Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
IPT
Savol orqali mavzu qayta esga solinanadi.
- Yassi shakllar va geometrik jismlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
- Geometrik jismlarga misollar keltiring.
- Yassi shakllarga misollar keltiring.
- Parallelopipedga tabiatdan qanday o‘xshash jismni misol qilish mumkin?
- Nima sharga o‘xshata olamiz?
III. Yangi mavzuning bayoni.
Yangi mavzu ekranda 150-topshiriq asosida tushuntiriladi.
Ekranda tasvirlangan uchburchaklarning turini aniqlash uchun har bir uchburchak burchagiga goniya olib boriladi va burchakning o‘tkir, to‘g‘ri yoki o‘tmasligi ko‘rsatiladi.
Ularning ta’rifi berilgan paytda ekranda navbati bilan ko‘rsatiladi.
Hamma burchaklari o’tkir burchak bo’lgan uchburchak o’tkir burchakli uchburchak deb ataladi.
Burchaklaridan biri to’g’ri burchak bo’lgan uchburchak to’g’ri burchakli uchburchak deb ataladi.
Burchaklaridan biri o’tmas burchak bo’lgan uchburchak o’tmas burchakli uchburchak deb ataladi.
151-masala og‘zaki tushuntirish bilan ko‘rgazma asosida tushuntiriladi.
Ishchilarga 3 kunda 1 km uzunlikdagi yo‘l chetida daraxt ko‘chatlari o‘tqazish vazifasi yuklandi. Birinchi kun ular 227 m,
ikkinchi kun 318 m uzunlikdagi yo‘l chetiga ko‘chat o‘tqazishdi. Uchinchi kun ko‘chat o‘tqazilgan yo‘lning uzunligi ikkinchi kundagidan 97 m ko‘p edi. Ishchilar vazifani uddalay olishdimi?
Buni aniqlash uchun uchinchi kunda ekilgan ko‘chatlarni topib, har uch kunda ekilgan uzunliklarni qo‘shish lozim.
Yechilishi: 1) 318 + 97 = 415 (m) bu uchinchi kundagi
2) 227 + 318 + 415 = 960 (m) bu uch kundagi
3) 1000 – 960 = 40 (m) yetmay qolgani
Javob: ishchilar vazifani uddalay olishmagan, 40 m yetmay qolgan.
152-misol doskada tushuntirish, amallar tartibiga ko‘ra bajariladi.
15 ∙ 3 : 9 + 361 – 954 : 3 = 88
1) 15 ∙ 3 = 45 2) 45 : 9 = 5 3) 954 : 3 = 318
4) 45 + 361 = 406 5) 406 – 318 = 88
64 ∙ (8 + 2) – 549 + 36 ∙ 9 = 415
64 ∙ (8 + 2) = 640 2) 36 ∙ 9 = 324 3) 640 – 549 = 91
4) 91 + 324 = 415
153-mantiqiy topshiriq o‘quvchilarga mustaqil ish sifatida topshiriladi. O‘quvchilar ikkita sonning yig‘indisi 5 ga bo‘linsa, u holda har bir qo‘shiluvchi ham 5 ga bo‘linadi, degan Dilshodning farazi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini ko‘rib chiqib isbotlab berishlari talab etiladi. Bunda o‘quvchilarning bir nechtalarining ishlari bo‘yicha isbotlanadi.
- (46 + 24) : 5 = 70 : 5 = 14 bunda 46 : 5 va 24 : 5 bo‘lishi mumkin emasligi;
- (15 + 50) : 5 = 65 : 5 = 13 bunda 15 : 5 va 50 : 5 bo‘lishi mumkinligi ko‘rib chiqiladi va har qanday holatda ham ikkita sonning yig‘indisi 5 ga bo‘linsa, u holda har bir qo‘shiluvchi ham 5 ga bo‘linadi, - degan faraz doim ham to‘g‘ri emasligi tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |