Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti d. Lutfullayeva, M. Saparniyazova


V. 0 ‘ZBEK  TILI  B O Y K H A   MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI NING



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/47
Sana01.01.2022
Hajmi1,72 Mb.
#285382
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
Bog'liq
o`zbek tili va adabiyoti bo`yicha magistrlik dissertatsiyasini yozish va himoya qilish tartibi (d. lutfullayeva, m. saparniyozova)

V. 0 ‘ZBEK  TILI  B O Y K H A   MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI NING 

DASTLABKI VA RASMIY HIMOYA QILISH TARTIBI

0 ‘zbek  tili  bo'yicha  magislxlik  dissertatsiyalari  rasmiy  himoya  sanasidan 

kamida  1  oy oldin mutaxassislik kafedrasida dastlabki himoyadan o'tkazilishi  lozim. 

Magistrlik  dissertatsiyasi  ilmiy  rahbaming  ishning  tugallanganligi  va  uni  himoyaga 

tavsiya  etish  haqidagi  xulosasi  (5-ilova)  hamda  ichki  va tashqi  opponentlar taqrizi 

(6-iIova)  asosida  kafedra  tomonidan  tuzilgan  komissiya  va ilmiy  rahbar  ishtirokida 

dastlabki  himoyaga  qo‘yiladi.  Dastlabki  himoyaga  boshqa  kafedralar  va  oliy  ta’lim 

muassasalandan  mutaxassislami  tak;lif  etish  mumkin.  Dastlabki  himoya  natijalari 

bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

“Magistratura  to‘g‘risidagi  Nizom”ga  muvofiq  dastlabki  himoyaga  kirgunga 

qadar  talaba  dissertatsiya  mavzusiga  doir  kamida  2  ta  ilmiy  maqola  yoki  tezisga, 

ichki  va tashqi  hamda ilmiy  rahbar taqriziga ega bo‘lishi talab etiladi.  Talabalaming 

ilmiy  faoliyati  bilan  bog‘liq  izl.anish  natijalari  ilmiy  nashrlarda  va  ta’lim 

muassasalarining rasmiy saytlarida chop etilishi mumkin.

Talaba  tomonidan  dissertatsiya  dastlabki  himoya  sanasiga  qadar  kafedraga 

bosma  muqovalangan  hamda  elektron  shaklda  taqdim  etilishi  lozim.  Dastlabki 

himoyadan  keyin  1  hafta  muddatda  himoyadan  o‘tgan  dissertatsiyaning  talaba 

familiyasi,  ismi,  otasining  ismi  hamda  ilmiy  rahbari,  yo'nalishi  ko‘rsatilgan  holda 

annotatsiyasi 

oliy 

ta’lim 


muassasasining 

rasmiy 


saytida 

e’lon 


qilinadi. 

Dissertatsiyaning  annotatsiyasi  tanlangan  mavzuning  dolzarbligini,  tadqiqotning 

maqsadi  va  vazifasini,  obyekti  va  predmetini  hamda  tadqiqot  bosqichlarining 

qisqacha tavsifi  va metodologik asoslarini  o‘z ichiga olishi  kerak.  Annotatsiya hajmi 

200  so‘zdan  oshmasligi  lozim.  Dissertatsiyalaming  rasmiy  himoya sanasi  oliy  ta’lim 

muassasasi  rektori buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilanadi va e’lon 

qilinadi (7-ilova).



Magistrlik 

dissertatsiyalarini 

himoya  qilish 

komissiyalari 

tomonidan 

dissertatsiyalaming rasmiy himoyasi o‘tkaziladi.

“Magistratura  to‘g‘risidagi  Nizom”ga  binoan  dissertatsiyaning  rasmiy 

himoyasida  talaba  tomonidan  dissertatsiya  taqdimoti  berilishi  lozim.  Dissertatsiya 

taqdimoti 20 daqiqadan oshmagan holda elektron shakldagi  materiallar orqali taqdim 

etiladi.


Magistrlik  dissertatsiyasi 

taqdimotida  quyidagi  masalalar  yoritib  berilishi

lozim:

-dissertatsiya mavzusining dolzarbligi;



-dissertatsiyaning maqsad va vazifalari;

-dissertatsiya tarkibi;

-tadqiqotning  nazariy  poydevori,  ya’ni  manbalarni  tanqidiy  ko‘rib  chiqish 

natijasida  hosil  boigan  va  dissertatsiyaning  asosiy  qismini  tashkil  etuvchi 

tizimlashtirilgan nazariy bilimlar;

-tadqiqotning metodologik asosi;

-tadqiqot olib borilishiga doir farazlar va cheklovchi shart-sharoitlar;

-talaba tomonidan  dissertatsiyani  bajarish  davomida olingan  asosiy natijalar va 

ulaming dissertatsiya mavzusiga to‘g‘ri kelishi, ishonchliligi va qoilanilish sohasi; 

-talaba tomonidan olingan natijalaming nazariy va amaliy ahamiyati;

-  tadqiqot natijalarini rivojlantirish istiqbollari.

Himoya vaqtida talaba magistrlik dissertatsiyasida amalga oshirilgan vazifalar, 

dissertatsiyada  o‘rtaga  tashlangan  muammoning  yechimi,  erishilgan  ilmiy  natijalar 

haqida  to‘liq  ma’lumot  beradi,  ko‘tarilgan  muammo  bo'yicha  o‘z  nuqtayi  nazari, 

amaliy tavsiyalarini bayon qiladi.

Dissertatsiyani  himoya  qilish  vaqtida  talabaga  komissiya  a’zolari  mavzu 

yuzasidan  savollar berishi mumkin.  Talaba komissiya a ’zolari  va rasmiy opponentlar 

taqrizida ko'rsatilgan e’tiroz va kamchiliklarga javob beradi.

Hay’at  a’zolari  talabaning  himoyadagi  javoblari  hamda  dissertatsiyaga 

qo'yilgan talablar asosida tadqiqot ishiga yakuniy baho beradilar.

“Magistratura  to‘g‘risidagi  Nizom”ga  binoan  dissertatsiya  rasmiy  himoyaga 

qo'yilmagan  yoki  unga  qoniqarsiz  baho  qo'yilgan  taqdirda  talaba  uni  tayyorlash  va 

himoya  qilish  tartib  qoidalariga  rioya  qilgan  holda  keyingi  3  o‘quv  yili  davomida 

qayta himoya qilishi mumkin.  Ushbu muddat o'tgandan so‘ng dissertatsiyani himoya 

qilishga ruxsat berilmaydi.

Ko‘tarilgan  muammoning  tadqiq  darajasi,  magistrlik  dissertatsiyasi  va  uning 

boblarida  ko‘tarilgan  masalalar  tahlili  asosida  mukammal  darajada  yozilgan  ilmiy 

asoslarga  boy  dissertatsiyani 

amaliyotga  tatbiq  etishga,  xususan,  o‘quv 

mashg‘ulotlarida foydalanishga tavsiya etish mumkin.  Himoya hay’ati  qarori  asosida 

bunday magistrlik dissertatsiyasini nashr etishga tavsiya etish ham mumkin.

17




Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish