Baltabayev tomonidan tayyorlangan “Vint chiziqlari. rezbalar, ularning turlari, belginishi va ishlatilishi” modulini AutoCAD dasturidan foydalanib o‘qitish metodikasi mavzusidagi bitiruv ishi qo’yilgan talablarga to’liq javob beradi va men uni himoyaga tavsiya etaman.
Nizomiy nomidagi TDPU
“Muhandislik va kompyuter grafikasi”
kafedrasi dotsenti A.N.Valiyev
Do'stlaringiz bilan baham: |