VII BOB. XVII ASRDAN XIX ASRNING YARMIGACHA
TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI
XIX asrning 2-yarmida Turkistonda maktablar tizimi.
O’lkani Rossiya imperiyasi bosib olgandan so’ng 1870
yillarda
qizlar talimi bo’yicha bazi malumotlar mavjud. Turkistonda shahar
va qisman qishloqlarda qizlar uchun boshlang’ich maktablar ham
mavjud bo’lgan. Qishloq joylarda qizlar maktabi juda kam hollarda
uchrar edi. Bazi hududlarda 100 ta maktabga bitta qizlar maktabi
ham to’g’ri kelmas edi. Biroq bazi shaharlarda qizlar maktablarining
soni o’g’il bolalar maktablarining chorak qismiga teng kelgan.
Toshkent rus qo’shinlari tomonidan egallangan
paytda shaharning
bazi qismlarida qizlar maktablari va o’quvchilari soni o’g’il bolalar
maktablarining ½ qismiga to’g’ri kelgan va ularda o’quvchilar soni
nisbatan kam bo’lgan.
A.P.Xoroshkin va Toshkent shahrida yashovchi mullalarning
xabar berishicha, 1864 yilda ruslar bilan bo’lgan urush uchun soliq
joriy etsh bo’yicha ro’yxatga olish o’tkazilganda, 8000
ming nafar
o’quvchi bolalar, 4000 nafar o’quvchi qizlar qayd etlgan. Birgina
Sebzor dahasida 25 nafar o’g’il bolalar va 15 nafar qizlar,
Shayxontohur dahasida esa 20 ta o’g’il bolalar va 10 ta qizlar
maktablari mavjud bo’lgan. Otnbibi maktabida o’quvchi qizlar bilan
birgalikda o’g’il bolalar ham birga talim olgan hollari ham bo’lgan.
Qizlar maktablaridagi mashg’ulotlarda
asosan fors-tojik va turkiy
tldagi asarlar o’rgatlgan. Ushbu talim muassasalarida “Talimi
bayonot”, “Muosharat odobi”, “Tarbiyali xotun” va boshqa Sharq
axloqiy madaniyatni o’z ichiga oluvchi fanlar o’qitlgan.
A.P.Xoroshxinning 1876 yildagi malumotga ko’ra, qizlar 7-11
yoshdan o’qitlgan, 11-15 yoshdan esa tkuvchilikka o’rgatlgan.
Bundan shu narsa kuzatladiki, qizlar maktablaridagi talim dasturlari
o’g’il bolalar maktablari dasturlariga nisbatan kam qamrovli
bo’lgan.O’rta Osiyoda o’g’il va qiz bolalar birga talim oluvchi
aralash
maktablar
bo’lganligi
haqida
malumotlar
deyarli
uchramaydi. 1906 yil Kaspiyorti viloyati
maktablarining ahvoli
haqida malumot bergan N.P.Ostroumov turkmanlar orasida, bazi
joylarda o’g’il va qiz bolalar birga talim oluvchi maktablar mavjud
bo’lganligi, ularda atgi ikki yoki uch yil davomida talim berilishi
haqida malumot beradi.
Mustamlakachilik tzimini o’rnatlishi va o’lkada
rus aholisi soni
o’sib borishi bilan rus tlida so’zlashuvchi aholi qizlarini talimiga
bo’lgan ehtyoj o’sib bordi. Qizlar uchun gimnaziya, Mariin bilim
yurtlari kabi talim muassasalarini
tashkil etldi va mazkur
maskanlarda mahalliy aholi vakillarini talim olishlariga imkon
berilishi kam miqdorda bo’lsada, qizlar talimiga ijobiy tasir o’tkazdi.
XIX asr 70-yillarida Toshkent va Chimkentda qizlar uchun bo’lim
hamda hunarmandchilik sinflari, Kazalinskda qizlar uchun
yakshanba sinflari bo’lgan boshlang’ich bilim yurtlari tashkil etldi.
Ushbu bilim yurtlarining
barchasi muayyan rejalarsiz, asosan,
o’lkadagi rus aholisining talim olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish
maqsadida tashkil etlgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: