1971-yilda Amerika Prezidenti Nikson davrida “bir unsiya oltin 35 dollarga teng” qoidasiga barham berildi. Shundan so’ng jahon moliya tizimi tanazzulga uchray boshladi. 1973-yilgi arab-isroil urushi va undan keyingi neft inqirozi tufayli jahon moliya tizimida inqiroz kuzatildi. 1974-yil davomida AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Germaniya iqtisod vazirlari bir necha bor Oq uyning kutubxonasida uchrashib, yuzaga kelgan muammolarni muhokama qildi. 1987-yil – Qora dushanba. 1987 yilning 19 oktyabrida Dou Jons indeksi (Dow Jones Industrial Average) keskin tushib ketgan. Amerika fond bozorining vahimali to’lqini natijasida bir qancha katta transmilliy kompniyalarning kapitalizatsiyasini umumiy darajasi pasayib ketgan va Avstraliya, Yangi Zenlyandiya, Gonkong, Janubiy Koreya va boshqa Lotin Amerikasi davlatlarining birja kotirovkalari tushib ketgan. To’g’ri keyingi kuni indeks 12 foizga ko’tarilgan. Bundan keyingi davrlarda ham indeks doimiy ravishda ko’tarilib tushib turgan, lekin inqiroz yuz bergan kuni davlatning moliya sektori izdan chiqib ketgan. Natijada 15 ming broker va treyderlar ishsiz qolgan. SHundan so’ng, Dou Jons indeksi 1989 yildagina o’zining oldingi mavqeyiga qaytgan
Do'stlaringiz bilan baham: |