10 Mavzu: INNOVATSION MENEJMENT ASOSLARI VA
XORIJ TAJRIBASI
Reja: Jnnovatsion menejment fanining predmeti va uslubi; innovat sion menejmentning maqsad va vazifalari, tashkil etish va nazorati; innovatsiyani klassifikatsiyasi; investitsion menejmentning mohiyati.
Tayanch iboralar: innovatsiya, innovatsion menejment, investitsion menejment, innovatsiyani klassifikatsiyasi, endogen uyg'unlik.
lnnovatsion menejment fanining predmeti va uslubi
l. Yangiliklar kiritish innovatsion menejmentning obyekti sifatida. In novatsion menejment O'zbekistondagi tadbirkorlarga va ilmiy ommaga nis batan yangi tushunchadir. Aynan shu vaqtda O'zbekistonda yangiliklar ko'payib ketmoqda. Iqtisodiyotni boshqarish formalari o'rniga boshqa yan gi uslublar va shakllar paydo bo'lmoqda. Bunday sharoitda mazkur faoliyat bilan davlat organlaridan tortib pastki tabaqalardagi korxonalar ham kichik biznes shaklida shug'ullanmoqlari lozim. Maxsus adabiyotlarda va rasmiy hujjatlarda ko'p hollarda iqtisodiyotning markazdan boshqarishga taalluqli bo'lgan tushunchalar, ya'ni ilmiy-texnikaviy progresslarni boshqarish, ilmiy texnik yutuqlarni ishlab chiqarishda qo'llash kabi tushunchalar qo'llanilar edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat korxonalari yuridik va iqtisodiy erkinliklarga ega, shu sababli hech qanday kiritishlar haqida (davlat tomonidan) gap bo'lishi mumkin emas. Bu prinsip orqali innovatsion menejment oblastidagi alohida tushunchalardagi farqlarni tushunish mumkin.
lnnovatsion so'zining ma'nosi ingliz tilidagi “innovatsion” so'zidan olingan bo'lib, yangilik va yangilik kiritish degan ma'noni bildiradi. Bu yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim. Yangilikni bozorga kiritish jarayonini tijoratlashish jarayoni deb atash lozim. Yangilikning paydo bo'lishi va uni hayotga tatbiq etilishi oralig'idagi vaqt innovatsion loyihasi deb ataladi. Kunlik amaliyotda, odat da, yangiliklar, yangilik kiritish, innovatsiya tushunchalarini o'xshatish ko'p uchraydi. qachonki har qanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizrnatlar va metodlar xillari tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish) o'shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi.
Bizga ma'lumki, mahsulot sifatini yoki xizmat sifatini o'zgartirish resurslar sarflanishini (energiya, vaqt moliya va boshqalar) talab qiladi. Yangilikni (novatsiya) kiritish jarayoniga (innovatsiya) o'tkazish jarayoni ham har xii resurslarni talab qiladi, ulardan muhimi investitsiya va vaqt hisoblanadi. lqtisodiy munosabatlar tizimiga o'xshash bozor sharoitlarida tovarning xaridi va sotuvi ramkasida shakllanadigan talab, taklif va narxlarda, asosiy innovatsion faoliyat komponenti sifatida yangilik, innovatsi ya - yangilik kiritish namoyon bo'ladi. Yangiliklar bozorini shakllantira di, investitsiyalar kapital bozorini, yangilik kiritish esa bozordagi sof raqobatni shakllantiradi.
Investitsiya keng ma'noda yangi texnologiyalar, turli mahsulotlar va xizmatlar, tashkiliy texnik va ijtimoiy iqtisodiy qarorlar shaklida ishlatilishi tushuniladi. Yangilikning tuzilishi, yaratilishi va tarqalishi jarayoni innovatsiyaning hayotiy sikli deyiladi. Yangiliklar bozori (novatsiyalar). Bozorning asosiy mahsuloti bo'lib, in tellektual faoliyatning ilmiy va ilmiy texnikaviy-natijaviy produkti hisoblanadi. Unga mualliflik va shunga o'xshash huquqlar (bu huquqlar xalqaro, respublka, korporativ va boshqa qonuniy, me'yoriy aktlar doirasida bo'ladi) taalluqlidir. Dunyo tajribasida ilmiy (ilmiy-tadqiqot), ilmiy-texnik faoliyat va shu bilan birga tajribaviy (konstruktorlik ishlari) kashfiyotlar o'rtasida farq mavjud. Ilmiy (ilmiy-tadqiqot) faoliyat yangi bilimlarni egallash, taqsimlash va qo'llashga qaratilgandir.
Sof raqobat bozori Kapital\ bozori
(investitsiya)
Do'stlaringiz bilan baham: |