Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining



Download 4,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/252
Sana02.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#479098
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   252
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining 
ochilishi.
Jadidlar harakat ijtmoiy-tarbiyashunoslik tafakkurining 
alohida bir oqimi sifatda Turkistonda yashovchi xalqlar orasida 
shakllandi. Turkistondagi jadid (jadid so’zi arabcha “yangi usul”, 
“yangilik”, demakdir) maktablarining yuzaga kelishi mashhur qrim-
tatar arbobi Ismoilbek Gaspirali nomi bilan bevosita bog’liqdir. 
1851-yilda tavallud topgan Ismoilbek Gaspirali ilg’or demokratk 
g’oyalarni musulmonchilikning diniy asoslari bilan birlashtrish 
yo’lida qizg’in kurash olib bordi. Turkiy xalqlarning milliy 
mustaqilligi uchun kurashgan Ismoilbek Gaspirali o’z navbatda 
jadidchilik oqimining asoschisi sifatida dunyoga tanildi. Ko’p 
yurtlarda safarda bo’lgan Ismoilbek Gaspirali xalq taraqqiyoti 
birinchi navbatda maorifga bog’liq ekanligini anglab etb
jamiyatdagi tub o’zgarishlarni amalga oshirishni yangi usuldagi 
maktab tuzishdan boshladi. Gaspirali tomonidan ochilgan yangi 
usuldagi maktab tez orada shuhrat qozondi. Jadid maktablarining 
ommaviy tus olishiga asosiy sabab I.Gaspirali tomonidan 1883-
yildan boshlab nashr etla boshlangan “Tarjimon” gazetasi bo’ldi. 
Shu bilan birga Ismoilbek Gaspirali o’zi tashkil maktab uchun bir 
qator darsliklar va o’quv qo’llanmalari ham yaratdi. Uning yangi 
usuldagi maktab hayotga bag’ishlangan asarlari jumlasiga “Hujai 
Subyona”, “Qirsat turki”, “Rahbari muallimin” kabi darslik va o’quv 
qo’llanmalarini kiritsa bo’ladi. Gaspiralining ushbu asarlari o’quv 
jarayonini tashkil etsh, darsliklarga qo’yiladigan talablar, musulmon 
o’quv adabiyotda qo’llaniladigan didaktk va metodik ko’rsatmalar 
bilan jadid maktablari taraqqiyotga ulkan hissa qo’shdi. 
I.Gaspirali boshqa turkiy xalqlar qatori o’zbek millatdagi ijtmoiy 
fikrlar taraqqiyoti va shu jumladan, haqiqiy vatanparvar o’zbek 
ziyolilari, pedagoglarining kamol topishida ham o’chmas iz qoldirdi. 
1893-yili Ismoil Gaspirali Turkistonga kelib, chor huqumat 
amaldorlarini va Buxoro amiri Abdulahadni musulmon maktablarini 
isloh qildirishga ko’ndirmoqchi bo’ladi. 


Ismoil Gaspirali Buxorodan so’ng poezdda Samarqandga 
borgan, 
undan 
Toshkentga 
kelib, 
Turkiston 
general-
gubernatorligidagi, 
amaldorlar 
bilan 
o’z 
niyat-maqsadlarini 
o’rtoqlashgan. Biroq, Toshkentda uni yaxshi kutb olishmadi, 
loyihasi esa etborsiz qoldi rildi. 1893-yil 8-iyunda u yana 
Samarqand orqali Buxoroga qaytb borgan va amir bilan uchrashib
E.J.Laxzarining ko’rsatishicha, uni yangi usuldagi bir maktab 
ochishga ko’ndirgan. Ikkinchi usuli jadid maktabini 1898 yilda 
Qo’qonda Salohiddin domla ochdi. Shu yili To’qmoqda ham yangi 
usul maktabi paydo bo’ldi. 1899-yili Andijonda Shamsiddin domla 
va Toshkentda Mannon qori yangi usul maktabini ochdilar. 1903 
yilda, umuman, Turkistonda 102 ta boshlang’ich va 2 ta o’rta jadid 
maktabi bor edi. Bulardan 6 tasi Buxoro amirligida va 8 tasi Xiva 
xonligi hududida edi. 

Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish