Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev



Download 4,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/252
Sana02.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#479098
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   252
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Gavda tutish estetikasi
oldinga-orqaga tebranish, og`irlikni bir 
oyoqdan ikkinchi oyoqqa o’tkazib turish, stul suyanchig`iga tayanib 
turish, boshni qashlash, burunni artish, quloq kavlash kabi zararli 
odatlarga yo’l qo’ymaydi. O’qituvchi gavdasining harakati chegarali 
va bosiq bo’lishi, ortiqcha silkinish va keskin harakatlardan holi 
bo’lishi shart. 


Mimika
 
- yuz muskullari orqali o’z sezgisi, fikri, kayfiyatini 
ifodalashdir. O’qituvchining yuz ifodasi va qarashi ba’zan 
o’quvchilarga so’zdan ham qattiqroq ta’sir ko’rsatadi. Mimika 
axborotning 
xususiy 
ahamiyatini 
oshiradi, 
uni 
puxtaroq 
o’zlashtirilishini ta’minlaydi. O’quvchilar o’qituvchi kayfiyati va 
munosabatini uning yuzidan uqib oladilar. Shuning uchun ham 
o’qituvchining yuzi uning sezgirligini ifodalashi bilan birga ularni 
yashirib turishi ham lozim. Oila tashvishlari, tashqaridagi 
kelishmovchiliklarni o’qituvchi o’zining yuz ifodasida bildirmasligi 
kerak. Yuz ifodasi va harakatlar faqat dars maqsadiga, o’quv-
tarbiyaviy ishni yaxshilashga yo’naltirilishi lozim. Yuz ifodasida 
ko’zlar muhim o’rin tutadi. Jozibasiz ko’zlar ma’nosiz qalbni aks 
ettiradi. 
O’qituvchi 
yuz 
muskullari 
va 
ko’zlarini 
tez-tez 
harakatlantirish bilan birga ularni birday qotib qolishidan ehtiyot 
bo’lishi lozim. O’qituvchi nigohi o’quvchilarga qaratilgan bo’lishi, 
bevosita ko’rish kontaktini vujudga keltirishi zarur, barcha 
o’quvchilarni diqqat markazida ushlab turishga intilishi lozim.
 
Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini 
kuchaytirib, ularni chuqur o’zlashtirish imkoniyatini beradi. 
O’quvchilar o’qituvchining muomalasi va xatti-harakatiga qarab 
kayfiyatini, munosabatini tezda «uqib» oladilar. Shuning uchun 
oiladagi ba’zi noxushliklar, hissiyotga berilish, g’am va tashvishning 
o’qituvchi chehrasida va mimik belgilarida ifodalanishi mumkin 
emas. Chunki ushbu noxushliklar o’qituvchining pedagogik 
faoliyatiga dars mashg’ulotlarini mukammal bajarishida o’zining 
salbiy ta’sirini ko’rsatadi. O’qituvchining chehrasida, mimik 
belgilarida faqat dars mashg’ulotlariga xos bo’lgan, o’quvchilarga 
ta’lim va tarbiyaviy topshiriqlarni yechishga yordam bera oladigan 
ko’rinishlarni ifodalash lozim. 
O’qituvchining chehrasidagi ifoda, nutqi, o’quvchilar bilan 
o’zaro munosabati uning individual xarakteriga mos bo’lishi kerak. 
O’qituvchi chehra ko’rinishidagi mimik ifoda, ta’lim-tarbiya 
qonuniyatlariga mos ishonch, ma’qullash, ta’qiqlash, norozilik, 
quvonch, faxrlanish, qiziquvchanlik, befarqlik, ikkilanish kabi 
xususiyatlarni ifodalashi mumkin. Bunda ovozdagi turli o’zgarishlar, 
nutqning tushunarli bayon etilishi muhim ahamiyatga ega. Mimik 


ifodaning asosiy belgilarini namoyish etishda qosh, ko’z, chehra 
ko’rinishi ishtirok etadi.
Inson his tuyg’ulari uning yuzida – yuz mushaklarini qisqarishi 
va bo’shashishi natijasida – namoyon bo’ladi. Yuz mushaklari 
holatini boshqarish unchalik qiyin bo’lmaganligi uchun odamlar 
haqiqiy hislarini yashirishga ham urinadilar. 
Yuz mushaklari harakatlari simmetrikligi ushbu insonning 
samimiyligidan dalolat beradi. Inson so’zlarida qanchalik yolg’onni 
ko’p qo’shsa, simmetriya shunchalik buziladi.
Haqiqatni bildiruvchi mimika juda tez, sezdirmasdan namoyon 
bo’lishi mumkin va uni to’g’ri talqin qilish uchun tajriba yoki 
hattoki maxsus trenirovka kerak. Yana bir xususiyat: ijobiy 
hissiyotlar salbiyga qaraganda osonroq anglanadi.
Ayniqsa, inson lablari hissiy ifodaliligi bilan ajralib turadi 
(masalan, lablarni tishlash – hayajonni, bir tomonga qiyshaygan 
lablar ishonqiramaslik yoki istehzoni anglatishi mumkin)
Tabassum odatda do’stona munosabat yoki qo’llab quvvatlashga 
bo’lgan ehtiyojni bildiradi. Erkak kishi uchun tabassum u har 
qanday vaziyatda ham o’zini tuta olishini namoyish qilishi bo’lsa, 
ayol tabassumi ko’proq haqiqiy kayfiyatini bildiradi.
Tabassum turli hissiyotlarni anglatganligi uchun ularning ba’zi 
turlarini hisobga olish maqsadga muvofiq: 
1)
ortiqcha ko’p jilmayish – qo’llab quvvatlanishga ehtiyoj; 
2)
qiyshiq kulish – nazorat qilinayotgan asabiylik; 
3)
ko’tarilgan qoshlar va tabassum - bo’ysunishga tayyorlik; 
4)
pastga tushirilgan qoshlar va tabassum – o’zini katta olish; 
5)
tabassum 
bilan 
bir 
paytda 
pastki 
qovoqlarning 
ko’tarilmasligi – samimiyatsizlik; 
6)
tabassum bilan bir paytda ko’zlarning olayishi – qo’rqitish. 
Turli hislar kechirayotganda yuz mimikasini bilish faqatgina 
boshqalarni tushunishdagina emas, balki o’z imitatsiya mahoratini 
o’stirish uchun ham zarurdir. 
Odamning ichki kechinmalari haqida eng to’g’ri ma’lumotni 
ko’zlar namoyon qiladi:
1)
ko’zning odatiy ifodasidagi o’zgarish; 


2)
ko’zlarning beixtiyor harakatlari – hayajon, oriyat, yolg’on, 
qo’rquv, asabiylashuv; 
3)
yonib turgan nigoh – qizishish;
4)
qotib qolgan nigoh – o’yga cho’kkanlik yoki holsizlik; 
5)
qorachig’larning kattarishi qiziqish va qabul qilinayotgan 
axborotdan, atrofdagilardan, taomdan va boshqa shunga o’xshash 
omillardan qoniqish his etayotganligi yoki qattiq og’riq: ma’lum 
dori-darmon yoki narkotik qabul qilganligi; 
6)
qorachiqlarning kichrayishi – g’azablanish yoki ma’lum 
turdagi narkotiklarni qabul qilganligi va boshqalar.
Muloqot davomida ko’proq eshitayotgan odam suhbatdoshi 
ko’ziga qarab turadi. Muloqotning umumiy vaqtining uchdan biridan 
kamroq vaqt ichida ko’zingizga qarab turgan insonning sizga 
nisbatan samimiyligiga shubhalaning; butun dialog davomida tikilib 
qarayotgan inson yoki sizga nisbatan katta qiziqish bildirmoqda yoki 
(agar qorachig’i kichraygan bo’lsa) uning sizga nisbatan adovati bor, 
yoki sizni o’ziga tobe qilmoqchi.
Insonning ichki holati haqida uning statik holati ma’lumot 
berishi mumkin. Shunisi qiziqki, agar ma’lum bir turishlar (poza) 
inson uchun odatiy bo’lib qolgan bo’lsa bu uning xarakteridagi 
turg’un sifatlardan dalolat beradi. . 
Quyida bir necha pozaning psixologik nuqtai nazardan talqinini 
ko’rib chiqamiz:
1) qo’llar orqada, bosh yuqori ko’tarilgan, iyak oldinga surilgan 
– o’ziga ishonch, o’zini boshqalardan ustun qo’yish;
2) tananing yuqori qismi oldga intilgan, qo’llar belda – dadillik, 
o’ziga ishonch va faol harakatlarga tayyorligi, tajovuzkorlik, o’z 
fikrini oxirigacha himoya qilishlikka tayyorlik;
3) qo’llar bilan stol yoki stulga tayanish – suhbatdoshi bilan to’la 
kontakt yo’qligi;
4) qo’llar tirsaklar ochilgan holda bosh orqasida qovushgan – 
o’zini boshqalardan ustunligini his etish;
5) bosh barmoqlarini belbog’ yoki cho’ntaklarga solib turish – 
tajovuz, o’ziga ishonganlikni ifodalaydi;
6) bosh barmoqni cho’ntaklardan chiqargan holda turish – o’zini 
katta olishlik;


7) qo’l va oyoqlar almashtirilgan holda – suhbatdoshiga 
nisbatan ishonqiramaslik va o’zini himoyalash; 
8) qo’l va oyoqlar almashtirilmagan holda, pidjak tugmalari 
echilgan – ishonish belgisi;
9) boshning chetga egilishi – qiziqish uyg’onganligi; 
10) boshning quyi egilganligi – salbiy munosabat;
11) boshning sal ortga egilganligi – tajovuz belgisi; 
12) stul chetida o’tirish – har qaysi momentda turib ketishga 
tayyorgarlik: chiqib ketish uchun yoki harakt qilish uchun, o’ziga 
e’tiborni qaratib, suhbatga qo’shilish uchun yoki qizishgan inson 
o’zini qo’lda tutish uchun qilgan harakati.
Insonlar his-tuyg’ularini aniqlashda faqat beixtiyor qo’l 
harakatlariga diqqatni qaratish lozim. Har xil odamlarda bir xil qo’l 
harakatlari turli ma’noga ega bo’lishi mumkin, lekin ma’nosi 
o’xshash holatlar ham mavjud: 
1)
qo’llarning faol harakati – ko’pincha ijobiy emotsiyalar, 
do’stona munosabat va qiziqishni anglatadi;
2)
ortiqcha qo’l harakati – hayajon, o’ziga ishonchsizlik 
belgisi;
3)
kaftlar ochiq – ochiqlik ifodasi; 
4)
qo’llarni musht qilish – ichki qo’zg’alish, tajovuz;
5)
so’zlayotganda og’izni qo’l bilan to’sish – hayron bo’lish / 
yolg’on so’zlash / suhbatdoshiga ma’lumotni ishonib etkazish;
6)
so’zlayotganda burunga tegib turish – aytayotgan 
so’zlariga ishonqiramaslik / yolg’on / yangidan-yangi dalillar izlash;
7)
qovog’ini barmoq bilan ishqalamoq – yolg’on / 
ishonqiramaslik; so’zlayotganda yuzining turli qismlarini ishqalash 
– tashvish, uyalish, o’ziga ishonmaslik; 
8)
iyagini silash – qaror qabul qilish;
9)
qo’llarning beixtiyor ortiqcha harakatlanishi (biror 
narsani aylantirish, burash, kiyimining detallariga tegish) - ogohlik, 
asabiylashganlik, uyalish;
10)
kiyim yoqasini tortish – yolg’oni oshkor bo’lganligini 
sezgan odam yoki g’azabdan havo etishmasligi;


11)
biror narsaga tayanishga bo’lgan intilish – vaziyatning 
murakkabligini his qilish, ushbu vaziyatdan chiqib ketish yo’lini 
topa olmayotganligidan dalolat beradi. 

Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish