Jnnovatsiyalarni boshqarish jarayonining mohiyati. Menejmentning asosiy predmet funksiyalari innovatsiyalarni boshqarish jarayonining mo hiyatini aniqlaydi va innovatsion faoliyat maqsadlarini shakllantirishni, in novatsiyalarni rejalashtirishni, innovatsiyani ishlab chiqarishdagi ishlarni tashkil etish va nazoratni o'z ichiga oladi. (1.5-chizma).
Innovatsion faoliyat maqsadlari shakllanishi. Berligan chizma bo'yicha boshqaruv jarayoni aniq vaqt oralig'ida innovatsion faoliyatni maqsad va vazifalarini shakllantirishdan boshlanadi. Innovatsion menejmentda maqsad- bu barcha ko'rsatkichlar yig'indisi sifatida olingan rejalashtirilgan davrda innovatsion tizimning talab etilgan yoki talab etilmagan (istalgan) holati. Tashkilot yoki faoliyat maqsadlari ma'lum vaqt oralig'ida o'zining aniq yo'nalishga ega bo'lishi kerak. Shunday qilib, tashkilot maqsadi, bir tomon dan, jarayon baholanishi va prognozi natijasi bo' lib, ikkinchi tomondan, rejalashtirilgan innovatsion tadbirlarga chegara bo'lib xizmat qiladi. Shu ikki funksiyaga amal qilish uchun innovatsiya maqsadini shakllantirish bir qancha talablarga javob berishi kerak. Ulaming asosiylariga quyidagilar kiradi:
I. lnnovatsiya maqsadi aniq shaklga ega bo'lishi va o'lchana olishi kerak. Ular mohiyati bo'yicha ilmiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy yoki siyosiy ko'rinishga ega bo'lishi mumkin va ular rivojlanishning ishlab chiqarish, moliya, kadr, marketing vazifalarini yechishga yo'naltirilgan bo'ladi. Lekin barcha innovatsion faoliyat maqsadlarini shakllantirish hollarida aniq ko'rinishga ega bo'lishi, innovatsiya turi tavsifiga mos kelishi va tashkilot ichki hamda tashqi yo'nalishlarini aniqlamog'i lozim.
Innovatsiya maqsadlari kerakli natijalarga erishish uchun aniq vaqt bo'yicha taqsimlanmog'i lozim. Maqsadlarni vaqt bo'yicha yo'nalishi yo'llami aniqlashtirishga, ularga erishish usullariga, davrlarga taqsimlashga, tashkilot rivojlanishi to'xtovsizligini ta'minlashga imkon yaratadi.
lnnovatsiya maqsadlariga erishish mumkin bo'lishi kerak. Maqsad unga erishish strategiyasini shakllantirishga va qabul qilingan rivojlanish strategiyasini realizatsiya qilish bo'yicha rejaviy tadbirlar dasturi tayyor lash uchun ishlab chiqiladi. Shuning uchun innovatsion faoliyat maqsadIari jamoada erishish mumkin bo'lgan vazifalami qo'yishi lozim.
Innovatsiyalaming maqsadlari xilma-xilligi bir-biri bilan bog'liq va bir biriga qarama-qarshi bo'lmasligi kerak. Ma'qul innovatsion tashkilot maqsadlari tizimi shakli bo'Iib, uning maqsadlar daraxtini ko'rish tushuniladi.
Maqsadlarni shakllantirishjarayoni innovatsion rnenejmentning muhirn tadbirlaridan biri hisoblanadi. U innovatsion sohadagi barcha rejaviy hisob kitoblaming asosiy qismi va birlamchi puntki bo'lib hisoblanadi.
lnnovatsiya/arni rejalashtirish. Rejalashtirish innovatsion menejment funksiyasi sifatida rivojlanish maqsadlarini ta'minlanganlik va bozordagi talablarga innovatsion faoliyat asosiy yo'nalishlarini shakllantirishni o'z ichiga oladi. Innovatsiyani rejalashtirish mohiyati shundaki, u yerda hisob-kitoblarida quyidagilar bilan ta'minlanadi: IK maqsadlarini qisrnlash va ularni alohida tizim bo'limlariga yetkazish; realizatsiya qilinayotgan loyihalar hajmini aniqlash; innovatsion loyiha ish tirokchilari bo'yicha vazifalami taqsimlash; har davrga belgilangan vazifalami bajarishni ta'minlashni va alohida ishlarni realizatsiya qilish muddatlarini hamda ketma-ketlikka rioya qilishni, kerakli resurslar hajmini aniqlash.
Innovatsiyalarni rejalashtirish zaruriyati zamonaviy shartlarda tashkilot raqobatbardoshligini ta'minlash bilan bog'liq. Ular innovatsion loyiha ko'lamini kengayishi; innovatsion jarayonlarning ko'p variantlik va ehtimollik shakllari; innovatsion sohada kooperatsiyaning kengayishi va max suslashganlikni o'sishi; innovatsion faoliyat natijalari evaziga tashkilotning iqtisodiy majburiyatlari ortishi va xo'jalik mustaqilligini kengayishi bilan aniqlanadi. Innovatsion faoliyatning hamma sanab o'tilgan rivojlanish omillari innovatsiyadagi boshqaruv qarorlarini rejaviy ishlab chiqishni ta lab qiladi. Bu xulosa ham kichik IK.larga ham yirik IK!arga taalluqli. Innovatsion menejmentning bir butun tizimida rejalashtirish quyidagi asosiy vazifalarni hal qiladi:
innovatsion fao!iyat maqsadlarini tizimlashtirish va ularni alohida ijro etuvchilarga yetkazish;
belgilangan rivojlanish maqsadlariga erishishni tadbirlar, ilmiy, texnik va ishlab chiqarish vazifasini yechishni ta'minlaydigan dasturlarni shakllantirish;
alohida maqsadlar, tadbirlar va ijro etuvchilar o'rtasidagi vaqtinchalik bog'liqlik;
qabul qilingan innovatsion dasturlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar baholanishi;
innovatsion loyiha bo'yicha ishlarni bajarilishini nazorat qilish.
Rejalashtirilgan vazifalarni ha! qilish aniq tashkilot tizimlarini, ularni ijro etuvchilarni jalb qilishni va ularning kelishilgan holdagi faoliyatini tashkil qilishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |