SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
3.
“Savodsizlikni tugatish” kompaniyasi haqida nimalarni
bilasiz?
4.
O’zbekistonda sobiq sho’rolar davrida mavjud bo’lgan qanday
bosqichlardan iborat maktablar haqida bilasiz?
5.
O’zbekistonda birinchi universitet qachon tashkil etilgan?
6.
Quyida keltirilgan chizma bilan tanishing. Chizmaning chap
tomondagi ustuniga sobiq sho’rolar davri ta’lim tizimining ijobiy
tomonlarini, o’ng tomonida esa mazkur davr ta’lim tizimining salbiy
tomonlarini yozing.
Sobiq sho’rolar davri ta’lim
tizimidagi ijobiy o’zgarishlar
Sobiq sho’rolar davri ta’lim
tizimining salbiy tomonlari
IX BOB. MUSTAQIL O’ZBEKISTON TA’LIM TIZIMI.
MUSTAQILLIK YILLARIDA PEDAGOGIK FIKRLAR
RIVOJI
Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan
islohotlar.
Bugungi kunda, umumiy e’tirofga ko’ra, XXI asr
globallashuv va chegaralarning barham topish davri, axborot-
kommunikasiya texnologiyalari va internet asri, jahon maydonida va
dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan raqobat asriga aylanib
borayotganini isbotlab berishga hojat yo’q, albatta.
Bunday sharoitda inson kapitaliga yo’naltirilayotgan investitsiya
va qo’yilmalarning o’sishini, hozirgi zamonda demokratik
taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan
maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch
bo’lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash
vazifasini doimo o’zining asosiy ustuvor yo’nalishlari qatoriga
qo’yadigan davlatgina o’zini namoyon eta olishi mumkin.
Avvalo shuni ta’kidlash zarurki, bundan 15 yil oldin qabul
qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim
sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat
qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga
asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan «o’zbek
modeli» - o’z taraqqiyot yo’limizning ajralmas tarkibiy qismidir.
Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jahondagi
taraqqiy topgan ilg’or mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning
natijasi sifatida o’tmishda majburan singdirilgan kommunistik
mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish,
odamlarning, birinchi navbatda, unib-o’sib kelayotgan avlodning
ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo’lib,
qisqacha aytganda, bu dastur o’z fikriga, o’zining qarashlari va
qat’iy grajdanlik pozisiyasiga ega bo’lgan, har tomonlama yetuk va
mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’ygan.
Uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski ta’lim tizimini tubdan
qayta qurmasdan va isloh etmasdan turib bu maqsadga erishish aslo
mumkin emas edi.
Agarki O’zbekistonda aholining qariyb 35 foizini 16 yoshgacha
bo’lgan bolalar, 60 foizdan ziyodini esa 30 yoshgacha bo’lgan
yoshlar tashkil etishini hisobga oladigan bo’lsak, bu islohotlarning
roli va ahamiyati o’z-o’zidan tushunarli va ravshan bo’ladi.
Mustaqillik yillarida ta’lim jarayonini yangicha talablar asosida
tashkilqilish, takomillashtirish bo’yicha olib borilgan jiddiy
izlanishlar
natijasida
avvallari
faqat
aholining
umumiy
savodxonligini ta’minlash bilan cheklangan ta’lim mazmuni tubdan
yangilandi.
MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib Davlat ta’lim standartlari
ishlab chiqildi va joriy etildi. Amaliyot jarayonida ta’lim turlariaro
uzviylikni, uzluksizlikni ta’minlash maqsadida o’quv fanlari
bo’yicha DTS hamda o’quv dasturlari takomillashtirilmoqda,
muvofiq-lashtirilmoqda.
Ta’lim muassasalarida 9875ta fizika, 9487ta kimyo laboratoriya
xonalari, 9390ta biologiya xonalari tashkil etilib, zamonaviy o’quv-
laboratoriya jihozlari bilan to’ldirildi. Shuningdek, barcha ta’lim
muassasalaridagi «Ma’naviyat va ma’rifat», kasbga yo’naltirish,
chizmachilik, tasviriy san’at va rassomlik, chet tili xonalari hamda
faollar zali, tibbiyot xonasi, ma’muriy-metodik xona va barcha turar
joylar zamonaviy mebel va maxsus jihozlar bilan bekamu ko’st
ta’minlandi.
O’tgan yillar mobaynida ta’lim tizimini tubdan yangilash va
isloh etish bo’yicha miqyosi va ko’lamiga ko’ra ulkan ishlar amalga
oshirildi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat
ko’rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan qurildi,
kapital rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o’quv-laboratoriya
asbob-uskunalari bilan ta’minlandi. O’quv jarayonini sifat va
metodik jihatdan butunlay yangilash bo’yicha ulkan chora-tadbirlar
amalga oshirildi.
O’zbekistonda maktab ta’limi 7 ta tilda: o’zbek, qoraqalpoq, rus,
qozoq, qirg’iz, turkman va tojik tillarida olib borilmoqda.
Mamlakatimizda 1500 dan ortiq yangi kasb-hunar kolleji va
akademik litsey barpo etildi. Siz, konferensiya qatnashchilarining
ko’pchiligi ushbu bilim maskanlari bilan tanishar ekansiz, ular o’z
me’moriy qiyofasi va texnik ta’minotiga ko’ra eng yaxshi oliy ta’lim
muassasalaridan aslo qolishmasligiga ishonch hosil qilishingiz
mumkin. Kasb-hunar kollejlaridagi zamonaviy o’quv-laboratoriya,
kompyuter va ishlab chiqarish asbob-uskunalari o’quvchilar uchun
umumiy fanlar bo’yicha nafaqat to’liq bilimlar hajmini egallash,
ayni vaqtda ushbu o’quv yurtlaridagi zamonaviy texnika va
texnologiyalarni o’zlashtirish imkonini ham beradi.
Ta’lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab
qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy ta’lim
muassasalari muhim o’rin egallamoqda. O’tgan davr mobaynida
ularning soni ikki barobar ortdi va bugungi kunda mamlakatimizdagi
59 ta universitet va oliy o’quv yurtida 230 mingdan ziyod talaba
ta’lim olmoqda.
O’zbekistonda Vestminster universiteti, Singapur menejmentni
rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va
gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot
universiteti kabi yuksak xalqaro obro’-e’tibor va chuqur tarixiy
ildizlarga ega bo’lgan Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy ta’lim
muassasalarining filiallari tashkil etildi va muvaffaqiyatli faoliyat
ko’rsatmoqda. Ushbu oliy ta’lim muassasalarida mashinasozlik,
neft-gaz ishi, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes
boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat huquqi kabi mehnat
bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha bakalavr va
magistrlar tayyorlanmoqda va biz uchun g’oyat muhim jihati
shundaki, ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan
diplomlarga ega bo’lmoqda.
Ta’lim tizimini tubdan isloh etish odamlarimizning ongu
tafakkuri va dunyoqarashini o’zgartirish, ularning siyosiy va
grajdanlik faolligini, o’z kelajagiga bo’lgan ishonchini oshirishning
eng muhim omili va mustahkam asosiga aylandi, desak, hech
qanday mubolag’a bo’lmaydi. Eng muhimi shundaki, bizning yangi
avlodimiz, bilimli, o’tmishning har qanday illatlaridan ozod bo’lgan
yoshlarimiz bugungi kunda mamlakatimizni demokratlashtirish va
liberallashtirish, uni yangilash va ishonchli tarzda ravnaq
toptirishning hal qiluvchi harakatlantiruvchi kuchiga aylanib
bormoqda.
Shu borada o’tgan davr mobaynida kasb-hunar kollejlari va
akademik litseylarni 2 million 300 mingdan ziyod o’g’il-qizlarimiz
bitirib chiqqani, joriy yilda esa 500 mingdan ortiq o’quvchi o’rta
toifadagi mutaxassis diplomini olib, o’qishni tamomlashini aytib
o’tish kifoya. Bu yoshlar nafaqat iqtisodiyotni modernizatsiya va
diversifikasiya qilishning, ayni vaqtda mamlakatimiz kadrlar
tarkibini sifat jihatidan yangilashning qudratli omili hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |